Respublikasi


II BOB. Kurashchilarni tayyorlashda pedagogic nazorat



Yüklə 471,1 Kb.
səhifə3/6
tarix07.04.2017
ölçüsü471,1 Kb.
#13602
1   2   3   4   5   6

II BOB. Kurashchilarni tayyorlashda pedagogic nazorat.
2.1. Sportchilarni kompleks pedagogic nazorati.

Malakali sportchilar tayyorgarligini boshqarish murakkab va ko'p komponentli jarayon hisoblanib, ularning har tomonlama tayyorgarligi darajasida zamonaviy va obektiv ma'lumot zaruriyatini talab qiladi. Bu holatda obektiv, informativ (ma'lumot) kriteriyalarisiz, nazorat etiladigan sifatlar rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olmay sportchining jismoniy holatini noto'g'ri baholash o'quv tayyorgarlik jarayonini noto'g'ri (mos bo'lmagan)rejalashtirishga olib kelishi mumkin.

Sportchi imkoniyatlari dinamikasini и yoki bu muddatlar davomiyligi va tayyorgarlik bosqichlari mobaynida o'rganish, shu asosda uning tayyorgarlik dinamikasinig kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash shuningdek, har bir alohida mashg'ulotda sportchining holatini hisobga olish ma'lum darajada rejalashtirilishi samaradorligi va tayyorgarlik jarayonini tashkil etishni belgilaydi. Bu bilan nazorat sportchi tayyorgarlik darajasining belgilangan dinamikasi rejaga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash biror chetlashishining mavjudligi va xarakterinin belgilash, zarur tuzatishlarni kiritish hamda ularni o'z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi [58].

Sportchilarni kompleks pedagogic nazorat qilishning tashkiliy uslubiy qoidalar quyidagi printspial ko'rsatmalarga asoslanadi [19].



  1. tadqiqotlarning ko'proq ma'lumotli va ishonchli uslublaridan foydalanish;

  1. turli xildagi nazoratlar asosida tadqiqotning uslublarini to'g'ri tanlash;

  1. sportchi tayyorgarligining turli aspektlarini xarakterlaydigan nazorat o'lchovlarining kompleksligi;

  1. turli malakali sportchilar uchun qo'llash imkoni bilan uslublar nazorati;

  2. sportchining' texnik - taktik mohirligi xususiyatlari bilan musobaqa faoliyatining yetakchi omillariga mo'ljal;

  3. sportchilarning guruhga tegishliligi va sport turining o'ziga xosligiga ko'ra sinov uslublari;

  4. sport takomillashuvi ucuhn asos hisoblangan va maxsus tayyorgarlikning alohida parametrlari darajasini aks ettiradigan ko'rsatgich sifatida nazorat tizimiga kiritish;

  5. sportchilar musobaqa faoliyati samaradorligiga ta'sir etish darajasini ob'ektiv baholash maqsadida musobaqa natijalari va tayyorgarlik yuklamalari ko'rsatgichlarini to'g'ri hisoblash.

2.2.Pedagogik nazorat turlari

Sportchilar holatini har tomonlama baholashda eng samarali usul kompleks nazorat bo'lib, tayyorgarlikning dinamik harakteristikasi haqida to'liq ma'lumot olish imkonini beradi. Bu uslub zarur boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sharoit yaratib beradi.

Kompleks nazorat mohiyatiga bosqichli muayyan va operativ nazorat uslublari kirib, u sportchilarni bir marotaba tekshirihs doirasida ularning harakat funksiyalarining permasient, muayyan va operativ holatini ob'ektiv baholash imkonini beradi [18]. Bunday nazorat turiga quyidagilar kiradi:


  • mustahkam holat ko'rsatgichlari dinamikasi nazarati, ularning aniq siljishi bir ikki oylik tayyorgarlikdan so'ng ko'riinishi mumkin;

  • tayyorgarlikning ikki -uch mikrosikllari doirasida tayyorgarlik mashg'ulotlarining kumultiv samarasini aks etiradigan kursatkichlar dinamikasi nazorati tayorgarlikning bir mikrosikli dorasida bajarilgan tayyorgarlik yuklamasining tezkor samarasini aks ettiradigan operativ holat ko'rsatgichlari nazorati. Kompleks pedagogic nazorat reklamenti xarakteristika tizimini hisobga olib, nazorat etiladigan holatni shakllantirish spetsifikatsiyasi (operativ, muayyan, bosqichli) aniqlanadi.

Prinspial jihatdan bu tizilmani yopiq zanjir sifatida tasvirlash mumkin, unda nazorat shakllari boshqaruv qarorlarini amalga oshirish uchun ma'lumot berish, ishlab chiqish va olish asosi bo'lgan kompleksga birlashtiradi [9].

Nazoratni amalga oshirish uuzoq muddatli tayyorgarlik natijasida, shuningdek, alohida mashqlar, mashg'ulotlar, mikrotsikllar yuklamalari ta'sirida rivojlanadigan, sportchining jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarligi holati dinamikasini baholash zaruriyati bilan bog'liq. Bu esa muayyan vaqtda sportchining imkoniyatlari, alohida mashqlar va ularning komplekslari sportchin organizmiga ta'sir xususiyati, sportchi organizmi adaptatsiyasining tayyorgarlik va musobaqa yuklamalariga individual va guruhlii xususiyatlardan kelib chiqib, tayyorgarlik jarayonini ratsional rejalashtirish imkonini yaratadi. Bosqichli nazoratning eng muhim vazifalari uzoq muddatli tayyorgarlik ta'siri ostida sportchi holatining oo'zgarishini aniqlash va tayyorgaprlik jarayoni yoki keyingi bosqichda strategiyani ishlab chiqish ekanligini hisobga olib, ushbu nazorat jarayonida turli tayyorgarlik kurinishlari rivojining darajasi har tomonlama baholanadi, ushbu aspektlarning kamchiliklari aniqlanadi va takomillashtirish rezervlari belgilanadi. Natijada tayyorgarlikning alohida muddatlari yoki bir yillik tayyorgarlik sikli uchun tayyorgarlik jarayonini yaratish borasida individual rejalar.



    1. Chuqurlashgan va bosqichli nazorat.

Malakali kurashchilarni tayyorlash amaliyotida bosqichli nazorat chuqurlashgan kompleks tadqiqotlar (CHKT) va bosqichli kompleks tadqiqotlar (BKT) yo'li bilan amalaga oshiriladi.

Bir yillik tayyorgarlik siklida ikki marotaba o'tkazilgan ChKT ning vazifalariga kurashchilarning sog'ligi holatini baholash, funksional tayyorgarlik darajasini aniqlash, sog'likdagi nuqsonlarni topish, tayyorgarlikning individual rejalarini to'g'rilash kiradi.


ChKT tadqiqotlarining turlicha uslublarini qo'llashda keng spektrlari bilan xarakterlanib, o'ztarkibiga: shifokor-jismoniy madaniyat dispanserida tibbiy ko'rik, asab - muskul tizimi (meonotometriya, polidinamometriya) va vestibulyar tahlilining funksional holatini aniqlash, antropometrik, elektrokardiografik va polikardiografik tadqiqotlar bilan tibbiy va pedagogic tahlil ma'lumotlariga ko'ra kurashchilar organizmining umumiy funksional holatini baholash, yurak sikli fazali tuzilishi nafas olish va havo almashtirish ko'rsatgichlarini o'rganish, garvard step testi yoki PWS-testi bo'yicha umumiy jismoniy mehnatga layoqatlilik aniqlanadi [41].

Bosqichli kompleks nazorat yillik tayyorgarlik sikli davomida 3 marotaba o'tkazish maqsadga muvofiq, birinchi va ikkinchi nazorat tayyorgarlik muddatida, uchinchi BKT, odatda, tayyorrgaerlikning musobaqa jarayonida amalga oshirilishi zarur.

BKT vazifalariga kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash, sportchilarning funksional holatini baholash, texnik-taktik tayyorgarlik darajasini belgilash, tayyorgarlikning individual rejalarini to'g'rilash kiradi.

BKT ning sanab o'tilgan vazifalarini amalga oshirish uchun ularning dasturiga kurashchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini baholash uchun testlar, texnik-taktik mohirlik dinamikasini aniqlash uchun sport texnik ko'rsatgichlar asab-muskul tizimi va vestibulyar tahlil, elektrokardiografik, psixofiziologik tadqiqiotlar asosida funksional tayyorgarlik darajasini baholash uchun testlar kiritilishi zarur.

Chuqurlashtirilgan va bosqichli kompleks nazoratni o'tkazish uchun o'xshash sharoitlar yaratish va oldingi tayyorgarlik yuklamalari tadqiqotlari natijalariga ta'sirni chetlashtirish lozim bo'ladi. ChKT va BKT lar uchun shunday test va ko'rsatgichlarni tanlash kerakki, ularning natijalarida qisqa muddatli yuklamalar ta'siridagi sportchilarning har kunlik holati dinamikasi aks etmasligi kerak. Testlarning noto'g'ri tanlovi uzoq muddatli tayyorgarlik natijasida kurashchilar ko'rsatgichlarining haqiqiy darajasini emas, qisqa vaqt oralig'idagi ishlarnin aks ettirish mumkin. Ushbu muhim holatni amalda tadbiq etish tadqiqotni olib borish jarayonida qiyinchiliklar to'g'diradi. Buning uchun kurashchilar funksional imkoniyatlari jamlanmasini talab etuvchi sport kurashi uchun maxsus testlar yordamida sportchining tayyorgarligini obektiv baholash zarur. Jismoniy, funksional va texnik-taktik imkoniyatlarining eng yuqori darajasini talab etuvchi bunday yuklamani kurashchi musobaqada kuch jihatidan tteng raqib bilan kurashda qo'llaydi.

Kurashchi imkoniyatlarining namoyon bo'lishi spettsifikatsiyasi turli sabablar ta'siri darajasiga ko'ra o'zgarishi mumkin. Bunday sabablar qatoriga: tadqiqotdan oldin tayyorgarlik yuklamasining xarakteri va yunaltirilganligi, kurashchilar ruhiy holati xususiyatlari, turli ijtimoiy omillar kiradi. Shu sababli sportchi imoniyatlarini to'g'ri baholash, ko'pgina testlarda tadqiqotgacha maxsus tayyorgarliikdan so'nggina amalga oshirilgandan so'ng mumkin, bu testlar oldingi tayyorgarlik yuklamasining salbiy ta'sirlarini yo'qotish va maksimal natijalarga erishish maqsadida test dasturini amalgam oshirish uchun sportchi motivatsiyasi zaruriy darajasini yaratishi ko'zda tutilgan.

Yuqorida aytib o'tilgan vaziyatlarda testlarni tanlash va ularning nazoratli normative darajasinishlab chiqish hisobga olinib, kurashchining jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi darajasini aniq baholash imkonini beradi. Shu sababli kurashchilar holatini baholashni BKT dasturiga kiritilgan yuqori ma'lumotli va ishonchli testlar hamda ko'rsatgichlardan foydalanish yordamida amalgam oshirish mumkin.

Ikki-uch mikrosikllar davomida tayyorgarlik jarayonini jamlash maqsadida amalgam oshiriladigan nazorat turli xarakterli yuklamalarga kurashchi organizmi reaksiyasini baholash va ushbu yuklamalarning sportchilarning funksional holatlarga ta'sirini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu esa kurashchi organizmida, ayniqsa, charchoqning birlamchi belgilarida, adaptatsion reaksiyalar rivoji dinamikasini baholash asosida tayyorgarlik jarayoni tuzilishining ba'zi I parametrlarini o'z vaqtida o'zgartirish imkonini beradi.

Joriy nazoratning shakli joriy tadqiqot (JT) bo'lib , ularning muddatlari kurashchilar sport malakasi darajasi va tayyorgarlik muddati ta'siriga bog'liq bo'ladi. JT vazifalariga sportchilar tayyorgarligining turli tomonlari darajasini baholash va tayyorgarlikning keyingi bosqichini to'g'rilash kiradi. JT dasturiga tayyorgarlik yuklamasining turli kursatgichlari hisobi va tahlili, sport - texnik ko'rsatgichlarini bahholash, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash kiradi. Bu ma'lumot elektrokardiografiya va psixofiziologik tadqiqotlar bo'yicha funksional tayyorgarlik darajasining baholanishi bilan to'ldiriladi.

Kurashchilarning tayyorgarligini joriyn nazorat qilish musobaqa faoliyatini baholash hisoblanib, tarkibiga asosiy va yakuniy musobaqalar natijasida tayyorgarlikning turli tomonlari kurashchilar tomonidan o'zlashtirilishi darajasini aniqlash, musobaqa faoliyati va kurashchilar tayyorgarlik rejalashtirilgan darajasi natijalari qiyosiy tahlili, texnik-taktik mohirlik ko'rsatgichlarini aniqlash bilan rejalarni to'g'rilash kiradi. JT shaklining amalda tadbiq etilishi uchun barcha ma'lumot kurashchilarning musobaqadagi jangini videotasmaga olish va ularni tahlil qilish, shuningdek, kurashchilarning sport- texnik ko'rsatgichlarini hisobga olib musobaqa jarayonida tayyorgarlik jarayonini tuzish kerak bo’ladi [26,54].

Kurashchilar tayyorgarligining operativ nazorati tayyorgarlik mashg'ulotlari dasturini to'g'rilashga qaratilgan bo'lib, u har bir sportchi uchun optimal yuklama va hordiq tartibini aniqlash uchun turli uslublar va testlardan foydalanish imkonini beradi, [mashg'ulotlarda tayyorgarlik yuklamalari individual ko'rsatgichlarini belgilashda]. Bunday xarakteristikalarni ratsional tanlash muommosi turli xil va musobaqalarda sportchilar ishtiroki va o'quv - tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borish davomida kurashchilarning jismoniy va texnik - taktik tayyorgarligi darajasida operativ nazoratni amalgam oshirish bilan bog'liq. Bunda operativ holat muvozanatli emasligiva tayyorgarlik mashg'ulotlari davomida tez o'zgarishini hisobga olish zarur. Bu esa (V) rrmrabbiy tomonidan boshqarish imkoniyatini qiyinlashtiradi. [boshqaruv operativ tayyorgarlik holatini to'g'ri shakllantirish uchun zarur bo'lsada.]

2.4. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik nazorati.

O'quv tayyorgarlik jarayonini to'g'ri tashkil qilish uchun ularni samarali boshqarish va tashkillashtirish uchun tayyorgarlikning turli bosqichlari va muddatlarida sportchilarning jismoniy tayyorgarligida yuzaga keladigan o'zgarishlar aniqlash imkonini beradi, bajariladigan tayyorgarlik ishlariga mag'lubiyat rejasiga ta'siri darajasini, bu rejaga o'zgartirishlar kiritish zaruriyati belgilanadi [47,49].

Kursatgichlarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish kuch (kuch sifatlari), tezligi (tezlik sifatlari), chidamliligi , epchilligi va ixchamligi rivojlanishini aniqlash bilan belgilanadi. Jismoniy tayyorgarlikni sinovdan o'tkazishning uchta asosiy varianti farqlanadi [9].

- turli sohadagi testlar va ko'rsatgichlardan foydalanish bilan jismoniy tayyorgarlikni kompleks baholash;



  • biror jismoniy sifatni rivojlantirish darajasini baholash (misol uchun chidamlilik);

  • biror sifatdan birining darajasini sinovdan o'tkazish (misol uchun, chidamlilik);

Sportchilarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish amaliyotida qo'llaniladigan testlar quyidagi baholash va test nazariyasi talablariga javob berishi lozim [15].

- testlarning yuqori ma'lumotliligi va ishonchliligi aniq belgilangan bo'lishi lozim;



  • sinov jarayoni va test natijalarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish zarur;

  • har bir testni qo'llashdan maqsad aniq belgilangan bo'lishi kerak;

  • test natijalarini baholash tuzilishini aniqlash zarur;

- mashg'ulotlarni bajarish texnikasi yaxshi o'rganilgan va sinov natijalariga ta'sir qilmasligi lozim.

Kurashchining kuch sifatlari muskul tarangligi yordamida raqib qarshiligini yengish imkoniyati sifatida sport kurashining istalgan turida g'alabaga erishish uchun katta ahamiyatga . Shu bilan mutaxassislar kurashchilarning kuch sifatlarini takomillashtirish va nazorat uslublarini ishlab chiqishga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Kurashchilar tayyorgarligini nazorat qilishda kuch sifatlarini hisobga olishning ikki asosiy uslubi mavjud:


  1. O'lchov vositalarini qo'llamasdan;;

  2. O'lchov vositalarini qo'llab - mexanik dinamometr yoki inertsion dinamograf bilan.

Kuch sifatlari nazoratini o'lchov vositalarini o'lchamasdan amalga oshirish kurashchilar tayyorgarligi amaliyotida keng tarqalgan. Ba'zida buning uchun nazoratning to'g'ridan - to'g'ri uslubi qo'llaniladi, unda sportchi oddiy texnik harakatni ushlab yoki ko'tarib tura oladigan og'irlikka ko'ra kuch sifati darajasi baholanadi. Bunday kuch sifatlarining nazorati misoli yotgan holda shtanga ko'tarishdir.

Kurashchilar kuch sifatlarini bilvosita o'lchash uslubini qo'llash holatlarida eng oddiy testlardan foydalaniladi: yakkacho'pda tortilish, to'plarni uloqtirish, bir joy dan uzunlikka sakrash, yotgan holatda qo'llarni buklash, arqonda ko'tarilish. Bu testlarning kamchiligi shundaki, unda absolyut kuch emas, balki tezlik- kuch sifatlari yoki tezlik chidamliligi o'lchanadi. Misol uchun natijasi 25-30 va undan ortiqni tashkil etgan, oliy toifali kurashchilar uchun yakkacho'pda maksimal tortilish soni ko'ch chidamliligini xarakterlaydi, cheklangan vaqtda tortinishlarni bajarish (odatda 10 soniya) siportchilarda kuch tezlik sifatlari rivoji darajasini ko’rsatadi [16,48].

O'lchov vositalaridan foydalanib kurashchilarning jismoniy sifatlarini sinovdan utkazish statistik va dinamik tizimda maksimal kuchni aniqlash imkonini beradi .

Bu holatda biror guruh muskullari kuchi kursatgichlarini o'lchash jarayonida aniqlanganlari absolyut kuchni xarakterlaydi, absolyut kuchning sportchi tanasi massasiga nisbati nisbiy kuch mohiyatini ko'rsatadi. Tahlilda aniqlangan kuch ko'rsatgichlarida kurashchining vazni oshgani sari uning absolyut kuchi kursatgichlari oshishi va nisbiiy kuchi mohiyati pasayishini hisobga olish zarur, [59] ham bu qonuniyatda ba'zi istisnolar borligini ta'kidlagan. Kurashchining tezlik sifatlari vaqtining minimal bo'lagida harakatlana olish qobiliyatida ko'rinadi. Kurashchilar uchun bu sifatlarning ahamiyati shunchalik kattaki, kurash bo'yicha yetakchi mutaxassis [26] yaxshi rivojlanmagan tezlik sifatlarisiz kurashda yo'qori natijalarga erishishning imkoniyati mayjud emas deb ta'kidladi.

Odatda kurashchilarning tezlik sifatlari (bir yoki bir necha uloqtirishni bajarish vaqti)ning elementar (oddiy reaksiya vaqti, bir harakat vaqti, harakatlar chastotasi) va kommpleks shakllar farqlanadi. Tezlikning elementar shakllari nazorati reaksiya vaqti va oddiy signalda oddiy harakatlar vaqtini belgilash imkonini beradigan xronorefleksometr yordamida laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi.Bunday o'lchovlar jiddiy standartlashgan bo'lishi kerak.

Oliy toifali kurashchilarni nazorat qilishda ma'lumotli ko'rsatgich sifatida kurash vaziyatlarida slaydlarni ko'rsatish orqali laboratoriya sharoitida aniqlik bilan belgilanadigan tanlov reaksiyasi vaqti hisobga olinadi. Bu holatda o'lchovlarni standartlash har bir slaydning bir xil davomiyligi, ular orasidagi masofa, berilgan vaziyat bahosining murakkabligini saqlash bilan amalga oshiriladi. Bunday sinov natijasi murakkab reaksiya vaqti va to'g'ri qarorlar qabul qilishning aniqligi hisoblanadi. Oddiy reaksiya va tanlov reaksiyasi vaqtini sinovdan o'tkazish natijasining ishonchliligini oshirish test mashqlarini bajarishga o'rinishi sonini ko'paytirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun har bir sinaluvchiga 12 o'rinish beriladi, so'ngra esa eng yaxshi va eng yomon natijalar tasodifiy hisoblanib, qolgan natijalarning o'rtacha miqdori hisoblanadi va testdagi yakuniy natija deb olinadi [11].

Tezlik sifatlari komopleks shakllari sinovi oddiy electron sekundomer yordamida amalga oshiriladi, o'lchov aniqligi va obektivligi esa sekundometrist kvalifikatsiyasiga bog'liq. Kurashchilarning maxsus tezlik sifatlarini tekshirish uchun kompleks testlarning o'ziga xos misoli teng vaznli raqibning [bir nechta uloqtirishi (odatda, besh yoki o'nta)] yoki maksimal tempdagi tayyorgarlik mashqning [V] hisoblanadi. Bu testlar bo'yicha sinov o'tkazish natijalarining ishonchliligi pasayishi ma'lumot oshishi bilan tenglashadi, chunki yuqori natijalar ko'rsatish uchun kurashchilarning musobaqa faoliyati sharoitlarida amalgam oshiriladigan alohida va birgalikda tezlik sifatlarining barcha shakllari zarar.

To'liq sifatlarning elementar va kompleks shakllari orasidagi bog'liqlik deyarli ahamiyatsiz u oddiy harakat yoki local harakat vaqtining biror noxususiy ko'rsatgichlari kurashchilarning ushbu sifatlarini baholash uchun foydalanishga imkon bermaydi. Kurashchilar tezik sifatlarini kompleks sinovlardan o'tkazish tarkibiga reaksiya vaqti, uslubni qo'llash vaqti va o'ziga xos testlarda harakatlar seriyasini bajarish tezligini kiritadi.

Kurashchining chidamliligi jang va musobaqa davomida samaradorlikni kamaytirmagan holda harakatlarni ishonchli bajarish qobiliyati bilan belgilanadi. Chidamlilik ko'rinishlari juda xilma xil va kurashchilar uchun o'ziga xos. Texnik-taktik harakatlarda xatolar sonini oshirmay jang yakunigacha yo'qori tempni ushlab tura oladigan kurashchi chidamli hisoblanadi. Chidamlilik sinovi qo'yidagi vaziyatlarni hisobga olishi zaruriyatini belgilaydi:


  • chidamlilik turli ko'rinishlari asosida turli energota'minot mexanizmlari bo'lib, ular chidamlilikning muhim xarakteristikasi hisoblanadi;

  • texnika ishonchliligi ko'rsatgichi bilan kurashchilarning texnik - taktik mohirligiga ma'lum darajada bog'liq bo'lgan energota'minot mexanizmi ishi samaradorligi;

  • sport chidamliligi bir xil energetic ko'rsatgichlarda turli xil bo'lganda, vaziyatlarning yuzaga kelishi imkonini aniqlaydigan chidamlilik darajasi sportchining iroda sifatlariga bog'liq.

Kurashchilar chidamliligi nazorati spetsifik (maxsus chidamlilikni baholash uchun) va nospetsifik (umumiy chidamlilikni baholash uchun) xarakterga ega turli testlar yordamida amalga oshiriladi.

Natijalari ortib borayotgan charchoq sharoitida jismoniy faoliyatni amalga oshirishga sportchilarning potensial imkoniyatlarini aniqlaydigan nospetsifik testlar musobaqa faoliyati sharoitlaridan ta'minot tizimi xususiyatlari va harakatlari tuzilishi bilan farqlanadigan vazifalarni o'z ichiga oladi. Kurashchilar nosfetsifik testlarining odatiy misollari turli Kuper testi modefikatsiyasi (vaqtga yugurish), testning garvard stepi (muayyan bandlikka ko'tarish) PWS /velofgametfiya hisoblanadi. Ko'pgina mualliflar tadqiqotlariga ko'ra oliy toifali ko'rashchilarni sinovdan o'tkazishda ushbu testlarning ma'lumotliligi aniqlandi [22].

Musobaqa faoliyati sharoitlarida maksimal yaqinlashtirilgan sinov jarayonida ish bilan ta'minlash tizimi davomiyligi va vazifalarni bajarish tuzilishiga ega bo'lgan testlar maxsus testlar hisoblanadi. Maxsus testlar ma'lumotliligi nomaxsus testlardan yo'qoriroq, lekin ularning bajarilishini standartlash maxsus testlar ishonchliligini pasaytiradi.

Kurash amaliyotida turli vaqt oraliqlarida bajariladigan: 1 daqiqada manekinni 15 marta o'loqtirish, [kabi mashqlar seriyasini o'z ichiga olgan spetsifik testlar keng tarqalgan] [13,62]; soxta musobaqa sharoitlarida muayyan tempda uch, besh, va olti daqiqali uloqtirish testlari [17,31] "qarshilik" holatida manekin yoki raqibni uloqtirish [2,50].

Spetsifik va nosfetsifik testlar yordamida kurashchilar chidamliligini nazorat qilish bir- birini to'ldirishi kerak. Bir tomondan, nospetsifik testlarni qo'llash aniqroq o'lchovni kafolatlasa, boshqa tomondan, sfetsifik testlarni qo'llash sinov jarayonida xatolarga yo'l qo'yish imkonini oshirsada, kurashchilar motiivatsiyasini oshiradi shu sababli kurashchilar chidamliligi nazoratini spetsifik va nospetsiflk testlar yordamida amalga oshirish lozim, bu esa har tomonlama va ishonchli ma'lumot bilan ta'minlaydi.

Kurashchining epchilligi kompleks jismoniy sifat sifatida sport kurashining barcha turlari uchun juda muhim bo'lib, quyidagi qobiliyatlarini o'zsifat sifatida sport kurashining barcha turlari uchun juda muhim bo'lib, quyidagi qobiliyatlarini o'z ichiga oladi:



  • koordinatsion murakkab texnik - taktik harakatlarni to'g'ri bajarish;

  • kurash vaziyati o'zgarganda raqibdan tezroq faoliyatini o'zgartirish;

  • yangi texnik - taktik harakat va kombinatsiyalarni tez o'zlashtirish;

Epchillik tushunchasiga uning turli xarakterli ko'rinishlari bilan kirib, ulardan eng asosiylari quyidagilar:

  • koordinatsion muvozanat;

  • static muvozanat;

  • dinamik barqarorlik;

- ratjsional bo'shashish;

  • harakatlarning fazoviy aniqligi;

  • muskul - suyak hissiyotligi;

Kurashchilar epchilligi nazorati ikki xil harakatlarni belgilaydi, birinchidan, turli chalg'ituvchi omillar ta'sirida ko'rashchilar muvozanati bilan ma'lum vazifalarni bajarish aniqligi va vaqtini hisobga olib murakkab va notipik vaziyatlarda yangi harakatlarni bajarish aniqligi baholanadi va ikkinchidan, mashqlarni bajarish aniqligi va vaqtini hisobga olib murakkab va_notipik vaziyatlarda yangi harakatlarni bajarish samaradorligi aniqlanadi [29].

Shu sababli kurashchilar epchilligida individual xususiyatlarni obektiv baholash imkonini beradigan to'rt modulli kompleksni qo'llash tavsiya etiladi [36,44].

1) birinchi testda 10 soniyada besh marotaba do'mbaloq oshish, undan so'ng har 5 sm belgilangan diametri 50 sm aylana o'rtasida to'rish kiritilgan. Bu aylanada kurashchi bir oyoqda 10 marotaba sakrab, har sakraganda aylana markaziga oyog'i bilan tushishi kerak. Markazdan

chetlashishi test natijasi hisoblanadi [32].

2) ikkinchi testda aylana markazida turgan kurashchilar oldinga 360 qiyalik va tik turish taklif qilinadi. Bunday egilish va buralish 10 soniyada 5 marotaba bajariladi. Shundan so'ng kurashchi bir oyoqda 10 marotaba sakraydi. Test natijasini baholash birinchi testdagidek bo'ladi [39,40].

3) uchinchi testga uzunligi 7m va eni 20 sm.lik shartli "koridor"da oldinga va orqaga yuradi. Test natijasi esa qadamlar soniga kurashchi xatolari nisbati hisoblanadi;

4) to'rtinchi test "vertikal" trenajyorida sinovni taklif etadi [47].

Sinaluvchi yoro'g'lik o'tkazmaydigan bog'ichni bog'lab "vertikal" trenajyori qo'lini ushlab, oyoqlari bukiladi, oldinga cho'ziladi, bosh orqaga tashlanadi va shu holatda o'n marotaba takrorlaydi. "Stop" bo'yrug'ida sinaluvchi tik to'rishi, qo'llarini bo'shatishi kerak. Sinaluvchi tik to'rgan vaqtda sekundometr qo'yilib, trenajyor qo'lini qo'yib yuborguncha vaqt hisoblanadi. Belgilangan natija "ikkilanish vaqti"deb atalib, test natijasi hisoblanadi.

Kurashchilar epchilligini sinovdan o'tkazishning boshqa uslubi maxsus mashqlar elementlarini o'z ichiga olgan uyg'unlashgan mashqlarni qo'llash hisoblanadi [17,47,51].

Kurashchi ixchamligi harakatlarni katta amplitude bilan bajara olish qobiliyati sifatida burchak gradusi va chiziq me'yorlari bilan o'lchanadi. Skelet muskullari faolligi hisobiga katta amplitude bilan mashqlar bajarish sportchilar qobiliyatini baholash orqali faol ixchamlilik ko'proq belgilanadi. Tashqi kuchlardan foydalanib erishiladigan harakatlar amplitudasini xarakterlaydigan faol bo'lmagan ixchamlik sinovdan o'tkaziladi.

Burchak graduslarida ixchamlikni o'lchashda ganiometr deb ataladigan oddiy asbob qo'llaniladi. U ikki oyoqdan iborat bo'lib, biriga transpartyor biriktirilgan. Ganiometr oyog'ini o'lchash uchun sustavlarni tashkil qiladigan segmentlar biriktiriladi. Sustavni bug'ishda segmentlar orasidagi burchak o'lchanadi va bu o'zgarish ganiometr bilan belgilanadi.

Chiziqli o'lchovlarda ixchamlikni sinashda jismoniy sifatlarni o'lchash uchun kompleks testlar tez - tez qo'llaniladi: oldinga va orqaga bukilish, shpagat (eniga va uzunligiga), ko'prik, harakat. Lekin bu testlarni qo'llashda tana va qo'l oyoqlar uzunligini ham hisobga olish zarur, bu esa sinov natijalari ishonchliligini oshiradi.

Ixchamlik testlarining aksariyati ma'lumotliligi kurashchi musobaqa faoliyati spetsifikatsiyasiga sinov mashqlari qanchalik mosligiga bog'liq. Misol uchun kurashchi ko'prigini bajarishda umurtqa pog'onasi ixchamliligi ko'rsatgichi oldinga egilgan holatdagidan ko'ra yo'qoriroq.

Ixchamlilik sinovlarida o'lchovlar aniqligini belgilash testlarini bajarishga o'rinishlar sonini oshirish, shuningdek, turli mashqlarda ixchamlilikni o'lchash asosida amalga oshirish mumkin.

Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi to'g'risida aniq va keng ma'lumotni sportchilar tayyorgarligining asosiy aspektlarini xarakterlaydigan keng sohadagi turli test va ko'rsatgichlarini qo'llash bilan kurashchilar sinovi natijalari tahlilidan olish mumkin. Shu bilan birga kurashchilar jismoniy tayyorgarligi darajasi o'zaro va sinovning oldingi bosqichlarini taqqoslaganda sinov natijalarini kompleks baholash va ma'lumotli testlarning cheklangan sonini to'g'ri tanlash muommolari pay do bo'ladi.

Muommolardan birini hali empiric, hali korrelatsion va omil tahlili bilan statistik tahlil uslublarini qo'llash orqali hal etish mumkin.



Yüklə 471,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin