yaxshi ishtaha va uyquga ega; qoshiq bilan mustaqil yeyishga
harakat qiladi;
qo‘lining barcha barmoqlarini qo‘llab gubkani siqadi;
yuzi, og‘zi va qo‘llarini artadi; butilkadan ichadi; cho‘milayotganda suvni
sachratadi.
|
kattalar yordamida tishlarini tish cho‘tkasi bilan tozalaydi;
mustaqil yuzi, og‘zi va qo‘llarini artadi;
kiyimini echishga harakat qiladi; stol va pollarni artishga taqlid
qiladi.
|
qo‘lini sovun bilan ishqalaydi, ko‘pigini yuvadi va sochiqqa artadi;
mustaqil qoshiq bilan taomlanadi;
qo‘l sochig‘idan (salfetkadan) ovqatlanish jarayonida foydalanadi;
suv muolajalariga ijobiy munosabat bildiradi.
|
bola bilan birgalikda jo‘mrakdan oqayotgan suvni kuzatish;
qo‘l yuvish jarayonini ko‘rsatish; bolaga sovun berish, undan
qanday foydalanishni ko‘rsatish, hidlab ko‘rish imkoniyatini berish, rangiga bolaning e’tiborini qaratish;
cho‘milish vaqtida gubka, mayda o‘yinchoqlar va ko‘pik bilan o‘yinlar tashkil qilish.
|
bolaga qanday qilib tishni tozalash va og‘izni chayish kerakligini ko‘rsatish;
bolaning urinishlarini rag‘batlantirish;
suv nimaga kerakligini tushuntirish;
jarayon vaqtida turli she’rlardan foydalanish;
cho‘tka bilan ishqalangandan
so‘ng kir joy qanday tozalanishini namoyish qilib berish.
|
bolalarni mustaqil harakatga o‘rgatish;
bolalarni to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish;
bolaga organizm uchun nima foydali, nima zarar ekanligini tushuntirish;
salomatlikni saqlash va mustahkamlashda shaxsiy namuna ko‘rsatish.
|