Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə36/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

Amir Temur o‘gitlari:


Bir ishga kirishmay turib, undan chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘y.

  • Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlagay.

  • Aqlli dushman johilu nodon do‘stdan yaxshiroq.

  • Zinodan tug‘ilgan kishi o‘ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyodan ketmaydi.

  • Chorasi bo‘lmagan ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi.

  • Kuch adolatdadir.

  • Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

  • Ishon ammo shubha qil.

  • Dushmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.

  • Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama.





1 Каримов И. А. Миллий давлатчилигимиз тарихининг мумтоз намунаси // Унинг ўзи. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш – мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир. Т.19. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б.286.

2 Каримов И.А.Халқимиз бор экан,Амир Темур номи барҳаётдир //Унинг ўзи. Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б.169.

3 Каримов И.А. Миллий давлатчилигимиз тарихининг мумтоз намунаси // Унинг ўзи. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш – мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир.Т.19.– Т.:Ўзбекистон,2011. – Б.285.

4-§. ALISHER NAVOIYNING HUQUQ-TARTIBOT HIMOYACHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGI G‘OYALARI

Alisher Navoiy (1441–1501) – o‘zbek xalqning ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk insonparvar olim va davlat arbobi, butun hayoti va faoliyatini odamlarning baxt-saodati uchun kurashga bag‘ishlagan buyuk inson.

Alisher Navoiy 1472 yilda vazir lavozimiga tayinlanib, «Amir Kabir» («Ulug‘ Amir») unvoni bilan davlat ishlarini bajarishga kirishadi. U davlat vaziri, ya’ni huquq-tartibot o‘rnatuvchilarning boshlig‘i lavozimida turganida «…bir nafas bo‘lsa-da xalqni esdan chiqarmadi, davlatni xalq manfaatlarini ko‘zlovchi, xalq orzularini amalga oshiruvchi vositaga aylantirishga, davlat arboblarini xalq xizmatchilariga aylantirishga tirishdi va bu ishda uning o‘zi namuna bo‘ldi. U davlat ishlarini intizomga solishga, hukumat idoralarini, saroyni yaramaslardan, xalq hisobiga zarbof to‘n kiyuvchi, ayshu ishrat qiluvchi ifloslardan, amalparastlardan, fitnachilardan tozalash, ularni fosh etish, qamchilash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi»1.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin