Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi



Yüklə 375,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü375,13 Kb.
#145747
  1   2   3   4
QISHLOQ XO\'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu:
QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA 
RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI
 
 
 
Guruh: 20-120 
 
Bajardi:

PAYAZOV LAZIZBEK 
 
 
 
 
 



QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI 
VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
 
 
 
Reja: 
 
1. 
“Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, 
uning mohiyati va ahamiyati 
2. Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish 
ko`rsatkichlari 
3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish 
yo`llari 
4. Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish 

 
 



“Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning 
mohiyati va ahamiyati 

Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika resurslari deganda 


tarmoqda, uning xo`jalik yurituvchi subyektlari mavjud barcha asosiy 
fondlar, xo`jalik inventarlari yig`indisi tushiniladi. Agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini 
mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalashganlik darajasi bevosita tarmoqda, xo`jaliklarda 
mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog`liq. Agar texnikalar yetarli 
miqdorda bo`lmasa, demak, qishloq xo`jaligi ishlarini agrotexnik 
muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o`z navbatida, barcha natijaviy 
ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu 
misolning o`zi ishlab chiqarishda moddiy – texnika resurslarining 
ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko`rsatadi. Har qanday tarmoqning 
moddiy – texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir. 
Ma`lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, asosiy fondlar, 
homashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo`lishi va 
ular birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq 
xo`jaligining moddiy – texnika bazasi keyingi yillarda yanada 
mustahkamlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga 
“Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib kelmoqda. Oz 
bo`lsada, fermer va dehqon xo`jaliklarida kichik texnikalar paydo 
bo`lmoqda.



Qishloq 
xo`jaligining 
moddiy 
texnika bazasi boshqa 
tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning eng 
asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi moddiy – texnika bazasining tarkibiga 
yer kiradi. Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi 
sifatida ishtirok etishi bizga ma`lum. Yerning o`ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda xo`jaliklarning moddiy – texnika bazasini 
rivojlantirish zarur. Yerning holatiga qarab o`g`it turlari, o`g`itning 
miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning 
meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, mineral o`g`itlar, unga 
ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past 
bo`lishi turgan gap. Ba`zi hollarda yerga bunday munosabatda bo`lish 
uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi 
mumkin. 
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi tabiat 
qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko`proq bog`liq. Buning 
natijasida turli regionlarda turlicha texnika va boshqa resurslardan 
foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari 
janubiy zonalardagidan farq qiladi. Shimoliy zonalarda issiq kunlarning 
nisbatan kam bo`lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan 
ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy regionlarda esa ekin 
turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy – 
texnika resurslarining turli regionlarda turlicha bo`lishini talab qiladi. 
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resursladidan 
foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan 
bog`liq. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining 



mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun 
yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o`rish kombayinalari asosan 
o`tim – yig`im davrida 2 oy ishlatiladi. Xo`jaliklar qimmatbaho 
texnikani (kombayinlarni ) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta 
miqdorda qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy 
fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi. 
To`rtinchidan, 
qishloq 
xo`jaligida 
moddiy 
– 
texnika 
resurslariningkatta qismini tirik organizmlar (chorva mollari, ko`p yillik 
daraxitlar va boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida 
biologik qonuniyatlarni xam xisobga olishni talab etadi. Aks holda natija 
past bo`lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo`jaliklarda 
mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga 
olib kelishi mumkin. 
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi 
xo`jaliklarda yaxshi rivojlangan transporttizimi, yo`l va aloqa 
kommunikatsiyalari bo`lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan 
ikkinchisiga olib borish, ularni tamirlashini tashkil etish jarayonida 
qishloq xo`jaligi moddiy – texnika resurslarini tashki l etishning o`ziga 
xosligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat katta qo`shimcha mablag`larni 
talab qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasi ko`p 
jihatdan sanoaning rivojlanganligiga bohliq. Shu bilan birga moddiy – 
texnika resurslarining (yem – xashak, zodli chorva mollari, urug`liklar 
kabilar) bir qismi qishloq xo`jaligining ishlab chiqariladi. Bu esa 
sarflanayotgan mablag`larning sotib olinayotgan va o`zida ishlab 
chiqarilayotgan moddiy – texnika resurslariga mos ravishda 



taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy 
ko`rsatgichlari pasayishi mumkin. 
Hozirda 
mamlakatimiz 
qishloq 
xo`jaligining 
mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta – sekinlik bilan uni 
sanoat asosiga o`tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq 
xo`jaligi taraqqiyotining obektiv yo`nalishlaridanbiridir.

Yüklə 375,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin