o‘yin va mustaqil harakat mobaynida doimiy ravishda bolaning kayfiyatini kuzatish; sokin va do‘stona ohangda gapirish;
bolaga o‘yinchoq tanlashda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish lozim.
o‘z ismiga munosabat bildiradi, ishora va tovushlar bilan javob beradi;
ayrim tana a’zolarini ko‘rsatadi (boshi, qo‘li, oyog‘i, burni);
ko‘zguda o‘z aksiga kuladi; kattalar e’tiborini turlicha o‘ziga
tortadi;
istagan natijaga erishganda xursandchilikni ifodalaydi yoki norozilik bildiradi, injiqlanadi.
|
ko‘zguda, rasmda o‘zini taniydi, o‘z ismini biladi;
kattalar talabi bilan uning istagi to‘g‘ri kelmaganda e’tiroz bildiradi;
kattalar tomonidan o‘zining harakatlariga bildirilgan rag‘bat va tanbehni farqlaydi.
|
o‘zi va buyumlari haqida so‘zlaydi (bu meniki);
hamma ishni o‘zi bajarishga intiladi;
o‘zing bajargan ishga sevinadi; o‘z narsalarini taniydi;
o‘zini aniq bir jinsga mansubligini biladi;
biror-bir ishni mustaqil bajaradi.
|