Risk va tavakkalchilik tushunchalarning farqli jihatlari Reja


Sotish, xizmat ko‘rsatish va ta’minlash shartnomasi tadbirkorga tovar va xizmatlarni tarqatish bilan bog‘liq tavakkalchilik xatarlarini



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə7/9
tarix03.03.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#86431
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Risk va tavakkalchilik tushunchalarning farqli jihatlari

Sotish, xizmat ko‘rsatish va ta’minlash shartnomasi tadbirkorga tovar va xizmatlarni tarqatish bilan bog‘liq tavakkalchilik xatarlarini distribyutorlar zimmasiga o‘tkazish orqali, ehtimol tutilgan yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon yaratadi. Bu yo‘l bilan subyekt iste’molchi sifatida asosiy vositalar va asbob-uskunalarning buzilishi, ishdan chiqishi xatarlarini kafolat muddati davomida ularni ishlab chiqargan yoki sotgan kompaniyaning zimmasiga o‘tkazadi.


  • Ijara – tavakkalchilikni o‘tkazishning keng qo‘llaniladigan usullaridan biri. Keyingi paytlarda keng tarqalayotgan ijara turlaridan biri moliyaviy ijara yoki lizingdir. Ijaraga beruvchi o‘z mulkini ma’lum bir davr oralig‘iga ijaraga berib, uning saqlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq tavakkalchilikni ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazadi.


    5. Faktoring – debitor qarz majburiyatini faktor vositachiga o‘tkazayotgan subyektning qarz undirish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida tuziladigan shartnomadir. Subyektlar o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo‘lganda, ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni jo‘natgan subyekt xaridordan mahsulot haqini o‘z muddatida undirolmasa yoki bunday qarzlar shubhali, ularni undirish ehtimoli kam bo‘lsa faktoring vositasida qarzni undirish amaliyoti qo‘llaniladi.
    Faktoringda vositachi korxona (odatda bank) qarz bergan subyektdan ma’lum bir komission to‘lov evaziga qarzdordan mablag‘ni undirish huquqini qo‘lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan subyekt undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring subyektidan (yoki bankdan) oladi. So‘ngra faktoring korxonasi qarzdor korxonaga qarzni undirish bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atadi.
    Faktoringning afzalligi shundaki, u noto‘lovlar muammosini qisman bo‘lsada yechishga imkon beradi.

    6. Subyektning faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilikni o‘tkazish-ning eng samarali usullaridan biri – sug‘urtadir. Sug‘urtalashda subyektning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyati yoki tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarninng tavakkalchiligi ma’lum haq to‘lash evaziga, shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasining zimmasiga o‘tkaziladi. Tavakkalchilikning biror turi natijasida subyekt zarar ko‘rsa, zararning katta qismi sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘oplanadi.
    • Sug‘urta obyekti sifatida quyidagilar chiqishi mumkin:


    • subyekt aktivlarini buzilish, ishdan chiqish, yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urtalash, ya’ni mulk sug‘urtasi;


    • subyekt qabul qiladigan va jo‘natiladigan yuklar sug‘urtasi;


    • qarzga olingan mablag‘larning qaytarilmasligi, ya’ni kredit tavakkalchiligi sug‘urtasi;


    • garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash;


    • qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini tabiiy ofatlar, kasalliklar va zararkunandalardan sug‘urtalash;


    • xodimlarni ishlab chiqarish jarag‘nidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va hokazo.





    Yüklə 29,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin