Rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pedagogika fakulteti



Yüklə 251,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.12.2023
ölçüsü251,55 Kb.
#189431
1   2   3   4   5   6
“O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2.1 O’quvchilarni do’stlik, o’rtoqlik ruhida tarbiyalashda o’zbek xalq 
ertaklarining imkoniyatlari 
O‟zbek xalqining o‟ziga xos turmush tarsi, tarixi, madaniyati, tarbiya 
sohasida orttirgan tajribasi xalq og‟zaki ijodiyoti janrlarida o‟z ifodasini topgan. 
Maqol va matallar, latifalar, qo‟shiqlar va topishmoqlar, ertak va 
dostonlarda ilgari surilgan axloq, mehnat, do‟stlik, insonparvarlik g‟oyalari, 
burch va vijdon, kasb-hunar masalalari O‟rta Osiyo xalqlari uchun umumiy 
yo‟nalish va o‟xshashlikka ega, Negaki, ularning moddiy hayotiga xos shart-
sharoitlari yaqin, deyarli bir xil bo‟lganligidan, tarixiy taraqqiyot davomida uzoq 
vaqt moddiy va ma‟naviy hayot borasida ijtimoiy aloqalar tufayli chatishib, 
o‟xshab ketgandir. Yana shuni ta‟kidlash joizki, Markaziy Osiyo tarixiy bir oila 
Turon, Movaraunnahr tariqasida shakllangan va xalqlar, elatlar, millatlar bir 
mintaqa vakili sifatida shakllangan. Bu, albatta, ular turmush tarzi, axloq-odobi, 
urf-odat va an‟analatida umumiylikka sabab bo‟lgan. Bu hol nafaqat turmush 
tarsi xalq og‟zaki ijodida ham aks etgandir. Shunga ko‟ra ular mazmunida 
uzviylik va o‟xshashlikning bo‟lishi tabiiydir. Ayniqsa, ertaklar oz mazmuni va 
unda ilgari surilgan tarbiyaviy g‟oyalari jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi.
Xalq og‟zaki ijodiyoti tarbiyaning turli tomonlarini aks ettirib, xalqning 
hayotiy kuzatishlarini, moddiy va ma‟naviy rivojlanishida orttirgan tajribalarini 
ifodalaydi. Shuning uchun xalqning o‟zi birinchi tarbiyachidir. Masalan: 
kishilarning o‟zaro muomala va munosabatlarni kuzatish asosida xalq ular 
o‟rtasidagi munosabatlar hamisha g‟oyalar va hissiyotlarga asoslanishini 
aniqlab, “Do‟st achitib aytadi, dushman kuldirib”, “Do‟stsiz boshim, tuzsiz 
oshim” kabi maqollar yaratgan bo‟lsa, odamning bir-biriga ta‟sirini, atrofdagi 
kishilar xulqi boshqalar uchun namuna kuchiga egaligi va o‟rnak bo‟lishi 
mumkinligini ifodalab, “Yaxshiga yaqin yursang yetarsan murodga, yomonga 
yaqin yursang qolarsan uyatga”, “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar, 
yomonga yaqin yursang balosi yuqar” kabi xulosalar chiqargan va yosh avlodga 
hissiy ta‟sir etish omili sifatida foydalanib kelgan. Ularning ba‟zilari insonlar 


orasida hikmatli so‟z sifatida o‟rin olgan. “Otalar so‟zi –aqlning ko‟zi”, “Yaxshi 
naql-tomiri aql” v boshqalar. 
Maqollar asrlar mobaynida og‟izdan-og‟izga o‟tib, shu xalqning 
dunyoqarashini, hayot voqealariga muosabatini, axloq va odob qoidalari 
vanormalarini, ruhiy holati vahissiyotini ifodalab, ular qadim zamonlardan beri, 
eng yaxshi ma‟naviy meros sifatida avloddan-avlodga o‟tib borgan. XI asrnin 
buyuk donishmandlaridan bo‟lgan Mahmud Qoshg‟ariy, Atoyi, Sakkokiy, 
Lutfiylar ham maqollarga alohida e‟tibor berishgan. Alisher Navoiyning 
“Xamsa”, “Mahbub ul- qulub, “Xazoyinul- maoniy”, “ Nazmul-javohir”, 
“Lison-ut-tayr” asrlarida ham hikmatlar va maqollardan keng foydalangan. 
Maqollarning tarbiyaviy g‟oyasi va ta‟sir kuchiga Bobur, Muhammad Solih, 
Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‟tarlar ham alohida e‟tibor 
berishgan. Maqollarda xalqning axloqqa doir talablari, axloqiy qoida va 
normalar aks etib, ularni ishlatish bilan katta avlod yoshlarni shu xil fazilatli 
bo‟lishga va o‟z xulqi, mnosabatlarida insonparvarlik, do‟stlik, o‟rtoqlik, 
hamkorlik, birodarlik, kamtarlik, mehnatsevar bo‟lishga da‟vat etuvchi 
g‟oyalarni ilgari suradi.
Bu borada ertaklar ham boy imkoniyatlarga ega. Bolalar fol‟klori 
janrlaridan biri bo‟lga ertaklarda xalq tarixi, badiiy solnomasi, tafakkuri va 
donishmandligi o‟ziga xos badiiy ifodasini topgan. Demak, ertaklar tarbiya 
haqidagi xalq donishmandligining asosiy manbalaridan biri bo‟lib, bolalar sevib 
tinglaydigan, ma‟naviy va axloqiy oziq oladigan, ezgulikka o‟rganadigan 
vositadir. Bolalar uchun ertaklarning asosiy qahramoni sifatida turli hayvon va 
jonivorlar: tuya va bo‟taloq, baliq yoki xo‟roz, burgut va lochin, semurg‟ yoki 
ilon, ot yoki qo‟zi ishtirok etadi. Va ularning tili bilan odamlarning kamchiligi, 
nuqsonlari ustidan kuladi, do‟stlik, saxiylik, o‟z burchiga sadoqat namunasini 
ifodalaydi. Xalq ertaklarida xalqning orzu- istaklari haqidagi bolalarga hikoya 
qilinadi va ularning ro‟yobga chiqishiga ishontiriladi. Ertaklar mavzusi g‟oyat 
xilma-xil bo‟lib, undagi asosiy g‟oya kishilarning o‟zaro munosabatlari, burch, 


vijdon, saxiylik, do‟stlik, odob kabi xislatlarni targ‟ib etish va tinglovchini 
shunday bo‟lishga undashdir. 
Inson taqdirida fol‟klor allalardan boshlanadi. Onalarning beshik yonidagi 
so‟zlari nechog‟lik ohangdor, yoqimli, muloyim, orombaxsh bo‟lsa, undan 
bahramand bo‟lgan bolaning qalbi ham shunchalik yumshab, musiqaga, shirin 
muomilaga, mayin kuyga, mehr-shafqatga, vafo va sadoqatga moyil bo‟lib 
o‟sadi.
Ertaklar esa, bolalar hayotiga beshik davridan keyin, ularda tafakkuri va 
nutq shakllanishi bilan kirib keladi. Bolalikning bokira olami ertaklardan 
boshlanadi. Uzoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bunday sehrli olamning 
boqiyligi, hamma vaqt fusunkor va yoqimliligi ularda olijanob g;oyalarning 
mujassamlashganligidadir. Bu g‟oyalar esa hamma vaqt kishilarni, ayniqsa, yosh 
avlodnima‟naviy kamol toptirishda belgilovchi rol o‟ynaydi.
Forobiy ertaklarga baho berar ekan, jumladan shunday deydi: “Bolalikdan 
vatan, fuqaro, do‟stlik, mehnatsevarlik tuyg‟usi qon-qoniga ilk bor ertaklar 
orqali singan kishilar, keyincha, voyaga yetgach, haqiqatan ham ona yurtning 
chinakam fidoyi fuqarosi, do‟st-birodarlikning qadriga yetuvchi, qudratli va 
bag‟ri keng xalqqa aylanadi. Forobiyning fukrlarini rivojlantirgan holda Ibn 
Sino: 
“ Ertaklarning miqdori, mazmuni va badiiy nafosatiga qarab uni yaratgan 
va tashib yuruvchi xalqning axloqiy, estetik tushunchalari, dunyoqarashi, til 
boyligi, qisqasi ma‟naviy qiyofasi va xarakteri haqida ma‟lum tasavvur hosil 
qilish mumkin.Ertaklarning tarixiy, etnografik va badiiy jihatdan tarbiyaviy 
ahamiyati harbir davr olimlari tomonidan uqtirib kelinmoqda.
Qachon va qanday yaratilganlgi, qanday sharoitda yashab, aytilib 
kelinganligiga qaramasdan, hamma vaqt va hamma joyda ertakni ijod qilgan, 
tilidan qo‟ymay kelayotgan xalqning hayoti, kurashlari, intilishlari, tashvishlari, 
kelajak orzu-umidlari, dard-alamlari, qayg‟u-hasratlari, shuningdek, odob-
axloqiy, ta‟lim-tarbiya borasidagi qarashlari ana shu ertaklarda aks ettiriladi.


Ertaklar mavzusining g‟oyaviy yo‟nalishi, ta‟limi, estetik vazifasi bilan 
ajralib turadi. Ertak qahramonlarining qayri-tabiiy kuchlarga qarshi chiqishi, 
g‟ayri-tabiiy va mo‟jizali qushlarni olib kelishi, devlar olib qochgan qizlarni 
qutqarilishi, o‟zga yurt malikalariga, parizodalarga oshiq bo‟lishi, bedavo 
dardlarga davo topishi kabi g‟oyalar ertaklarning mavzui doirasini belgilaydi.
Ertak termini Mahmud Qoshg‟ariyning “Devonu lug‟oti turk” asarida 
“etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og‟zaki hikoya qilish ma‟nosini 
bildiradi. Hozir fanda ertak atamasi qabul qilingan bo‟lsa-da, Surhondaryo, 
Samarqand, Farg‟ona o‟zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi 
tumanlarda, shuningdek boshqa yerlardagi o‟zbek va tojik tillarida so‟zlashuvchi 
aholi o‟rtasida ushuk shaklida, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning 
atrofida cho‟pchak termini ishlatiladi. O‟zbeklar orasida ham ushuk, ertak, 
metal, cho‟pchak terminlari bir qatorda hikoya, afsona, o‟tirik kabi atamalar 
uchraydi. 
Ertaklarning o‟ziga xos xususiyati voqeabandligi bilan bog‟liq bo‟lib, 
ularda xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tinglovchi hissiyotiga ta‟sir etib, 
unda badiiy zavq, xayrixohlik, qahramonlar kechinmasiga sheriklik tuyg‟ularini 
uyg‟otadi.
Demak, hayot haqiqati bilan bog‟liq bo‟lib, fantastik hamda hayotiy 
uydurmalar asosida qurilgan didaktik g‟oyani tashuvchi og‟zaki hikoyalar ertak 
deb aytiladi.
Qadimdan ota-bobolarimiz o‟z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan 
uyg‟unlashtirgan holda go‟zal mo‟jizakor manzaraga, sodda va o‟ta teran 
mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, 
psixologiyasini o‟zida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar 
va kichiklar uchun birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida ta‟sir etib 
kelmoqda.
Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar asosan 
mo‟jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo‟jiza yoki fantaziya voqea va 
hodisalarni hayot bilan bog‟lab haqiqat, ozodlik, to‟g‟rilik, odamiylik kabi 


didaktik g‟oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag‟ishlaydi. Tinglovchi 
e‟tiborini o‟ziga jalb etib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi. Shirin tuyg‟ular 
dunyosiga g‟arq etadi.
O‟zbek xalq orasida ertak so‟zi dialektik jihatdan metal, cho‟pchak, 
ushuk, o‟tirik, tutal, hikoya, afsona atamalarida qo‟llanadi. XI asrda yashagan 
lingvistik olim Mahmud Qoshg‟ariyning “Devonu lug‟otit turk” asarida ertak- 
“etuk” shaklida qo‟llanilgan. “Ertak” leksimasi aytmoq, hikoya qilmoq, aytish 
kabi lug‟aviy ma‟no ham kasb etadi. Adabiy termin sifatida “ertak” leksimasi 
qabul qilingan. Alisher Navoiy g‟azliyotida ertak “churchak” holida uchraydi. 
Uyg‟ur xalqida ertak –chuchak deb yuritiladi. Bukarning hammasi zamonlar 
osha xalq orasida yashab kelmoqda. Folklorshunos V.I. Chicherov ta‟rificha, 
“Xalq ertaklari deganda og‟zaki hikoya tarzidagi afsonaviy sarguzasht yoki 
maishiy, uydirmaga asoslangan, tarbiyaviy yoki ovutish maqsadlarida 
aytiladigan og‟zaki hikoya asarlari tushuniladi”.
Hayot haqiqati bilan bog‟liq bo‟lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar 
asosida qurilgan, didaktik g‟oya tashuvchi og‟zaki hikoyalar ertak deb ataladi. 
Ertaklar obrazlar talqini, g‟oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va 
kompozitsiyasi, fantastic uydirmaning o‟rni va vazifasi, tili va usuliga ko‟ra 
shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy 
ertaklarga bo‟linadi.
Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo‟ljallangan ijod turi bo‟lib, ularni 
tuzlishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‟ra quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha) 
O‟rta yoshdagi bolalar ertaklari (7 yoshdan 11 yoshgacha) 
O‟smir bolalar ertaklari (12 yoshdan 16 yoshgacha) 
Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan 
ertaklarning voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va 
personajlarning ham soni 3-4 nafardan oshmaydi. Ularning ham aksariyati 
bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o‟rmon hayvonlari, 


shuningdek oila a‟zolariga o‟xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog‟a 
va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar xususan, bolalarni ovutish, 
fikrni biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o‟rgatish, ularga notanish 
hayvonlarning o‟zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. Aksariyat 
hollarda, bu yoshdagi bolalarda ko‟proq hayvonlar haqidagi ertaklarning shakl 
va mazmuniga ko‟ra sof turi tavsiya etiladi. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar 
nisbatan qadimiy bo‟lib, ibtidoiy jamiyatning ovchilik bilan shug‟ullangan 
bosqichida yuzaga kelgan deb taxmin qilish mumkin. Bu davrda hayvonlarni 
kuzatish kuchli bo‟lgan hamda o‟sha davr odamlari hayvonlarga nisbatan 
e‟tiborini jalb etgan. Ba‟zi hayvonlarning har xil ovoz chiqarishi, uv tortib 
bo‟kirishi, “o‟yin tushib” sakrashi, belgi- xususiyati, hatti-harakati odmlarning 
diqqatini o‟ziga tortgan. Hayvonlarni kuzatish esa ertaklarning dastlabgi namuna 
sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‟lgan. Masalan, “Tulkiboy”, “Kiyik bilan 
kadi”, “Xo‟roz bilan tulki”, “Boyqush”, “Qaldirg‟och va ilon”, “Echkining o‟ch 
olishi” kabilar shu tur ertaklarga misol bo‟la oladi. Bu ertaklar asrlar mobaynida 
o‟z mohiyatini, qimmatini yo‟qotmay, avloddan-avlodga o‟tib kelmoqda. Bu 
kabi ertaklar go‟dakning olamdagi mavjudotni ongli ravishda anglab borishiga 
yordam beradi. Chunki bola atrof-muhit bilan tanisha boshlashi mobaynida 
dastlab hayvonlarga juda qiziqib, sinchkov nazar tashlaydi. Ko‟rgan hayvonlari-
yu parrandalarini ushlab ko‟rishga intiladi. Sababi bolaning aksariyat 
o‟yinchoqlari hayvonlar shaklidan iborat. Bu yoshdagi bolalarga ertak voqeasini 
tovush tembiga ko‟ra ohang yordamida, ko‟z, qo‟l, gavda harakatlari orqali 
hikoya qilinadi. Shuningdek, ertak aytuvchi bolalarning diqqatini bir joyga 
to‟plash, qiziqtirish va tinglashga tayyorlash uchun ertak oldi deb atalmish 
an‟anaviy qolip jumlalaridan foydalanish zarur.
O‟qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O‟qishni bilmagan 
odamning ko‟zi ojiz kishidan farqi yo‟q. O‟qish faoliyati boshlang‟ich sinflarda 
barcha predmet darslarida amalga oshiriladi, lekin o‟qishga o‟rgatish o‟qish 
darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o‟quvchini o‟qishga o‟rgatishda 
ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. O‟quv 


materialini hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o‟qishni tashkil 
etish bolani o‟qish mashg‟ulotidan charchashiga sabab bo‟ladi.
Biroq bu holat bolalarda har xil darajada rivojlangan bo‟ladi. Shu asosda 
uning shaxsida turg‟un axloqiy hislar shakllanadi. Axloqiy hislar shaxsning 
vatanga, mehnatga, odamlarga, o‟z shaxsiga munosabatini ifodalab, uning 
qarashlari, ongi, xulqi va intilishlari bilan bog‟liq holda sodir bo‟ladi.
Boshlang‟ich ta‟lim davri bolalarda yuksak axloqiy hislarni shakllantirish 
uchun qulay davr hisoblanadi. Bu davrda ayniqsa kichik maktab yoshidagi 
bolalarning barcha ruhiy jarayoni tez rivojlanadi. Biroq ular o‟zlarining his – 
tuyg‟ularini, hayojonini idora qila olmaydilar hamda ularda turg‟un bo‟lmaydi. 
Shunga ko‟ra boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining boshqa odamlarga 
munosabatida do‟stlik, o‟rtoqlik, birodarlik kabi sifatlar o‟z aksini topib
ularning 
o‟zaro 
aloqalarini, 
hamkorligini 
munosabatini 
ifodalaydi. 
Ruhshunoslarning ko‟rsatishicha, bolalarning his-tuyg‟ulari yoshining o‟sib 
borishi bilan bog‟liq o‟zgarishlar, ijtimoiy muhitning, o‟qituvchi va ota-onalar 
va boshqalarning maqsadga muvofiq amalga oshirayotgan ta‟lim-tarbiyaviy 
ta‟sirlari ostida rivojlanib boradi.
Axloqiy his –tuyg‟ularni rivojlantirishga Abu Ali ibn Sino, Abu Nosir 
Muhammad al-Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla 
Avloniylar ham alohida e‟tibor berilgan. 
So‟nggi yillarda axloqiy his - tuyg‟ularni shakllantirishning turli 
tomonlarni tadqiq etishga bag‟ishlangan ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.
O‟quvchilarda do‟stlik va o‟rtoqlik hissini tarbiyalash borasida quyidagi 
yo‟naltiruvchi maqsadlar belgilanadi: 
1. O‟quvchida o‟rtog‟i, do‟sti oldidagi o‟zining burchini anglash hissini 
maqsadga muvofiq shakllantirib borish; 
2. O‟rtog‟iga, do‟stiga nisbatan (umuman odamlarga nisbatan) hurmat, 
mehr-shavqat, xayrixohlik, kechinmalariga sheriklik fazilatlarini tarbiyalash; 


3. 
Johillik, 
urishqoqlik, 
adolatsizlik, 
toshmehrlik, 
loqaydlik, 
ikkiyuzlamachilik, shaxsiyatparastlikka nisbatan nafrat va bunday hatti-
harakatlar bilan kelisha olmaslikni tarbiyalash. 
4. 
Kichikligidanoq 
bolada 
insonga 
mehribonlik, 
rahm-shavqat, 
insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalaba borish zarur bo‟lganda hamisha 
kuchsizga yordam, boshqalarning kechinmalariga hamdardlik va hamfikrlilik, 
shavqat va muruvvat ko‟rsatishga tayyorlikni shakllantirish. 
Bolalarda do‟stlik, o‟rtoqlikka xos ijobiy hislarni tarbiyalashni ustun 
maqsad qilib belgilash bilan uni amalga oshirish uchun darsda qanday 
vazifalarni hal etishga yordam berishligini aniqlash zarur, bunda quyidagilar 
belgilanadi: 
- tengdoshlariga nisbatan do‟stlik, o‟rtoqlik munosabatlarining ma‟nosi va 
mohiyatini anglab olishini, bunga doir tushunchalarni shakllantirishni; 

tengdoshlariga 
nisbatan 
mehribonlik, 
xayrihoxlik 
va 
hamdardlik 
munosabatlarini uyg‟otish; 
- o‟zining o‟rtog‟i, do‟sti, birodari oldidagi burchi nimadan iborat ekanligini 
tushunish, umuman odamlarga do‟stona muomala, rahm-shavqatli, muruvvatli 
bo‟lish bilan o‟zini insonparvarligini namoyish etishning ma‟nosini anglashni 
ta‟minlash kabilar. 


Xulosa
O‟zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik, xuquqiy, 
fuqarolik jamiyati qurish yo‟lidan dalil borayotgan bir davrda, ta‟lim tizimi 
sohasiga juda katta e‟tibor berilmoqda. Ajdodlarimiz azal-azaldan inson ta‟lim-
tarbiyasi masalalariga jiddiy e‟tibor berib kelishgan va bu an‟ana avloddan-
avlodga ko‟chib, takomillashib, sayqallashib bormoqda.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida jarayonida o‟quvchilarni 
do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalash jarayonini amalga oshirishning yo‟l-
usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. 
Natijada, quyidagi xulosalarga keldik:
1. do‟stlik, o‟rtoqlik tuyg‟ularini shakllantirishda ularning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma‟naviy dunyosi, 
his-tuyg‟ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta‟sirdan 
chetda qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida axloqiy tuyg‟ularni tarbiyalashga katta e‟tibor 
qaratishgan, shuningdek do‟stlik, o‟rtoqlik, hamjihatlik sifatlari ham axloqiy 
sifatlarning asosiy sharti sifatida keltirilgan. Hozirda allomalarimizning boy 
merosi imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
3. O‟zbek xalq og‟zaki ijodidan, jumladan ertaklarning imkoniyatlaridan 
foydalanishni keng yo‟lga qo‟yish zarur. Bu o‟rinda o‟quvchilar hayotida 
do‟stlik, o‟rtoqlik, o‟zaro munosabatni tarbiyalash maqsad qilib olinsa va unda 
shu mavzudagi ertaklarni uning vositasiga aylantirib undan foydalanilsa natija 
yuqori bo‟ladi. 
4.
Dars jarayonida o‟quvchilarni o‟rtoqlik, do‟stlik ruhida tarbiyalashda 
katta imkoniyatlar mavjud. Jumladan, o‟qish darslarida o‟quvchilarda do‟stlik, 
o‟rtoqlik tuyg‟ularini shakllantirishga e‟tibor qaratish lozim; 
5.
Do‟stlik, o‟rtoqlik sifatlarini shakllantirishda sinfdan tashqari tarbiyaviy 
tadbirlardan kengroq foydalanish lozim. 



Yüklə 251,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin