Ishni bajarish tartibi 4.3-rasmda ko`rsatilgan topologiya bo`yicha Sw1, Sw2, Sw3, Sw4
kommutatorlar uchun asosiy konfiguratsiyalarni sozlang.
4.3-rasm. Tadqiqot qilinayotgan tarmoq tuzilishi
Yuqorida keltirilgan tarmoq topologiyasida kommutatorlar orasida asosiy
ildiz kommutator (root) Sw1 hisoblanadi. Chunki bu topologiyada Sw1 boshqa
kommutatorlarga nisbatan MAC adresi kichik. Shu sababli Sw1 kommutatorga
barcha kirish va chiqish interface portlari yashil holatdagini ko`rishimiz mumkin.
Buni tekshirish uchun Sw1#show spanning-tree buyrug`i orqali amalga oshiriladi.
Natijada Sw1 kommutatorning MAC-Address 000D.BD2C.15B9 yoki asosiy
bo`lgan kommutatorni (This bridge is the root) bilishimiz mumkin (4.4-rasm).
4.4-rasm. Sw1 bo`yicha spanning-tree natijalari
4.3-rasmda Sw2 kommutatorning show spanning-tree buyrug`i orqali
ko`rishimiz mumkinki, asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni belgilaydigan qismida
fastEthernet 0/4 ko`rsatilgan. Sw2 FastEthernet 0/4 portida root switch (sw1)
joylashgan.
4.5-rasm. Sw1 bo`yicha spanning-tree natijalari
Tarmoq topologiyasida asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni)
belgilashimiz uchun bir nechta usullar mavjud: 1-usul. Tarmoqda asosiy bo`lgan kommutatorni aniq tayinlash: spanning-tree vlan vlan-id root primary – tarmoq uchun asosiy bo`lgan
kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan,
spanning-tree vlan 1 root primary)
spanning-tree vlan vlan-id root secondary - tarmoq uchun asosiy bo`lgan
kommutatorga (ildiz kommutatorga) zahira kommutatorni ko`rsatish uchun
foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root secondary)
Misol uchun tarmoqda asosiy bo`lgan kommutator (root)ni boshqasiga ya`ni
Sw2 o`zgartiramiz.
Sw2 konfiguratsiyasi
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw2