Rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimi
Asosiy maktab. Bu orada bolalar to‘qqizinchi sinfgacha o‘qitiladi. Bu turdagi maktablarda bazaviy bilimlar beriladi va asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi. Asosiy maktabni tugatgan o‘smirlar tugallanmagan o‘rta ta’lim haqida shahodatnoma oladi. Ushbu hujjat bilan kasb-hunar maktablariga kirish mumkin. Bizdagi kasb-hunar kollejlariga o‘xshab ketadigan mazkur maktablarda talaba muayyan kasb-hunar bo‘yicha bilim va tajriba oshiradi.
Real maktab. Bu turdagi maktablarda matematika va tabiiy fanlarga mobil, kelajakda oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan bolalar o‘qiydi. O‘qish 5-sinfdan 10- sinfgacha. Mazkur muddat mobaynida yoshlarga turli sohalari bo‘yicha kengaytirilgan bilim beriladi. Real maktabni tugatgan o‘smirlar o‘qishni gimnaziyada davom ettiradi.
Gimnaziya o‘rta ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ushbu bilim maskanida to‘qqiz yil – 5-sinfdan 13-sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-sinfini tamomlagan yoshlar esa gimnaziyada uch yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim dargohida gumanitar, tabiiy fanlar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi.
“Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman! Germaniyada davlatga qarashli maktablar bilan birga xususiy ta’lim maskanlari ham faoliyat yuritadi. Xususiy maktablar o‘rta ta’lim maskanlarining 2 foizini tashkil etadi. O‘quv dasturlari an’anaviy maktablardan farq qiluvchi xususiy maktablarni Federal ta’lim va madaniyat vazirligi nazorat qiladi. Xususiy maktablar sanoat, gimnastika, uy xo‘jaligi kabi ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ta’lim beradi. Nodavlat ta’lim maskanlari bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun Xususiy maktablar uyushmasiga birlashgan. Shuningdek, nogiron va aqliy qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan. Olmon maktablarida xorijlik fuqarolar ham ta’lim olishi mumkin. Xorijliklar mahalliy shart-sharoitga moslashishi, nemis tilini paxta o‘zlashtirishi uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Nemis pedagoglari iste’dodsizning o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. Shunga ko‘ra ularning ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” Mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, hatto kato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.
Aslzodalar orzu qilgan universitet Germaniyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda bepul oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘proq. Nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham nemis universitetlarida tahsil olishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahalliy gimnaziyalarni bitirib, imtiyozli shahodatnomani olgan yoshlar universitet ta’lim oluvchilarga imtihonsiz kiradi. Chet elliklar esa o‘qishga kirish uchun nemis tili bo‘yicha imtihondan o‘tadi. Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Odatda, bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakuniga davlat imtihoni topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi. Ta’lim oluvchi o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentabr, qishkisi esa oktabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi.
Germaniyaning mo‘jazgina Geydelberg shahrida joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir ham baland. Bu yerdan Gegel, Yaspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin Nobel mukofoti egalari yetishib chiqqan. Universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalishlarida ko‘p kadrlar tayyorlaydi. Bu orda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi xorijliklardir. Myunxendagi Lyudvig-Maksimillian universitet Yevropani tibbiyot bo‘yicha yetuk mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan ta’lim maskanida ayni paytda 45 ming talaba tahsil oladi. Kasbiy oliy maktablar yoki institutlar olmon ta’lim tizimining o‘ziga xos bo‘g‘ini sifatida muhandis, iqtisodchi, dizayner, mashinasozlik, ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida mutaxassislar yetkazib beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida 2 millionga yaqin talaba, jumladan, 246 ming xorijlik tahsil olmoqda. Olmon yurti chet ellik talabalar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Buyuk Britaniyadan keyingi o‘rinda turadi.