musiqa tinglash mobaynida tanasi bilan raqs harakatlarini bajarishga intiladi;
chiroyli predmet va narsalarga e’tibor qaratadi.
|
kattalar yordamida ovutmachoqlar yodlaydi;
chizilgan tasvirlarni barmoqlari bilan yurgizib chiqadi;
sodda tasviriy shakllarni qo‘li va barmoqlari bilan chizadi;
qum yoki loyni ezg‘ilaydi;
sodda raqs harakatlarini bajaradi (qarsak chaladi, oyoqlari bilan harakatlanadi va hokazo);
avval tinglagan musiqalarni taniydi.
|
o‘z yoshiga monand she’rlarni aytadi;
ovutmachoq va to‘rtliklarni aytayotganida imo-ishoralar bildiradi;
namuna asosida tegishli ranglarni tanlaydi;
oddiy san’at shakllarini bo‘yaydi; loy yoki plastilindan shakllar
yasaydi;
so‘ralgan obyektni kubiklardan
�saydi;
sodda pazl va mozaikani yig‘adi; musiqa tinglaganda raqsga
tushadi;
boshqa bolalar bilan birgalikda qo‘shiq aytadi;
ritmga mos harakatlanadi; musiqa asosida so‘ralgan
harakatlarni bajaradi.
|
bolaga quvnoq musiqalar qo‘yish va birgalikda raqsga tushish;
musiqaga monand qanday qarsak chalishni ko‘rsatish;
musiqaga monand oyoq va qo‘llar bilan qanday harakatlanishni ko‘rsatish;
alla aytish;
bolani chiroyli did bilan kiyintirish va kiyim detallariga bolaning diqqatini qaratish.
|
bola tasavvurini rivojlantiruvchi muhit yaratish;
bolaning musiqiy faolligini rivojlantiruvchi bolalar qo‘shiqlarini eshittirish;
bolani taom tayyorlash, xonalarni bayramga tayyorlash jarayoniga jalb qilish;
turli tabriknomalarni tomosha qilish, do‘kon va salonlarda kompozitsiya yaratayotgan ishchilar
faoliyatini kuzatish
|
bolaga mustaqil ishlashi uchun turli tabiiy materiallar, bo‘yoq, yelim, qalam va plastilin va hokazolardan tashkil topgan ish joyini tashkil etish;
bolani chizishga rag‘batlantirish; bola atrofidagi o‘yinchoqlar,
predmet va materiallarni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish;
bolani tasavvurini qo‘llagan holda biror-bir ertak qahramoni
bo‘lishga undash.
|