Axloqiy-kasbiybuzilishlarnikeltiribchiqaruvchiomillar. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishiga olib keluvchi obyektiv va subyektiv sabablardan tashqari bir qancha omillar ham mavjud. Bu omillar quyidagilardan iborat:
o‘zini o‘zi nazorat qilishning past darajada ekanligi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining tuzilishini kuzatadigan bo‘lsak, uning ochiq, ya’ni ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan va yopiq, ya’ni ko‘zga tashlanib turmaydigan shakllari ham mavjudligini ko‘ramiz.
Kasbiy buzilishning ochiq,ko‘zga tashlanadigan shakllari quyidagilardan iborat:
jinoyatchilarga, huquqbuzarlik va tartibbuzarlikda ayblanib vaqtincha ushlangan fuqarolarga nisbatan rahmsizlik qilish, g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish, ya’ni urish, haqorat qilish, mansabini suiiste’mol qilish, xizmat axloqi prinsip va normalarini qo‘pol tarzda buzish;
haddan tashqari shubhalanish, ayblashga moyillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishning yo‘qligi;
jinoyatchilar bilan ishlashda qonun yo‘li bilan ruxsat etilmagan usul va vositalarni ishlatish, ya’ni «vosita maqsadni oqlaydi» qabilida ish tutish;
nutq madaniyatining yetishmasligi, qo‘pollik, jinoyatchilar dunyo- sining jargonlaridan bo‘lar-bo‘lmasga foydalanish, ularni qo‘llashda suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yish;
tashqi ko‘rinishning xunukligi, kiyim-boshlarning iflosligi, soch- soqolning o‘sganligi, aft-angorning ifloslanib, sovuq tus olganligi va h.k.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining yopiq,
Kasbiy buzilishlarning ana shu barcha ko‘rinishlarini, omillarini, obyektiv va subyektiv sabablarini to‘liq hisobga olgan holda jinoyat- chilikning oldini olish va uni tugatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.