Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 240,8 Kb.
səhifə14/19
tarix06.04.2023
ölçüsü240,8 Kb.
#94186
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
KOMPLEKT VA NIHOYAT (3)

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,
biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod
bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish
— kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatordapsixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:
1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2. Qayd etishdagi xatolar.
3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.



72.Kuzatish metodi va uning rivojlanish psixologiyasida qollash imkoniyatlari.



Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,
biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod
bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish
— kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda
psixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablarga
amal qilishi lozim:
1. Maqsadga yo'nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki
uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda
va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat,
muloqot jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar
belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari),
ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi
mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin
qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan
xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur).
Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni
to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan
emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa
bo‘lmog‘i lozim.
4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar
uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining
ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas,
balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan
ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
6. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas,
obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini
qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda
qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni
o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:
1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2. Qayd etishdagi xatolar.
3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda
o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi
xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan
biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug'ilgandan 2—3 oygacha — har kuni;
2—3 oydan 1 yoshgacha — har hafta;
Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda;
3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta;
7—11 yoshda — 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur.

73.Eksperiment metodi va uning turlari.



Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya
eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni
ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham imkon
beradi.
Kuzatishdan farqli olaroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining
sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda
tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga,
uning tadqiqotchi xohlagan yo'nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga,
har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga
imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning
laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar
yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakatlari
yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini
biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan
kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret
nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham)
kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti
yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning
o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi
paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda
o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin
bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib
qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo'riqish
vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan,
kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul
qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan
murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga munosabat
bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazurskiy
taklif etgan) mo‘ljallanganiga kola, eksperiment olkazilayotganini
biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l
qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat,
o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt
xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tadqiq
qilish tabiiy eksperimentga misol bola oladi. 0 ‘quvchilardan
bir guruhi o‘rganilishi lozim bolgan material bilan tanishtiriladi
va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Boshqa
bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib
bolgach, o‘quvchilarga olilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi
aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan
ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida
materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallangan
yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.

74.Rivojlanish psixologiyasida test metodining qo`llanilishi.



Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi
aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi,
shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-o‘zini baholash, emotsional
barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘zidan olingan bo‘lib, sinab ko‘risb, tekshirish
ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan
topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtirilgan
o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni
yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi
farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
33
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy
psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish
darajasini o'rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-
psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish
maqsadlariga xizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash
va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan iborat.
Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljal 1 anayotgan, o‘rganilishi talab
qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2—3 ming)
testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqichda
testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi,
uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga
beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning
boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2-bosqichda normalar aniqlanadi,
ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki
guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi.
Testning ishonchliligi — shu test qayta o‘tkazilganda (aynan
shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan
mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya
koeffitsienti.
Testning validligi — test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa,
o‘sha maqsad uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llanilish sohasiga qarab:
1. Intellekt testlari.
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan
testlar farqlandi.
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika
qilish uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tomonidan
yaratilgan metodika qollaniladi. Bu metodik so‘rovnoma
34
bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilarda
muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar
qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini
aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zaro ta’sirni prognoz qilishi
mumkin.
Shunday qilib, testlar — bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki
bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi.
Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20—
30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natijada
maxsus soha — psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llashning
qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u
yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish
mumkin.

75. Rivojlanish psixologiyasida proektiv metodlarning qo`llanilishi.



Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning ≪Siyoh doglari≫ testini
kiritish mumkin (1921). Bu — 2 tomonlama simmetrik shaklda
berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har
xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir ≪dog‘≫
nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog4 qizil rangli
shtrixlar, 5 ta dog‘ kulrang — qora, 3 ta dog‘ — yorqin bo'lmagan
ranglarda beriladi.
Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar
metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar
tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqIari, o‘qituvchi,
ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kelajakka
bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tek-
35
shiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi,
ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi.
Masalan,
— mening har safar kayfiyatim buziladi, agar...
— men uchun eng muhim muammo, bu — ...
— do‘st — bu ...
— mening otam ba’zida ...
— men shunga intilamanki...



76. Rivojlanish psixologiyasi metodlari tasnifi.


Yüklə 240,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin