Respublikasi sonli texnologiyalar ministrligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent informasion texnologiyalari universiteti nukus



Yüklə 92,05 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü92,05 Kb.
#166445
növüReferat
1   2   3   4   5
Vijdon va eʼtiqod erkinligining taʼrifi (3)

diniy professional ta’lim — diniy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ma’lum bir konfessiyaga oid diniy bilimlar berishga qaratilgan jarayon;
prozelitizm — missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga o‘tkazishga qaratilgan shakli.

2.3 Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari


Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash;
vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
2.4 Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e’tiqodi bilan bog‘liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg‘otish yoxud ularning his-tuyg‘ularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy e’tiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o‘z diniy e’tiqodlarini sabab qilib bo‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy e’tiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

2.5 Dinning davlatdan ajratilganligi


O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga e’tiqod qiluvchilarning din bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlaydigan faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmasining, respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki boshqa yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2.6 Ta’lim tizimi va din


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgandir.
Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta’lim muassasalari mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi.
Har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega.
Diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy professional ta’lim olgan shaxslar diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.

2.7 Diniy rasm-rusumlar va marosimlar


Diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan joyda, shu jumladan ibodat qilinadigan binolarda hamda ularga tegishli hududlarda, dafn etish joylarida, ziyoratgohlarda, diniy zaruriyat bo‘lgan taqdirda fuqarolarning xohishiga ko‘ra ularning uylarida o‘tkaziladi.
Kasalxonalarda, gospitallarda, internat muassasalarida, dastlabki qamoq va jazoni o‘tash joylarida, ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu joylardagi fuqarolarning iltimoslariga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
Ibodat qilinadigan binolardan tashqaridagi ommaviy diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlar dinga e’tiqod qiluvchilardan majburiy pul yig‘imlari va to‘lovlar undirishga, shuningdek ularga nisbatan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi choralarni qo‘llashga haqli emas.

2.8 Diniy tashkilotni ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi



Yüklə 92,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin