Rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pedagogika fakulteti


I-BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DO’STLIK



Yüklə 251,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü251,55 Kb.
#189431
1   2   3   4   5   6
“O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

I-BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DO’STLIK, 
O’RTOQLIK RUHIDA TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1.
 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini do’stlik, o’rtoqlik ruhida 
tarbiyalash pedagogik muammo sifatida 
Hozirgi katta o‟zgarishlar davrida ta‟lim-tarbiya oldiga juda muhim 
vazifalar qo‟yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirishda o‟quvchilarning ma‟naviy-
axloqiy yetukligini oshirish, o‟zlikni anglashga qaratilgan madaniy merosimiz 
bilan tanishtirish muhim o‟rin tutadi. 
Axloq va axloqiy tarbiya masalasi xalqimizning o‟tmish merosimizda 
ham, bugungi kundagidek asosiy dolzarb mavzu bo‟lgan. Chunki, qaysi 
jamiyatda, qaysi tuzumda bo‟lmasin, agar jamiyat a‟zolari axloqan barkamol 
shaxslar bo‟lmas, jamiyat taraqqiyoti inqirozga uchraydi.Ilmiy bilimlarning 
istagan tarmog‟ining rivojlanishi o‟tmishning shu sohadagi merosi bilan qay 
darajada boyitilganligiga ko‟p jihatdan bog‟liqdir. Bu haqiqat pedagogika fani 
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi ta‟lim-tarbiya tizimi oldiga bola shaxsini barkamol kamol 
toptirish vazifasini qo‟yilganekan, bunda bolaning shaxsning odamlar bilan 
bo‟ladigan aloqalari do‟stlik, o‟rtoqlik, hamkorlik, hamdardlik, mehr oqibat, 
insonparvarlik, hurmat kabi munosabatga asoslanishiga e‟tibor berish lozimdir . 
Shuning uchun bola shaxsida bu fazilatga ilk bolalik davrlaridanoq, maktablarda 
esa boshlang‟ich sinflardab boshlaboq asos solinishi muhimdir. Do‟stlik, 
o‟rtoqlikni tarbiyalash muammosi axloqiy tarbiya, shaxsning turli xil 
munosabatlari o‟z ifodasini topadi. Bu munosabatlar shaxsning mehnatga
jamiyatga, hayotga, ota-ona, qarindosh-urug‟, tengdoshlarga bo‟lgan axloqiy 
munosabatlarida o‟z aksini topadi va odamning ma‟naviy dunyosini ifodalaydi. 
Do‟stlik, o‟rtoqlik axloqiy fazilat sifatida axloq nazariyasi rivoji bilan bog‟liq 
bo‟lib, uning muhim manbalaridan biri xalq pedagogikasi durdonalari deyish 
mumkin. 
Insoniyat qadim-qadimdan har qanday odam qalbida e‟tiqodga ishonch, 
o‟zining haqligiga qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonch borligini anglagan. 


Odamlarni shu il fazilatlar bir-biriga yaqinlashtirgan, faoliyat, qiziqish va turli 
his, ehtiyojlarning uyg‟unligi, ular o‟rtasida qalb yaqinligini, hamkorlik qilishni, 
hamdardlikni, mehr-oqibatni yuzaga keltirgan. O‟zaro shu xildagi aloqalar shaxs 
ma‟naviy dunyosini boyitadi. Kishining o‟zi axloqiy qiyofasini, boshqa 
odamlarga bo‟lgan munosabatida namoyish qiladi, bu uning kechinmalarini, 
ehtiyojlarini, 
amal 
qiladigan 
qadriyatlarini, 
axloqiy 
tushunchalarini, 
tasavvurlarini namoyish qiladi. Axloqiy kamolot uchun zarur bo‟lgan fazilat va 
sifatlarga juda yoshlikdan boshlab asos solinsagina odatga aylanadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida xalq tinchlik, hamkorlik, 
hamjihatlikka intilgan va buning omili sifatid aodamlarning o‟zaro do‟stligidan 
foydalangan. Chunki, xalq hamisha o‟z tajribasidan kishilar o‟rtasidagi do‟stlik 
va ahillik tufayloigina o‟z orzularining ro‟yobga chiqishi mumkinligini 
anglagan.
Avlodlarning tarbiyaga doir tajribasi faqat bu fanning o‟zini 
rivojlantirishgagina emas, balki, jamiyatdagi ta‟lim-tarbiyaning hozirgi rivojiga 
ham ta‟sir etadi, zero, tarbiya ishi yosh avlodga o‟zidan oldingi avlodning bu 
sohadagi ijtimoiy tajribasini uzatib borish bilan bog‟liq holda rivojlanadi. 
O‟zbek xalqining madaniyati va tarbiyaga doir nazariy va amaliy merosi juda 
boy va katta tarixga ega. Pedagogik fikr taraqqiyotiga jamiyatdagi ro‟y 
beradigan jarayonlar, fandagi o‟zgarishlar, xalq tajribasi o‟z ta‟sirini o‟tkazadi. 
Bular orasida o‟tmish ajdodlarimizning pedagogik ilmiy merosi katta o‟rin 
tutadi. Bugungi mustaqillik sharoitida bu merosni o‟rganish, undan ta‟lim-
tarbiya samarasini oshirishda foydalanish ham nazariy , ham amaliy ahamiyat 
kasb etadi.
O‟rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Beruniy 
, Firdavsiy, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy,Ulug‟bek va boshqalar asarlarida, 
ular qoldirgan ilmiy meroslarida ma‟rifiy-ta‟limiy qarashlar tizimi juda keng 
bo‟lib, uning mazmunida odob-axloq, axloqiy tarbiya vazifasi va mazmuniga 
doir ajoyib fikrlar mavjud. Buyuk mutafakkirlar axloq mazmuniga burch, 
vijdon, o‟zaro munosabat, vatanga sadoqat va vatanparvarlik, do‟stlik, o‟rtoqlik, 


birodarlik kabi masalalarni kiritadilar va har birining mazmunini ochib 
berishadi. Bu o‟rinda o‟rta asr sharqining fikrlar rivojida mutafakkir Ibn 
Sinoning xizmatlari benihoya kattadir.Ibn Sino o‟zining “ Yaxshilik va 
yomonlik”, “ Axloq haqida risola” kabi asarlarida insonning kamol topishida 
axloqiy tarbiya, odatlar va his-tuyg‟ularning roli haqidagi fikrlarni bayon etadi. 
Ibn Sino “Axloq haqida risola” asarida insonning umumiy fazilatlari haqida 
gapirib, kishilar xulqida yaxshi va yomon odatlarning paydo bo‟lish sabablariga 
to‟xtaladi. Bu asarda iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sirni 
saqlay bilishlik, ilm- ma‟rifatli bo‟lish, ochiqlik, farosatlilik, do‟stlik, vafodorlik, 
kamtarlik, adolatlilik kabi axloqiy tushunchalarga ta‟rif beradi. Ibn Sino axloqiy 
tushunchalar qatoriga yaxshilik va yomonlik, adolatlilik va adolatsizlik, rohat va 
uqubat, iffat va surbetlik, baxillik va saxiylik, donolik va johillik, sevgi va 
nafrat, hamjihatlik, kamtarlik va maqtanchoqlik kabi tushunchalarni kiritadi. 
Axloqiy xislatlar doimo o‟zgarishda bo‟ladi, ular tug‟ma bo‟lmaydi, balki, 
hayot, sharoit o‟zgarishi bilan xulq-atvor ham o‟zgarishi mumkinligini eslatib
tarbiyada muhitning ahamiyati katta deb biladi. Ibn Sino insonlarda ezgu niyat, 
himmat, saxovat, shijoat, adolat, pokizalik, bilimdonlik, irodalilik bilan birga 
xasislik, yalqovlik, o‟g‟rilik, aldamchilik, qo‟rqoqlik, ikkiyuzlamachilik, 
ig‟vogarlik, munofiqlik, fisqu-fasod kabi axloqiy xislatlar ham bo‟lishligini 
e‟tirof etib, insondagi bu xislatlarmni kategoriyalarga ajratadi. His-tuyg‟uni 
idora qilish mumkinligini ta‟kidlab, inson ularning hammasini yengishi va o‟z 
imkoniyatlarini ongli sarflashi zarurligini aytadi.
Ibn Sino inson fazilatlaridan quyidagilarni ko‟rsatadi. Chunonchi:
Jasurlik- biror ishni bajarishda kishining jasurligi. 
Chidamlilik- inson boshiga tushgan yomonlikni to‟xtatib turgan quvvat. 
Aqllilik- biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi o‟zaro 
munosabat. 
O‟z pedagogik merosida do‟stlik, o‟rtoqlikka bo‟lgan qarashlarini bayon 
etgan mutafakkirlardan biri Nosir ad-Din at Tusi o‟zining “O‟quvchiga bilim 
berish xususidagi qo‟llanma” va “O‟quvchilarni tarbiyalash to‟g‟risida” 


risolalarida axloqiylikning ijobiy va salbiy omillarini talqin qilib, ijobiy axloqiy 
xislatlar mazmuniga: sabr-toqat, o‟zaro yordam va do‟stona munosabat, 
odamiylik, saxiylik, yumshoqlik, olyjjanoblik kabi fazilatlarni, salbiy axloqiy 
sifatlarga axloqsizlikka olib keladigan yetti quvvat. 
Ziyraklik- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma‟nosini tezlik bilan 
tushunishga yordam beruvchi quvvat. 
O‟rta asrning qomusiy mutafakkirlaridan biri bo‟lgan Abu Nasr Forobiy 
asarlarida axloq va axloqiylik katta o‟rin egallaydi. Uning fikricha tarbiyaning 
asosiy maqsadi kishilarni ezgu ishlar qilishga yo‟llashdan iborat.. Yaxshi niyat 
orqali haqiqiy saodat tomon yetaklanadi. Xuddi Aflotun kabi Forobiy ham ezgu 
niyatli kishilar qalbi oxir-oqibat moddiy qobiqlardan xalos bo‟lib, abadiy 
mustaqil bo‟lib qolishiga ishonadi. Forobiyning fikricha, inson bilim va 
tajribaga ega bo‟lgunga qadar ko‟p narsalar haqida mushohada qiladi, ko‟pini 
inkor qiladi, noto‟g‟ri deb topadi. Ilmli va tajribali bo‟lgach esa oz fikrlarini 
o‟zgartiradi, avvalgi qarashlaridan qaytadi, ilgarilari chin hayratga solmagan 
narsalardan endilikda hayratlanadi. Forobiyning ma‟naviy-ruhiy, axloqiy 
masalalar, kishilar ortasidagi do‟stlik, o‟zaro munosabat, hamjihatlik haqida 
o‟zining “Fozil odamlar shahri” asrida Har bir inson o‟z tabiati bilan shunday 
tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishmog‟i uchun ko‟p 
narsalarga muhtoj bo‟ladi, u bir o‟zi bunday narsalarni qo‟lga kirita olmaydi va 
ularga ega bo‟lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‟iladi deb hisoblaydi. 
Alloma inson jamoasini katta-kichikligi nuqtai-nazaridan uch turga bo‟ladi va 
ularni taqqoslab, qayerda ma‟rifat, adolat, o‟rtoqlik, do‟stlik va hamjihatlik 
bo‟lsa, unday jamoani yetuk fazilatli jamoa darajasiga ko‟tarilishini ko‟rsatadi. 
Do‟stlik, o‟rtoqlik, shirinsuxanlik masalalari so‟z mulkining 
darg‟alaridan biri Abdurahmon Jomiy asarlari mazmunida ham keng bayon 
etilgan. Jomiy shirinsuxanlikning eng yaxshi alomatlaridan biri rost gapirishdir, 
rostlikni kishi o‟ziga bezak qilib olishi kerak, deb hisoblaydi. Masalan: 
Sozni aytsang rostlikni aylagin odat, 
Qidirma rostlikdan yaxshiroq ziynat. 


Uningcha, bu odamlar munosabatining muhim talabi va inson 
shaxsining bezagidir: 
Rostlikdan yaxshiroq ziynatni qachon, 
Qayda ko‟rdi ekan biror bilimdon? 
Inson o‟zida bor narsasini do‟stlar bilan baham ko‟rmog‟i, saxiylik va 
muruvvat ko‟rsatishi, xasislik bilan yig‟ilgan narsa odamga nasib etmasligini 
ta‟kidlab: 
Harsa kirsa himmatli mard qo‟liga, 
Sochar do‟stlar oyog‟iga barchasin. 
O‟zi o‟lgach dushmanlari bo‟lishar, 
Xasis kishi terib yiqqan narsasin,- deydi. 
Beminnat, beg‟araz ko‟rsatilgan saxiylikni podsho muruvvatidan ham 
yuqoriga qo‟yadi: 
Agar uyidan chiqarib bersa
Boru yo‟q yarimta nonini gado, 
Yarim xazinasin bergan podshodan, 
Saxiylik bobida shu gado a‟lo. 
Ayniqsa, yosh avlod dunyoqarashininh takomillashuvida, kamolotining 
tarkib topishida do‟stlikning ahamiyatini, do‟stlarning bir-biriga mehru-
muhabbati, sadoqatini har narsadan yuqori qo‟yadi va har kimning o‟ziga 
munosib do‟sti bo‟lishi kerak deydi: 
Chin do‟st ul- do‟stligi oshaversa gar, 
Do‟stdan yomonlik ko‟rganida ham, 
Boshiga ming jafo toshi yog‟ilsa, 
Mehr uyi u toshdan bo‟lur mustahkam. 
Haqiqiy inson hech vaqt do‟stini og‟ir ahvolga solib qo‟ymaydi, u bilan 
hamdard bo‟ladi, unga yomonlikni ravo ko‟rmaydi, hatto kerak bo‟lganda jonini 
ham ayamaydi: 
Do‟st u kishi erurki, yoring, g‟amxo‟ring bo‟lsin, 
Qalbi hamisha do‟stlik yog‟dulariga to‟lsin. 


Tushganda boshga mushkul, bo‟lsin, senga madadkor 
Nasihat-la qaytarsin yomon yo‟ldan, u zinhor. 
Haqiqiy do‟stning vazifasi birinchidan do‟stning kamchiliklarini bartaraf 
qilish, unga yaxshi xulqiy sifatlarni egallashida yordam berish, ikkinchidan esa, 
do‟stlarning aybini o‟ziga aytishi lozim, begonalar oldida aytib, uni mulzam 
qilish yaramaydi. Hayotda shunday soxta do‟stlar uchraydiki, birovdan foyda 
olishni ko‟zlab, boylikka uchrab do‟st bo‟lishga intiladi. ”Dunyoda bir narsa 
evaziga yoki biror narsa g‟araziga do‟stlik qilgan kishidan ko‟ra xunukroq narsa 
yo‟q”- deb, bunday do‟stlikni qattiq qoralaydi, qiyin damlarda yordam berishga 
otlangan, do‟stlikning hamma qonun-qoidalariga ravo qilgan haqiqiy do‟stni 
maqtaydi va do‟st bu insonning yomon kunida tayanch, madadkor ekanligini 
e‟tirof etib, faqat haqiqiy do‟st shu asnoda bilinishini va sinovdan o‟tishini, 
yaxshi kunda, turmushining betashvish va osoyishta o‟tayotgan farovon va 
shodu nxurramlik onlarida o‟zini do‟st deguvchilar g‟oyat ko‟p bo‟lishini 
ta‟riflab: 
Dil, agar nogahon g‟amga uchrasang 
G‟amxo‟r do‟sting bo‟lsa u g‟am emasdur, 
Kulfat kuni sodiq do‟stlaring kerak, 
Baxtli kunda do‟stlar hech kam emasdir,- deydi. 
Axloq va axloqiylik, insonparvarlik, do‟stlik haqida, tarbiyada qaror 
topgan udumlarga Abu Rayhon Beruniy ham alohida e‟tibor beradi. U ilmiy 
bilimlarsiz inson o‟z mohiyatida shubhali bo‟lib qolishi mumkinligini, bilim 
inson uchun oliy quvonch bo‟lib, narsalarni qanchalik ko‟proq bilishga intilsa, 
bu ish insonga shunchalik rohat baxsh etishligini ta‟kidlaydi. Buyuk olim inson 
qalbining holati ham uning ilgari bilmagan narsalarni ko‟proq bilishga bog‟liq, -
deydi. Forobiyning fikricha, tarbiya saxovat va axloqiy ko‟nikmaga asoslanib, 
faqat vaqt o‟tishi bilan shakllanadi. Tarbiyaning vazifasi avvalo, qalb va aqlni 
ko‟pchilik kishilarni buzadigan yaramas xislatlar va tasodifiy xolatlardan asrash, 
chunonchi eskirib qolgan udumlardan, yomon odatlar va shu kabilardan iborat 
deb hisoblaydi va bu qarashlar Forobiy ta‟limotini yanada to‟ldiradi. 


O‟rta Osiyo va Sharq mutafakkirlari axloq va odob inson husni, o‟zaro 
munosabatlar uchun sog‟lom asos ekanligini ko‟rsatib, bu munosabatlar do‟stlik, 
o‟rtoqlik, mehr-oqibat kabi fazilatlarda namoyon bo‟lishligini ta‟kidlaydilar. Bu 
masala Umar Hayyomuchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. U o‟z asarlarida 
axloqiy tarbiya, axloqiylik- yaxshilik va yomonlik bilan ifodalanishini ta‟kidlab, 
bu fazilatlar shaxsda asta-sekin shakllanib borishini ko‟rsatadi.Agar inson biron-
bir axloqiy fazilatga ega bo‟lmas, u buni harakat qilib o‟zida vujudga keltirishi, 
yomon xislatlardan esa o‟z irodasi bilan xalos bo‟lishi mumkin. Uning fikricha, 
tarbiyaning maqsadi sog‟lom fikr, ziyrak aql va o‟tkir zehnga ega bo;lgan 
insonni shakllantirishdan iborat. Umar Hayyomning fikricha faqat chuqur 
zehngina barkamol qalbni qondira oladigan ilhomga erishish va uning yordami 
bilan yuksak aql-idrok farog‟atini hosil qilish mumkin. 
Umar Hayyom o‟z asarlarida odamlarni hamdardlikka, birlikka va 
do‟stlikka chaqirib: 
Do‟stlar, inoqlikda bo‟lingiz, obod, 
Tez-tez diydor ko‟rib, eting o‟zni shod,- deydi. 
O‟zaro munosabatda saxiy, mehribon bo‟lishni, yomondan yiroq 
yurishni, do‟stlik, sirdoshlik bo‟lgani holda nokas, yomon odam bilan yaqinlik 
va sirdoshlikdan foyda yo‟q deb ogohlantiradi va sodiq do‟stlikni ulug‟laydi. 
Agar shunday do‟st topsa, uni ehtiyot qilishni, u bilan birga bo‟lishni uqtiradi: 
Dil uning dardiga to‟lsa yaxshidir
Bosh-yo‟lin tuprog‟i bo‟lsa yaxshidir. 
G‟am tigin do‟st otsa, unga ranjima, 
Har narsa do‟stingdan kelsay yaxshidir,- deydi. 
Ham o‟zaro sir saqlashni, o‟z qalbini huda-behudaga duch kelganga 
ochmaslikni, vafoli do‟stni dushmandan farqlay bilishni ta‟kidlaydi.
O‟zbek xalqining sevimli shoiri, so‟z mulkining sultoni, buyuk 
mutafakkir shoir Alisher Navoiy xalq og‟zaki ijodiga katta hurmat bilan 
qaragan. Uning ”Hazoyinul-maoniy”, ”Farhod va Shirin”, ”Layli va Majnun”, 
”Sab‟ai-sayyor”, ”Saddi Iskandariy”, ”Mahbubul-qulub”, ”Lison ut-tayr” kabi 


o‟lmas asarlarida boshqa manbalar bilan bir qatorda xalkq rivoyatlari, maqollari, 
qo‟shiqlaridan keng foydalangan. Shuningdek, ulug‟ davlat arbobi Alisher 
Navoiy o‟zining juda ko‟p asarlarida do‟stlik va o‟rtoqlikni, kamtarlik va 
rostgo‟ylikni, tenglik va hamjihatlikni, bir-biriga o‟zaro yordam qilish va 
mehribonlikni, vatanparvarlikni va shu kabi insoniy fazilatlarni ulug‟laydi. 
Uning o‟zi ham umr bo‟yi kishilarga qo‟;idan kelgancha yordam berdi. 
Alisher 
Navoiy 
hamjihatlikka 
yot 
bo‟lgan 
dimog‟dorlik, 
manfaatparastlik, xudbinlik kabi salbiy xususiyatlarga qsarshi kurashdi. U hech 
bir inson boshqalar bilan do‟st, inoq, hamjihat bo‟lib yashamaguncha o‟zining 
orzu niyatlariga erisha olmaydi, deb uqtirdi va odamning baxti molu dunyoda 
emas, balki, do‟stlikda, ularning ko‟pligida deb biladi: 
Bo‟lma dunyo do‟st, agar istar esang osudalik, 
Lek har ne qilsalar bo‟l ahli dunyo birla do‟st,
Deb xitob qiladi. 
Navoiy do‟stlashishdan oldin do‟stlikning ma‟nosini tushunib yetishga, 
do‟stga vafo qilish, mehribonlik qilib, unga hamdard va hamfikr bo‟lishni, 
ayrimlarga no‟xshab molu-dunyo ilinjida do‟stlashgan kishining ”shirin” so‟ziga 
aldanib qolmaslik uchun xushomadgo‟y, laganbardor kishilardan uzoq bo‟lishni 
ta‟kidlab, bunday odamning do‟stligi munofiqlikka asoslangan soxta ekanligini 
o‟z asarlari mazmunida qayta-qayta sharhlaydi. 
Hamjihat yashash, adovat va dusshmanlikdan xazar qilish, o‟zaro do‟st, 
birodar bo‟lib inoq yashashga da‟vat etadi va yolg‟izlik kishiga ma‟naviy azob 
beradi deydi: 
Fard kishi davrida topmas navo, 
Yolg‟iz ovchidan kim eshitmish sado. 
Navoiyning fikricha, yolg‟iz odamning hayotdan lazzatlanishi qiyin, 
shuning uchun do‟st, birodar, hamjihat yashash bilan bir-biriga foyda keltirishi, 
boshqalarga qilgan yaxshiligi, do‟stga sadoqatining nafini o‟zi ham ko‟radi. 
Ko‟rinib turibiki, inson hayotining bezagi do‟stsir.Shuning uchun 
xalqimiz”Dostsiz boshim, tuzsiz oshim” deb bejiz aytmagan. Buni 


mutafakkirlarimiz yaxshi bilgan va o‟z asarlarida unga alohida e‟tibor berishgan 
desak xato bo‟lmas. 
Do‟st tanlashda ehtiyot bo‟lish, dushmanga sir boy bermaslik, uni 
bechora sanamaslik haqida Shayx Sa‟diy aytadi: 
Pashshalar qutirsa yo‟g‟on jussali,
Filni ham qulatib g‟amga soladi. 
O‟zaro birlashsa agar chumoli, 
Sherning terisini shilib oladi. 
Yusuf Xos Hojib esa bu haqda shunday deydi: 
Dushmanni zaif deb uzoq g‟ofil bo‟lma, 
Nega qo‟rqayin, deb so‟z bilan kerilma. 
Ahmad Donish esa o‟zining asarlarida o‟zining do‟stlari ko‟pligi, 
ularning yaxshi maslahatlari bilan o‟z asarlarini yozganligini hamda chin 
do‟stlar xotirasiga bag‟ishlanganligini ta‟kidlagan. “Navodirul vaqoye” 
asaridagi ko‟pgina hikoyalar do‟stlik, o‟rtoqlik, hamjihatlikning turmushdagi 
rolini ko‟rsatib berishga qaratilgandir. 
Ahmad Donishning kishilar o‟rtasidagi do‟stlik, o‟rtoqlik va hamjihatlik 
g‟oyalarini taniqli o‟zbek pedagogi Abdulla Avloniy to‟ldiradi va o‟z nuqtai- 
nazarini „‟Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining “Munislik” bo‟limida bayon 
qiladi: “Munislik deb har kim o‟z tengi, maslakdoshi bilan ulfat bo‟lmoqqa 
aytilur. Dunyoning lazzati soduq do‟st ila suhbat qilmoqdan iboratdir. 
Yaxshi do‟st aybi yoru do‟stini, 
Ko‟zgudek ro‟baro‟sida so‟zlar. 
Yomon o‟rtoq tarog‟cha ming til ila, 
Orqadan birmalab, terib so‟zlar,- deb ta‟riflab yolg‟on, bevafo kishidan 
qochmoqlikni, ulardan do‟st chiqmasligini uqtiradi.
Insoniylik, vatanparvarlik, odamga mehr-shafqat, do‟stlik, o‟rtoqlik 
munosabatlarining shakllanishi shaxs ongida hosil bo‟lgan tushunchalar va 
ularga mos tarzda harakat qilishgagi odatlarda ko‟rinadi. Shunga ko‟ra axloqiy 
hislarga odamning boshqa odamga nisbatan hamdardlik, rahm-shafqat, achinish, 


u bilan birega xursand bo‟lish, quvonish kabilarni kiritish mumkin. Bundagi 
achinish va hamdardlik bildirish va his etish –insonparvarlikning belgisidir. 
Boshlang‟ich sinflarda bolalardagi sheriklik- insonparvarlik, mahr-shafqat 
shaklida ifodalanadi. Maktabga kelish bilan bolaning muloqot va aloqalari 
doirasi ancha kengayadi. U o‟zini faqat alohida olingan tengdoshi orqaligina 
emas, balki, sinfdagi bolalar-o‟rtoqlari, kattalar-o‟qituvchi orqali anglay 
boshlaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarning do‟stlik, o‟rtoqlik hislati to‟la 
shakllanmagan, biroq bu xil munosabat uning hayotida muhim rol o‟ynaydi. 
Chunki, maktabga borgan bolani aqliy mehnatdan ko‟ra, tengdoshlari doirasi, 
kim bilan o‟rtoq bo‟ladi, o‟tiradi, o‟ynaydi, ularning davrasi qanchalik bo‟ladi- 
ana shular qiziqtiradi. 7-12 yoshli bola o‟z hayotini jamoa hayoti bilan 
bog‟liqligini tasvvur eta olmaydi., aksincha uni ko‟proq o‟rtog‟i, uning hatti-
harakati, o‟ziga uning munosabati qiziqtirdi. Biroq o‟rtog‟idagi qaysi fazilat 
uning qalbini rom qilganligi, qaysi fazilati bezdirayotganligi haqida ongli hisob 
bera olmaydi. Bugun yaxshi degan o‟rtog‟i yomon bo‟lib qoladi, bunda uning 
aniq biror ishi, hatti-harakati asos qilib olinadi. O‟qituvchining vazifasi bolalarni 
uyushtirishga xizmat qiladigan faoliyatni tashkil etish, ularni qiziqtiradigan, har 
birining qiziqishi va ehtiyojiga mos ish turini ntopib berish yo‟li bilan ijobiy 
hissiyotni shakllantirishdan iboratdir.
Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida hisning vujudga kelishida ular qalbida 
doimiy hayajon, his-tuyg‟u uyg‟otadigan vositalarni ishga solish maqsadga 
muvofiqdir. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari ertaklarni yoqtiradi.Ertak aytib 
berish yoki, o‟qish orqli o‟quvchi qalbida, tasavvurida yorqin hodisalarni 
tiklash, hayajonli tuyg‟ularni qo‟zg‟ash mumkin. Ana shu xil his-tuyg‟u 
uyg‟otadigan o‟zbek xalq ertaklari orasida “ Kenja botir”, “Tulki bilan turna”, 
Zumrad va Qimmat, Qaldirg‟och va ilon, Xo‟roz bilan tulki, Kiyik bilan kadi va 
boshqa ko‟pgina ertaklar mavjud bo‟lib, ulardan do‟stlik, o‟rtoqlik hissini 
tarbiyalash vositasi sifatida foydalanish tarbiyada yaxshi samara beradi.
Hozirgi kunimiz ta‟lim-tarbiyani milliy qadriyatlar asosiga qurish, 
tarbiyada xalq an‟analaridan foydalanishni vazifa qilib qo‟ydi. Ular yoshlarning 


ma‟naviy-ruhiy dunosini boyitadi., xulqini ijobiy yo‟naltiradi, kishilarning 
o‟zaro munosabatlariga mehr-shafqat, hamdardlik, birlik, saxiylik kabi 
fazilatlarni kiritish bilan o‟zligini anglash ta‟minlanadi. Shunga ko‟ra, 
boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida do‟stlik va o‟rtoqlik hislarini tarbiyalashda 
o‟zbek xalq ertaklaridan foydalanish bu ishning samarasini ta‟minlaydi. 



Yüklə 251,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin