bob
TERGOV FAOLIYATIDA AXLOQIY VA ESTETIK MADANIYATNING O‘RNI
Tergovchilik kasbi jinoyatni ochish, haqiqatni qaror toptirish borasida kechayu kunduz tinmay izlanish, mashaqqatli mehnat, ma’naviy-ruhiy zo‘riqishlar, kishilar taqdirini hal etish bilan bog‘liq mas’uliyatli xizmatga otlanish, butun hayotini jinoyatchilikka qarshi kurashga baxshida etishdir. Tergovchilik kasbining muvaffaqiyati nafaqat mashaqqatli mehnatga, kriminalistik taktika usul va metodlarini qo‘llash asosida jinoyat ishini o‘z vaqtida ochishga, balki tergovchining shaxsiy ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ham bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |