bolani parvarishlash jarayonida (emizish, cho‘miltirish, uxlashga yotqizish) u bilan gaplashish, tana a’zolari, kiyim, buyumlar nomini aytish;
bolaga turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, birgalikda yorqin kitoblarni tomosha qilish va bolani diqqat bilan tinglashga qiziqtirish;
bola bilan muloqot mobaynida unga savollar berish va ma’nosi bo‘yicha to‘g‘ri javobni takrorlashga
undash.
|
bolaga kitob o‘qib, turli hikoya va ertaklarni so‘zlab berish;
sayr davomida ko‘rgan narsalarni muhokama qilish (kuchuk yuguryapti, bolakay maktabga ketyapti);
bola bilan birga kitob do‘konlari va kutubxonalarga borish;
televizor ko‘rish va elektron texnika qo‘llashni chegaralash.
|
bola bilan muloqot vaziyatlarini yaratish, savollar berish;
bolaga topshiriqlar berish, masalan, “qiyom uchun likopcha olib kel”, “qizil qalamni ol”, “kichik ayiqchaga qo‘shiq aytib ber”;
bolaning so‘z boyligini turli didaktik o‘yinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib bo�ish;
kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish.
|