Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g'inlari



Yüklə 29,9 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü29,9 Kb.
#147007
  1   2
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g\'inlari


Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g'inlari


Reja:


Kirish

  1. AKShning moliya tizimi va uning tarkibi.

  2. AKShning davlat budjeti, daromad va xarajatlar tavsifi.

  3. Shtatlar va moliyaviy boshkaruv organlarining moliyasi.

  4. Tayanch iboralar.

  5. Adabiyotlar.

AKShning moliya tizimi va uning tarkibi.
AKSH davlat moliya tizimi:
1. Davlat budjeti.
2. Budjetdan tashkari fondlar.
3. Davlat krediti.
4. Davlat korporatsiyalari moliyasi.
Federal davlatlarda budjet tizimi 3 bugindan iborat:
Davlat budjeti(federal yoki markaziy xukumat budjeti);
Federal a’zolari budjeti (AKShda shtatlar budjeti);
Maxalliy budjetlar;
Davlat budjetlarida yirik pul mablaglarini tuplash davlatning moliyaviy siyosatini samarali olib borilishini zaruriy sharti xisoblanadi.Bu mablaglar davlatga davlat apparatini boshkarishga , davlat zayomlari buyicha foizlarni tulashga, shuningdek usib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Budjetni ushlab turishga bir kancha obyektiv va subyektiv sabablar ta’sir kursatadi.Obyektiv sabablarga ,avvalo,ishlab chikarish munosabatlarining xarakteri va budjet moxiyatiga xal kiluvchi ta’sir utkazuvchi ishlab chikarish kuchlarining rivojlanish darajasi kiradi. Jamiyat ishlab chikarish uslublarining , yalpi maxsulotni taksimlashning va egalik munosabatlarining uzgarishi natijasida budjet moxiyati , uni tarkibi tubdan uzgardi.
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
• davlat moliyasi va mahalliy moliya;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
• Davlat byudjeti;
• maqsadli nobyudjet fondlari;
• davlat krediti.
SHuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
• moliyaviy vositachilar moliyasi;
• notijorat tashkilotlari moliyasi.
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sotsial guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
• daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini kamaytirish;
• mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish;
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
• byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu sotsial ta’minot, tekin sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ularni moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
• sotsial mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).
Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• Respublika yo‘l fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisob varag‘i;
• Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va turli-tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidatsiya qilingan) fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet (moliyaviy) mablag‘lar(i)ning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu erda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va sotsial rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va sotsial fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan – bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari – foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining sotsial yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga sotsial, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor o‘zining ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir necha miqdoriy tavsifnomalarning (ko‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash tavsifnomalarga (ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
• notijorat tashkilotlarining soni. Evropa mamlakat-larida har 1000 kishiga 4ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu erda har 1000 kishiga 21tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tengdir;
• notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQSHda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi;
• notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vengriyada – 1,2%, AQSHda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu erda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi;
• e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;
• bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sotsial samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning miqdori 1%dan (YAponiyada) 20%gacha (AQSHda) tebranadi va o‘rtacha 11%ni tashkil etadi. Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha darajasi 48%ga tengdir. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41%dan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan to‘g‘ri (bevosita) qo‘llab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
• hamkorlikda moliyalashtirish;
• davlat sotsial buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish;
• soliqli imtiyozlashtirish.
Obyektiv sabablarga shuningdek xar bir mamlakatning tabiiy, iktisodiy va ijtimoiy xususiyatlari, an’analarini va usha tarixiy davrdagi rivojlanishning uziga xos tomonlarini kiritishimiz mumkin. Xar bir mmlakat budjeti uziga xos milliy xususiyatlarga ega.
Subyektiv omillarga davlat tipi, xukumat siyosati , rivojlanish usivorligi , ichki va tashki iktisodiy xolati va boshkalar kiradi. Shuni ta’kidlash joizki , bir xil tarixiy davrda , yagona ijtimoiy kurilishda turli mamlakatlar budjeti daromadlar va xarajatlar strukturasi kabi umumiy kirralarga ega buladi. Ularning asosiy maksadi davlat funksiyalarini bajarish uchun xazinani mablag bilan tuldirishdan iborat. Budjet yordamida milliy daromad kayta taksimlanadi;uni xisobiga umumdavlat extiyojlarini kondiriladi, noishlab chikarish soxasi, boshkaruv organlari, xukuk tartibot organlari , ichki va tashki xavfsizlik mablag bilan ta’minlanadi.
Budjetdan tashkari fondlar:
Ilmiy tatkikot fondlari– sanoatda, kurilishda, ilmiy tatkikotlarning kullab kuvvatlashini moliyalashtirish uchun shuningdek , davlatning ilmiy markazlarini ta’minlashga karatilgan fondlardir.
AKShda 3ta yirik fond faoliyat kursatadi.
Milliy ilmiy fond(MIF);
Standartlar byurosi ilmiy fondi(SBIF);
Kredit fondlari- bu davlat banklari , jamgarma kassalari va boshka kredit muassasalarida foydalanishda bulgan , kaytarish va foiz tulash sharti bilan olingan resurslar.
AKShda asosan 2 tarmok buyicha yunaltiriladigan bir kator kredit fondlari mavjud. Ushbu tarmoklar kuyidagilar:
1)kishlok xujaligi ;
2)uy-kurilish;
3)tashki iktisodiy aloka
Ijtimoiy fondlar axoliga ijtimoiy xizmatlar kursatishga karatilgan resurslardir. Axoli sonining ortishi jamiyatning turli ijtimoiy guruxlari urtasida kizikish chegaralarining ortishi ushbu fondlarning axamiyatini yanada oshiradi.
Davlatning maxsus fonddlari xukukiy xolatiga kura davlat maxsus fondlari va maxalliy maxsus fondlarga bulinadi. Davlatning maxsus fonddlari markaziy xukumatga karashli buladi va ularga investitsiya fondi, valyuta fondi, ijtimoiy sugurta fondiga bulinadi.
Maxalliy maxsus fondlar maxalliy xokimiyat organlariga tegishli bulib ular orasida eng yirigi zayom fondlari xisoblanadi. Ishlanish maksadiga kura maxsus fondlar: iktisodiy, ilmiy-tatkikot, kredit, ijtimoiy sugurta fondlari va boshka fondlarga bulinadi.

AKShning davlat budjeti daromad va xarajatlar tavsifi.


Davlat budjetining daromadlariga axoli daromadidan olinadigan soliklar, korporatsiyalar foydasidan olinadigan solik, aksiz soligi ,KKS, bojxona bojlari, shuningdek markaziy xukumat tomonidan chikariladigan davlat zayomlaridan keladigan daromadlar.
Federatsiya a’zolarining budjeti daromadlari asosan maxsulotlar oldi sotdisii va yalpi tushumdan tushadigan soliklar bilan tuldiriladi.
Maxalliy budjet daromadlari ikkinchi darajali soliklardan shakllanadi va maxalliy uz-uzini boshkaruv ya’ni xudularda amalga oshiriladigan funksiyalarni bajaradi.
AKSH davlati federal budjet xarajatlari yildan-yilga usib bormokda va u mablaglar ichida salmokli urin egallaydi .Jami xarajatlarning 27-32 % mikdorida mablag ajratiladi.Davlatning iktisodiyotga aralashuvi xarajatlari –ilmiy tatkikot va tajriba konstrukturlik ishlanmalarining , sanoat energetika ,trasport ,aloka, kishlok xujaligi, tabiiy resurslar muxovazasi shuningdek yul shaxar maishiy uy xujaligi kabi jabxalarni moliyalashtirishni uz ichiga oladi.Kishlak xujaligiga ajratiladigan subsidiyalar asosan fermerlarni kullab kuvvatlashga va ular yetishtirayotgan maxsulotlarga davlat buyurtmalarini berish vakishlok xujalik maxsulotlari narxini barkarorlashtirish kabilar kiradi.
AKSH federal budjeti xarajatlar tarkibida chet mamlakatlarga subsidiya va kreditlar kurinishidagi turli xil yordamlar yirik xajmni tashkil kiladi.Ushbu yordamlar fakatgtna iktisodiy maksadda bulmasdan «begaraz xarbiy yordamlar» , yoki arzon baxolarda kurlol aslaxa yetkazib berish kurinishida xam amalga oshiriladi.
Federal budjetdan ijtimoiy maksadlarga ajratiladtgan mablaglar salmogi ancha kupayib bormokda va ular kuyidagidlarni uz ichiga oladi: jamoat transportini subsidiyalar , tegishli budjetlarga ta’lim ,soglikni saklash va ijtimoiy maksadlar uchunxarajatlarni amalga oshirish uchun maxalliy xukumat organlariga dotatsiyalar ajratish , kishlok xujalik maxsulotlari baxosini ma’lum chegarada ushlab turish uchun sarflanadi.
Boshkaruv xarajatlari konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud markaziy organlar xarajatlarini moliyalashtirishni uz ichiga oladi.
AKShda federal budjet takchilligini kiskartirish va boskichma –boskich uni butunlay bartaraf etish rejasi 1991 yilda kabulkilindi.1991 yilda Aksh davlat budjeti takchilligi YAIMga nisbatan 4.7 % bulgan bulsa 2000 yilda esa YAIM ga nisbatan 0.3 %ga tushirildi.2002 yilda AKSH da «Balanslashtirilgan budjet tugrisida» gi konin kabul kilindi . Bunga asosan budjet takchilligini 2002 yilda 0 ga tenglashtirish rejalashtirilgan.
AKShda budjet jarayoni .Budjet loyixasini tuzish-budjet jarayoning muxim boskichlaridan biridir: ayni shunda budjet xajmi , umumiy yil uchun solik va pul kredit siyosati, mablaglardan foydalanishning asosiy yunalishlari. Budjet kamomadini koplash uslublari, shuningdek daromadlarni budjet tizimi buginlari urtasida tksimlanishi kabi masalalar xal kilinadi.
Davlat budjeti loyixasini tuzish kelayotgan budjet yilidan birmuncha oldin, ya’ni AKShda 18 oy oldin boshlanadi.Budjet loyixasi parlament koshidagi maxsus organ –budjet va boshkaruv xizmat tomonidan ishlab chikiladi. Budjet loyixasini tuzishda kuyidagi maksadlar kuyiladi:
1.Iktisodiyotning samadarligini oshirishga aktiv ta’siri
2.moliyaviy boshka resurslarni mamlakatning iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish istikbollari uchun sarflash
3.Mablaglarni sarflashda ularning mutanosibligi va ustivorligini urnatish.
Budjet jarayoni bu budjetning takchilligini mablag bilan ta’minlash manbaalarini topish bilan boglik izlanishdir.
AKShda budjet kalendari – budjet xarajatlarining xarakati vakti buyicha taksimlash rejasidir.
Yukori ijro organi tomonidan makullangan loyixa konun chikaruvchi organ parlamentga kurib chikish va tasdiklash uchun topshiriladi.Xaar bir palata loyixani sinchiklab urganib chikkandan keyin uz xulosalarini izoxi bilan beradilar .Budjet jarayon budjetga oid konun kabul kilsh bilan yakunlanada
Budjet ijrosi- tasdiklangan daromadalarni kelib tushishini va kuzda tutilgpn xarajatlarni amalga oshirishni bildiradi.
Budjet-moliya tizimining markaziy bugini xisoblanadi. Shunng uchun tizimning markaziy bugini bugini xisoblanadi. Shuning uchun u moliyaning barcha xususiyatlarini uzida aks ettiradi. Moliya-bu ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taksimlash va kayta kayta taksimlash bilan boglik bulgan pulli munosabatlardir. Budjet uzida pulli munosabatlarni aks ettirsada. Moliyaga nisbatan tor tushuncha buladigan va foydalaniladigan budjet fondlariga oid pulli munosabatlardir.
AKSH davlat budjetining tarkibi. Davlat budjeti kutilayotgan daromadlar bilan xarajatlarni takkoslaydigan moliyaviy rejadir. Axolidan olinadigan soliklar.ijtimoiy-sugurta tulovlari, korporatsiyalardan olinadigan soliklar, aksiz yigimi, karzlar va boshka tushumlar federal xukumat daromadlarining muxim manbai xisoblanadi. Ularning katta kismini daromad soligi tashkil etadi. Xozirda AKShda firmalarga solinadigan solik xukumat daromadlarning xar 1$ iga urtacha 12 sentni tashkil etsa, aksiz soligi xar 1 $ iga urtacha 4 sentni tashkil etadi. Ayrim tovarlarni ishlab chikarish va sotish aksiz yigimiga tortiladi, masalan: atirga solinadigan solik.
Ijtimoiy ta’minot dasturlarini moliyalash uchun foydalaniladigan ijtimoiy sugurta fondlariga tushumlar asosan ishchi va xizmatchilarning ish xaklariga solinadigan soliklardir. 2000 yilda bu federal xukumat uchun mablaglarning kattaligi jixatidan ikkinchi urinda bulgan manbai edi. Kuchmas mulkka,sovgalarga solinadigan soliklar va bojxona tulovlari xar bir budjet dollarining urtacha 2 sentini tashkil kiladi. Kuchmas mulkka yoki sovgalarga solinadigan soliklarni juda katta meros yoki katta boylik olishgan odamlar tulashadi. Bojxona tulovlari import soligidir.
Shtat xukumatlari va maxalliy budjetlarining asosiy daromadi maxsulot sotishdan olinadigan soliklar xisoblanadi.
Ayniksa, katta shaxarlarning budjetini 400-600 foizini munitsipial xarajatlar tashkil kiladi.
Maxalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari kup xollarda mutanosibligi bir-biriga tugri kelmaydi va ular 20-30 foizini tashkil etadi.
AKShda pul mablaglari asosan yukori bugindan pastki bugingacha okib keladi.
Federal budjet mablaglari shtatlar budjetiga va uning maxalliy budjetiga dotatsiya va maksadli subsidiya kurinishida mablaglar bilan ta’minlanadi.
Markaziy davlat bilan maxalliy xukumatning boshkaruv organlari asosan daromadlarni dasturi kurinishida bayon kilinib, mablaglar ajratiladi.
Demak, dastur asosida berilgan mablaglar xarajati mustakil olib boriladi.
AKShda budjet loyixasini tuzish budjet jarayonining asosiy boskichlaridan biri bulib xisoblanadi.
Bunda budjetning xajmi solik va pul-kredit siyosati yunalishini mablaglardan foydalanishni asosiy yunalishlari, budjet defitsitini tuldirish usullari xamda daromadlarni budjet tizimi buginlari urtasida taksimlanishini ta’minlaydi.
Davlat budjeti loyixasini tuzish 8 oy oldin boshlanadi. Budjet loyixasi ijro xukumati tomonidan ishlab chikiladi, YA’ni moliya vazirligi AKShda maxsus organ-Prezident xuzuridagi budjetni boshkarish xizmati yordamida tuziladi. Budjet loyixasini tuzishda asosiy maksadlar kuzda tutiladi:
1. Budjetni iktisodiyotning samaradorligini oshirishga yullash
2. Moliya va boshka resurslarni mamlakatni iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish istikbollarini ta’minlash.
Ijro maxkamasi (AKSH prezidenti) ma’kullagandan keyingina budjet loyixasini konunchilik organi parlamentda kurib chikish va tasdiklash uchun topshiriladi. Koidaga kura, budjet loyixasini xar bir palata tomonidan aloxida (bir vaktning uzida AKShning ikkita palatasi) muxokama kilinadi. Parlamentning xar bir palatasida anik budjet masalalari, kupgina xollarda dasturlar buyicha maxsus kumita va komissiyalar faoliyat kursatadi.Ular budjetning xar bir bandini chukur taxlil kilib, tuzatish kiritadilar va xulosalar beradilar.
Budjetning kelishmovchiliklarsiz xar bir palata tarafidan kabul kilinishidan keyin parlamentning budjet tugrisidagi umumiy karori kabul kilinadi. Agarda kelishmovchilik paydo bulsa, u u xolda ikkita palata a’zolaridan tashkil topgan kelishtiruv komissiyasi tomonidan xal kilinishi shart. Parlamentda budjet loyixasi kurilayotganda, xukumat tarafidan takdim kilingan budjet loyixasiga parlament a’zolarining uzgartirishlar kiritish xukuklari muxim axamiyat kasb etadi.
Budjet protsessining ikkinchi bugini budjet tugrisidagi konunni butun yoki aloxida budjet kursatmalari yakunlanadi.
Maxsus fondlarning klassifikatsiyasi. Bu fondlar xukukiy yuriknomalar,foydalanish maksadlari bilan bir-biridan fark kiladi.
Xukukiy yuriknomalarga kura maxsus fondlar davlat va maxalliy fondlarga bulinadi.
Federativ davlatlarda (AKSH, Kanada…) federatsiya a’zolari maxsus fondlar tuzish xukukiga egadirlar.
Davlat maxsus fondi markaziy xukumat tasarrufida buladi.
Bunga muxim fondlar:
-investitsion
-valyutali
-ijtimoiy sugurta va boshka fondlar kiradi.

Yüklə 29,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin