Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə161/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

«Sho‘rpeshonalar» yoki «pastkashlar». Bularga besoqolbozlar, bachabozlar, balog‘at yoshiga yetmaganlarni zo‘rlab nomusiga tekkanlar va shu qilmishlari uchun ozodlikdan mahrum etilib, qamoqda o‘tirganlar kiradi. Ular odatda ana shu qilmishlari uchun qamoqxonadagi o‘g‘ri- jinoyatchilarning ham tegishli jazosiga duchor bo‘ladilar, ya’ni zo‘rlanadilar. Bundaylardan ko‘pchilik jinoyatchilar hazar qiladilar.

O‘g‘rilarning kissavurlar, uy o‘g‘rilari, do‘kon o‘g‘rilari, avtomobil o‘g‘rilari, antikvariat o‘g‘rilari kabi bir necha guruhlari ajratiladi.



Kissavurlar. Kissavurlar deb ko‘cha-kuy, bozor va boshqa joylarda kishilarning narsalarini o‘g‘irlovchi shaxslarga aytiladi. Kissavurlarni jinoyat sodir etadigan joylariga qarab:

  1. bozorlarda («bozorchilar»);

  2. metroda («krotlar»);

  3. temir yo‘l transportida («maydonchilar»);

  4. shahar trasportida («poygachilar» yoki «marshrutchilar»);

  5. do‘kon va kinoteatrlarda («do‘konchilar»,«teatrchilar»);

  6. ko‘chalarda («ko‘chachilar») kishilarning narsalarini o‘g‘irlashga ixtisoslashgan cho‘ntakchilarga ajratish mumkin.

Kissavurlar tomonidan qo‘llaniladigan axloqqa zid bo‘lgan xatti- harakatlarga:

  • kiyim, sumka va boshqa qo‘lda ko‘tarib yuriladigan narsalar ichidagi qimmatbaho buyum va pullarni maxsus texnik moslamalar yordamida kesish;

  • o‘zining qo‘lini har xil narsalar – sumka, gazeta, guldasta kabilar bilan yashirish;

  • cho‘ntak va sumkalardan maxsus tayyorlangan ildirgichga («qarmoq») ildirib olish;

  • qo‘l yetmaydigan pinhona joyga yashirilgan narsalarni qisqich, iskak, mo‘ychinak (pinset)dan foydalanish orqali o‘g‘irlash kabilarni kiritish mumkin.

Firibgarlar esa «shuler»lar, «folbin»lar, «qo‘g‘irchoqboz»lar, yolg‘onchi olibsotarlardan tashkil topadi va ularning har bir toifasi o‘ziga xos axloqiy qonunlariga ega bo‘ladi.

Jinoyatchilar dunyosidagi qonunlar biron joyda yozilgan, tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni qonun deb hisoblash mumkin emas, ularni faqat jinoyatchilarning «axloq qoidalari» deb atash mumkin.




      1. Yüklə 0,5 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin