Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə171/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

Axloqiy tarbiya va uning usullari.Ichki ishlar idoralari xodimlarini axloqiy tarbiyalash ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ularning kasbiy buzilishlarining oldini oluvchi eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy tarbiyasideb ularda axloqiy bilimlar, ehtiyojlar, g‘oyaviy-axloqiy ishonch, axloqiy his- tuyg‘ularni shakllantirishga qaratilgan jarayonga aytiladi.

Axloqiy tarbiya ilmiylik, g‘oyaviylik, haqqoniylik, maqsad va vositalarning mushtarakligi, voqelik bilan uzviy bog‘lanish, ijodiy yondashuv prinsiplariga amal qilgan holda olib borilib, ichki ishlar idoralari xodimlarini kasbiy tanazzulga uchrashdan saqlab turadi.

Axloqiy tarbiya prinsiplaridan tashqari, axloqiy tarbiya metodlaridan o‘z vaqtida unumli foydalanish kasbiy buzilishga yo‘l qo‘ymaydigan eng ishonchli omil hisoblanadi.

Axloqiy tarbiya usullari deb ichki ishlar idoralari rahbar xodimlari va jamoalari tomonidan axloqiy e’tiqodlarni, axloqiy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuasiga aytiladi.

Axloqiy tarbiya usullari jumlasiga ishontirish, rag‘batlantirish va jazolash, shaxsiy namuna ko‘rsatish, musobaqa-bellashuv, tanqid va o‘z- o‘zini tanqid kiradi.



Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. ichki ishlar idoralarining xodimlarini har qanday qiyin va xavfli sharoitlarda ham yuksak darajadagi axloqiy g‘oyalarga, Vatanga sadoqatli

bo‘lish, xalqqa chin dildan xizmat qilish, insoniylik, adolatparvarlik, qonuniylik, jamoachilik, milliy g‘urur, sha’n va qadr-qimmatni saqlash ruhida tarbiyalash;

  1. axloqan pok, rostgo‘y, sobitqadam, tashabbuskor, mas’uliyatli, mustaqil fikrlovchi ichki ishlar idoralari xodimlarini tarbiyalab yetishtirish;

  2. mard, jasoratli, tadbirkor, o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni xayoliga ham keltirmaydigan xodimlar avlodini vujudga keltirish;

  3. yuksak darajadagi axloqiy-huquqiy madaniyat sohibi bo‘lgan, kasb madaniyatining sir-asrorlarini puxta egallagan ichki ishlar idoralari xodimlarini kamol toptirish;

  4. yuksak darajadagi professional bilimga ega, o‘zining axloqiy- kasbiy burchini chuqur his qiladigan, «ichki ishlar xodimi» degan yuksak nomga dog‘ tushirmaydigan ichki ishlar idoralari xodimlarini tarbiyalab yetishtirish va ularning qahramonligi, odamiyligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi bilan faxrlanish mumkin bo‘ladigan huquqshunos mutaxassislarni tarbiyalash.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin