Resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi


Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish



Yüklə 375,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü375,13 Kb.
#145747
1   2   3   4
QISHLOQ XO\'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

 
 Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish 
ko`rsatkichlari 
 
Malumki, asosiy fondlarsiz hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil 
etish mumkin emas. Ularning mavjudligi, sifati, unumdorligi ishlab 
chiqarishning samarasini hal qilishda asosiy o`rinni egallaydi.
Xo`jaliklarda mavjud fondlar ikki katta guruhga bo`linadi. Bular asosiy 
va aylanma fondlardir.
Asosiy fondlar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, 
o`zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lib – bo`lib 
o`tkazadi. Bu eskirgan qiymat amortizatsiya shaklida namoyon bo`ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etib, tamomam eskirib bo`lganda 
ham o`zining fizik shaklini o`zgartirmaydi. Ana shu xususiyatlarga ega 
va talablarga javob beradigan fondlar asosiy fondlardir. Bularga imorat 
va inshoatlar, mashinalar (kombaynlar, traktorlar va h.q.), transport 
vositalari, asbob – uskunalar, ko`p yilllik daraxtzorlar, uzumzorlar, 
mahsuldor chorva mollari va ishchi hayvonlar kiradi. Asosiy fondlar 
asosiy vositalarning qiymat ko`rinishiga ega qism bo`lganligi uchun ham 
asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer asosiy fondlar tarkibiga 



kiritilmaydi. Ishlab chiqarishda qatnashishiga qarab asosiy fondlar 
ikkiga, ya`ni ishlab chiqarishga tayin etilgan va ishlab chiqarishga tayin 
etilmagan asosiy fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga tayin etilmagan 
asosiy fondlarga ijtimoiy sohaning asosiy fondlari kiradi. 
Xo`jaliklar 
o`z 
balanslarida 
mavjud 
asosiy 
fondlardan 
foydalanishning holatini ko`rsatkichlar tizimi bilan aniqlab boradi. 
Qishloq xo`jaligi korxonalarining fond bilan ta`minlanish darajasi shu 
ko`rsatkich xo`jalikda mavjud asosiy fondlarning o`rtacha yillik 
qiymatini yer moydonlartga (qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar, 
haydaladigan yerlar, ekin maydonlari) bo`lishi yo`li bilan aniqlanadi. 
Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi fond qaytimi 
va fond sig`imi ko`rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi yil 
davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotni yoki foydani asosiy 
fondlarning o`rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. 
Fond qaytimi xo`jalikda mavjud 1 so`mlik asosiy fondlar evaziga 
qancha so`mlik yoki tiyinlik yalpi mahsulot ishlab chiqarilganini 
bildiradi. Bu ko`rsatkich natijasi qancha yuqori bo`lsa, fondlardan 
foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. 
Fond sig`imi fond qaytimining aksi bo`lib, asosiy fondlarning 
o`rtacha yillik qiymatini xo`jalikning yalpi mahsulotiga bo`lish 
natijasida aniqlanadi. Fond sig`imi xo`jalikda 1 so`mlik yalpi mahsulot 
ishlab chiqarish uchun qancha so`mlik asosiy fond ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashganini ko`rsatadi. Fond sig`imi ko`rsatkichi qanchalik 
past bo`lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik 
yuqori hisoblanadi. Fond qaytimi va sig`imini foydaga nisbatan ham 
aniqlash maqsadga muvofiq.



Xo`jaliklarning asosiy fondlari besh xil (dastlabki, qoldiq , tiklash, 
balans va tugatish baholarida) baholanadi. Asosiy fondlarning dastlabki 
qiymati ularni birinchi bor sotib olish bilan bog`liq xarajatlardir. Asosiy 
fondlarning sotishdaga qiymati, ularni tashib olib kelish va o`rnatish 
xarajatlari ham daslabki bahosiga kiradi. Asosiy fondlarning tiklash 
qiymati deganda ishlab turgan asosiy fondning hozirgi bozor narxida 
qanchaga baholab turish zarur. Aks holda mavjud inflyatsiya tasirida 
yig`ilgan mablag`ga huddi shunday texnika sotib olish mumkin emas. 
Chunki uning narxi oshib ketgan bo`lishi mumkin. Asosiy fondlar ishlab 
chiqarishda qatnashadi va vaqt o`tishi bilan eskiradi. Asosiy fondlarning 
eskirishi ikki xil bo`ladi.
Birinchisi, ma`naviy eskirish. Asosiy fondlarning ma`naviy eskirishi 
quyidagi hollarda yuz beradi: birinchidan, mavjud asosiy fonddan 
unumliroq bo`lgan yangisi yaratilganda. Fan, texnika taraqqiyoti 
texnikaning yangi, unumli turlarini ishlab chiqqan holda eski fondlar 
yangisiga nisbatan unumsizroq bo`lganligi uchun ma`naviy eskirgan 
hisoblanadi. Masalan, xo`jalikda ishlatilayotgan, sekundiga 12kg. 
bug`doy o`radigan kombayn o`rniga sekundiga 16kg. bug`doy o`ra 
oladigan yangi kombayn yaratildi, deylik. Bu holda sekundiga 12kg. 
bug`doy 
o`radigan 
kombayn 
ma`naviy 
eskirgan 
hisoblanadi. 
Ikkinchidan, xo`alikda mavjud tehnikadan narxi arzonroq yangi texnika 
chiqarilgan holda ham ma`naviy eskirish yuz beradi. Masalan, hozirda 
ishlayotgan don o`rish kombayni 30 mln. so`m turadi. Huddi shunday 
kombaynning yangi avlodi yaratildi, deylik va uning narxi 25 mln. so`m. 
Bu holda biz ishlatayotgan 30 mln. so`mlik kombayn yangi 25 mln. 
so`m turadigan kambaynga nisbatan ma`naviy eskirgan hisoblanadi. 



Iqtisodchilarning bunday vaziyatdagi asosiy vazifasi ma`naviy eskirgan 
texnikalardan yana qancha davr foydalanish zarurligini belgilashdir.
Asosiy fonlar eskirishining ikkinchi turi ularning jismoniy 
eskirishidir. Vaqt o`tishi, faoliyat ko`rsatishi natijasida asosiy fondlar 
jismoniy eskiradilar. Bu eskirish “amortizatsiya” tushunchasi bilan 
belgilanadi. Odatda, zavodlarda ishlab chiqarilgan texnikalarning 
pasportida ularning xizmat ko`rsatish muddati, amortizatsiya ajratish 
normasi belgilangan bo`ladi. Lekin ayrim asosiy frondlarda bu 
ma`lumotlar berilmagan taqdirda amortizatsiya normasini hisoblab 
topish mumkin. Umumiy yillik amortizatsiya normasi quyidagicha 
aniqlanadi:
100
)
(






Б
N
Л
Д
К
Б
Но
Bunda: No – umumiy yillik amortizatsiya normasi, %;
B – asosiy fondlarning dastlabki yoki balans qiymati, so`m; 
D – asosiy fondlarni tugatishdagi xarajatlar, so`m; 
L – asosiy fondlarni tugatishdan olingan daromad, so`m;
N – asosiy fondlarning o`rtacha xizmat qilish muddati, yil.
Hozirda asosiy fondlarning eskirishini belgilashda tezlashtirilgan 
amortizatsiya ajratmasi ajratish yo`lidan ham foydalanilmoqda. Bu 
inflyatsiya darajasi yuqori paytda inflyatsiyaning salbiy ta`sirini 
kamaytiradi. Bundan tashqari fan, texnika taraqqiyoti tezlashgan paytda 
asosiy fondlarni tezlikda almashtirish imkonini beradi. Asosiy fondlar 
qoldiq baholarda ham narxlanadi. Asosiy fondlarning dastlabki 
narxlaridan eskirish summasi o`rtasidagi farq ularning qoldiq bahosini 


10 
bildiradi. Buxgalteriya balanslarida aks ettirilgan qiymati miqdor 
jihatidan asosiy fondlarning dastlabki qiymatiga mos tushadi. Asosiy 
fondlarning tugatilish qiymati deganda uni tugatish bilan bog`liq holat 
tushuniladi. Asosiy fondlar tugatilishi jarayonida qo`shimcha xarajatlar 
qilinadi. Ularni tugatishdan ma`lum material boyliklar olinadi. Asosiy 
fondlar xizmat muddatini to`la o`tamagan holda va boshqa sabablarga 
ko`ra, ularga to`liq amortizatsiya ajratilmagan bo`lishi mumkin. 
Amortizatsiya ajratilmay qolgan miqdorga uni tugatish uchun sarflangan 
xarajatlar qo`shiladi va tugatish natijasida olingan qiymatni ajratish yo`li 
bilan asosiy fondlarning tugatilish qiymati aniqlanadi.

Yüklə 375,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin