Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi


Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari



Yüklə 375,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü375,13 Kb.
#145747
1   2   3   4
QISHLOQ XO\'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

 Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari 
 
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy 
yo`llari quyidagilardan iborat: 
1). Qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligini, chorva 
mollarining mahsuldorligini oshirish. Nimaiki hosildorlikni, chorva 
mollarining mahsuldorligini oshirishga ta`sir ko`rsatsa, o`sha narsa 
fondlardan foydalanishning samaradorligi oshishiga ijobiy ta`sir qiladi. 
Demak, fan – texnika taraqqiyoti natijasida yangi, serhosil ekin turlarini 
va mahsuldor chorva mollarini ishlab chiqarishga joriy etish fondlardan 
foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biridir.
2). Asosiy fondlarning aktiv qismi bo`lgan texnika, asbob – 
uskunalardan foydalanishning smenalik koeffitsiyentlarini ko`tarish 
ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri 
hisoblanadi.


11 
3). Asosiy fondlar tarkibini takomilashtirish ulardan foydalanishning 
juda muhim yo`llaridan biridir. Bugungi kunda ishlab chiqarishda 
mavjud kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) bilan ishchi 
mashinalar o`rtasidagi optimal nisbatni ta`minlamaslik asosiy fondlardan 
foydalanish samaradorligini keskin pasaytiradi. Bugungi kunda ishlab 
chiarishda foydalanilayotgan kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) 
katta quvvatga ega. Masalan, bitta “Magnum” rusmli traktordan yil 
davomida to`liqroq foydalanish uchun 35 va undan ko`proq ishchi 
mashinalar (pluglar, ekin agregatlari va h.q.) kerak ekan. Birorta ishchi 
mashinaning bo`lmasligi ushbu kuch beruvchi mashinadan foydalash 
ham ulardan foydalanish imkoniyatlari kamayishiga olib keladi.
4). Asosiy va oborot fondlar mutanosibligini ta`minlash ham ulardan 
foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan 
asosiy fondlar yetarli miqdorda aylanma fondlar bilan ta`minlanishi 
kerak. Masalan, chigit ekish davrida traktor va chigit ekish agregatidan 
faqat yetarli miqdorda chigit bo`lgandagina samarali foydalanish 
mumkin. Ekish uchun zarur chigit bo`lgandagina samarali foydalanish 
mumkin. Ekish uchun zarur chigitning yetishmasligi texnikalar bekor 
turib qolishiga olib keladi va h.q.
5). Asosiy fondlardan foydalanishda jamoa a`zolarining moddiy 
manfaatdorligini ta`minlash ulardan foydalanish samaradorligini 
oshirishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi. Agarda mavjud qonun – 
qoidalar, asosiy fondlardan foydalanuvchilarni asosiy fondlardan yaxshi 
foydalanganligi uchun moddiy manfaatdor qilinsa , yaxshi natijalarga 
erishish mumkin yoki aksincha. 


12 
6). Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samardorligiga 
ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri unga xizmat ko`rsatish tizimining 
rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Fsosiy fondlarni vaqtida texnik 
qarovlardan o`tkazish, joriy va kapital ta`mir qilish ishlarni talab 
darajasida tashkil etish lozim. 
7). Asosiy fondlardan foydalanish darajasiga kadrlarning bilim va 
malakasining 
ahamiyati 
katta. 
Mexanizator, 
ishjener 
texnik 
xodimlarning 
o`z 
ishini 
yaxshi 
bilishi 
fasosiy 
fondlardan 
foydalanishning samaradorligini oshiradi va aksincha. 

Yüklə 375,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin