bolani ismi bilan chaqirish; bolaning tana a’zolarini
ko‘rsating va nomini ayting;
bolaga ko‘proq tabassum bilan qarash, u bilan birgalikda ko‘zguga qarash;
turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini ta’riflab o‘tish (“Zarina ayiqcha kelganiga xursand bo‘lyapti”, “Shahzoda charchadi, uyqusi kelyapti”);
bolaning harakatlariga ko‘ra munosabatni bildirish.
|
bolaga o‘zini ijobiy baholashida ko‘maklashish: “men — yaxshi”, “men tirishqoq”;
bolani boshqalar bilan bo‘lashishga o‘rgatishni boshlash;
“o‘g‘il bolalar — kuchli”, “qiz bolalar — muloyim” kabi stereotiplardan qochish;
“man etiladi” va “...mumkin emas” iboralaridan voz kechish; bolaga noto‘g‘ri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yo‘naltirish (“Qum ko‘zingga tushsa, ko‘zing
og‘riydi”).
|
bolani boshqalar bilan muloqotda o‘zini tanishtirishga odatlantirish;
bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, yutuqlar kichikroq bo‘lsa ham;
bola bosh bo‘ladigan holatlarni tashkil etish;
tanbeh berishdan o‘zini tiyish.
|