1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA
RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI
Guruh: 20-120
Bajardi:
PAYAZOV LAZIZBEK
2
QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI
VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Reja:
1.
“Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi,
uning mohiyati va ahamiyati
2. Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish
ko`rsatkichlari
3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish
yo`llari
4. Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
3
“Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning
mohiyati va ahamiyati
Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika resurslari deganda
tarmoqda, uning xo`jalik yurituvchi subyektlari mavjud barcha asosiy
fondlar, xo`jalik inventarlari yig`indisi tushiniladi. Agrosanoat majmuasi
tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini
mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning
mexanizatsiyalashganlik darajasi bevosita tarmoqda, xo`jaliklarda
mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog`liq. Agar texnikalar yetarli
miqdorda bo`lmasa, demak, qishloq xo`jaligi ishlarini agrotexnik
muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o`z navbatida, barcha natijaviy
ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu
misolning o`zi ishlab chiqarishda moddiy – texnika resurslarining
ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko`rsatadi. Har qanday tarmoqning
moddiy – texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir.
Ma`lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, asosiy fondlar,
homashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo`lishi va
ular birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq
xo`jaligining moddiy – texnika bazasi keyingi yillarda yanada
mustahkamlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga
“Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib kelmoqda. Oz
bo`lsada, fermer va dehqon xo`jaliklarida kichik texnikalar paydo
bo`lmoqda.
4
Qishloq
xo`jaligining
moddiy
– texnika bazasi boshqa
tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning eng
asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi moddiy – texnika bazasining tarkibiga
yer kiradi. Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishtirok etishi bizga ma`lum. Yerning o`ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda xo`jaliklarning moddiy – texnika bazasini
rivojlantirish zarur. Yerning holatiga qarab o`g`it turlari, o`g`itning
miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning
meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, mineral o`g`itlar, unga
ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past
bo`lishi turgan gap. Ba`zi hollarda yerga bunday munosabatda bo`lish
uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi
mumkin.
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi tabiat
qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko`proq bog`liq. Buning
natijasida turli regionlarda turlicha texnika va boshqa resurslardan
foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari
janubiy zonalardagidan farq qiladi. Shimoliy zonalarda issiq kunlarning
nisbatan kam bo`lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan
ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy regionlarda esa ekin
turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy –
texnika resurslarining turli regionlarda turlicha bo`lishini talab qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resursladidan
foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan
bog`liq. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining
5
mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun
yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o`rish kombayinalari asosan
o`tim – yig`im davrida 2 oy ishlatiladi. Xo`jaliklar qimmatbaho
texnikani (kombayinlarni ) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta
miqdorda qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy
fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
To`rtinchidan,
qishloq
xo`jaligida
moddiy
–
texnika
resurslariningkatta qismini tirik organizmlar (chorva mollari, ko`p yillik
daraxitlar va boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida
biologik qonuniyatlarni xam xisobga olishni talab etadi. Aks holda natija
past bo`lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo`jaliklarda
mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga
olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi
xo`jaliklarda yaxshi rivojlangan transporttizimi, yo`l va aloqa
kommunikatsiyalari bo`lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan
ikkinchisiga olib borish, ularni tamirlashini tashkil etish jarayonida
qishloq xo`jaligi moddiy – texnika resurslarini tashki l etishning o`ziga
xosligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat katta qo`shimcha mablag`larni
talab qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasi ko`p
jihatdan sanoaning rivojlanganligiga bohliq. Shu bilan birga moddiy –
texnika resurslarining (yem – xashak, zodli chorva mollari, urug`liklar
kabilar) bir qismi qishloq xo`jaligining ishlab chiqariladi. Bu esa
sarflanayotgan mablag`larning sotib olinayotgan va o`zida ishlab
chiqarilayotgan moddiy – texnika resurslariga mos ravishda
6
taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy
ko`rsatgichlari pasayishi mumkin.
Hozirda
mamlakatimiz
qishloq
xo`jaligining
mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta – sekinlik bilan uni
sanoat asosiga o`tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq
xo`jaligi taraqqiyotining obektiv yo`nalishlaridanbiridir.
Dostları ilə paylaş: |