Yuqori xavotirlanish nerv tizimi ishini susaytirib, fikrlash faoliyati
samaradorligining pasayishiga sabab boladi. Undan tashqari
L.V.Nazirova diffisil bolalarda xavotirlanishning yuqori ko‘rsatkichlari,
salbiy hissiy kechinmalar, himoyasizlik, o‘z-o‘ziga
ishonchsizlik, adovat hislari mavjud bolishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat
boladi. Bu davr nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.
Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar
obrazi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yollaydi,
bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning
paydo bolishida asos hisoblanadi.
85. Maktabgacha tarbiya yoshida egotsentrizmning shakllanishi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) sifatida
egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bolalar
faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning
g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan bajarib
qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi)
bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8
yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z
≪Men≫ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan
o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egotsentrizmni
pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan, balki oldingi
yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudligi
yoki juda bo'lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng avvalo
eksperimental tadqiq va tanqidga uchraydi. Shunday qilib,
ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional
qiziqarsiz, ma’no-mazmunsiz bo'lgani bois, u uchun qiyinligini
isbotlashga harakat qilganlar. Yoki bolalar mantiqiy tuzilish
mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni
tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani
emas, balki butun eksperimental holatni yaxlitlikda o'ziga xos
talqin qilishida xatolarga yo'l qo'yadi. Aniqlanishicha, maktabgacha
tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendensiyasi aqliy harakatlar
va tushunchalarni P.Ya.Galperin, L.F.Obuxova rejali shakllantirish
metodi bo'yicha maxsus tashkillashtirilgan o'qitish sharoitlarida
muvaffaqiyat qilinadi. E’tirof etilishicha, egotsentrizm yosh
davri funksiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma’lum bir
doirada tashkillashtirish funksiyasi sifatida talqin qilinishi kerak.
L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qaror
kattalarda qiyin vaziyatlarda kuzatilishi mumkin, lekin bu
adekvat o'qitishdan o‘tgan bolalarda kuzatilmaydi.
86. Birinchi sinf o‘quvchilarida xavotirlanish holatining namoyon bo‘lishi.
Birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning
o‘z kuchiga ishonmaganligida bolsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni
berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar
tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalishi bolada ijobiy hislarning
tugllishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning
uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.
Salbiy his paydo bolib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan
sabab paydo bolib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi
mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yiglab turibdi. Onasi
shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning
paydo bolishiga kuchli sababchi boladi, shuning uchun ham bolada
ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo boladi. 0 ‘quvchidagi
cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yoli bilangina
yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni
tug‘dirish yoli bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin.
87. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda agressiv holat shakllanishining psixologik xususiyatlari.
Atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy bu yoshdagi inqrozni 7
yosh inqirozi deb atagan va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi
o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tgan'. Bolaning xulq-atvorida bolalarcha
bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida jarohatlaydigan
kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qiyshanglash,
qiliq qilish, masxarabozlik qilishda namoyon boladi.
Maktabgacha yosh davrida bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil
individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyotlari va kechinmalarini
anglashgacha bolgan yolni bosib oladi. Bu hissiyotlar aniq
faoliyat turi bilan bogliq. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini
umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda bola boshlaydi.
Shu bilan birga uyda quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi:
— bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning
paydo bolishi (≪o‘zini eshitmaganday tutishi≫, ≪yuz marta
qaytarish kerak≫);
— ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish;
— quloq solmaslik — odatiy ishlarni va burchlarini bajarishdan
bosh tortish sifatida;
— ≪kichkina boladay≫ ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi
ko‘rinishi va kiyimiga qattiq e’tibor berish.
Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta
eslatish, tanqidni ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish kabi xulq-atvor
shakllari ham kuzatiladi.
Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
— kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni
kiritish (siyosat, boshqa mamlakatlar va planetalardagi hayot,
maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida);
— shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda
7 yosh inqirozini yengishda bolaga ko‘rsatiladigan yordamning
asosiy shakllari — bu talablari sababini asoslashga urinish; mustaqil
faoliyatning yangi shakllarini amalga oshirishga harakat qilish,
berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish, bu topshiriqni
bolaning bajara olishiga ishonch bildirish.
va sevimli mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik.
88. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning shakllanishi.
Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning
bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
boladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida
yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir boladi.
Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi
sodir bolib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki
giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga
tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy
rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina
erishib bolmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga kola, har
qanday taraqqiyot ko'rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka
qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy
jihatdan tayyor bolmay turib, unga harf va raqamlarni yozish,
o‘qish olgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga
sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsiya
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda
universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki,
neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur
bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda
(aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi.
Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.
89. Rivojlanish psixologiyasi fanining tibbiyot fani bilan aloqasi
Hozirgi zamon tibbiyotida va tibbiyot psixologiyasida psixoterapiyaning
ancha keng tarqalgan shakli psixoanalizdir. U Z. Freyd
nazariyasiga asoslangan bolib, uning negizida inson shaxsi rivojlanish
shartlari, turli muammolarning kelib chiqishi va ularni
yechish usullari yotadi. Psixoterapevtning vazifasi shundan iboratki,
u psixoanalitik uslubdan foydalanib, mijozning anglab
yetilmagan mayllarini uning ongiga yetkazish orqali ular bilan
bogliq bolgan ziddiyatlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Bu
oqim namoyandalarining ta’kidlashicha, faqatgina anglanmagan
motiv va ichki ziddiyatlargina anglab yetiladi, natijada ularni
aqlan idrok etish orqali muammolarni osongina hal qilish mumkin.
Psixoanalitik tomonidan mijozdagi anglab yetilmagan ziddiyatlarni
aniqlashda erkin assotsiatsiya metodi ham qollaniladi.
Yosh davri psixologiyasining mutsaqil Fan sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’lgan omillardan biri Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya,
psixonevrologiya, psixogigiena, sangigiena, bolalar va kattalar patologiyasi,
nevroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo'yicha kompleks
ladqiqotlaming vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya
fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni
integratsiyaning amalga oshishi.
90. Rivojlanish psixologiyasi fanining pedagogika fani bilan aloqasi
XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan
eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha
o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning
umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar
boyligini bera olmas edi.
E.Xoll AQSHda ta’lim-tarbiya tizimini va maktablarni qayta
tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik talabiga ko‘ra bolalar psixikasini
o‘rganishga kirishdi. Bunda u anketa, so‘rovnoma metodlaridan
foydalandi. Olimni bolalar atrof-muhitni qanday tasavvur
qilishi, turli vaziyatlarda o‘zlarini qanday his qilishlari, ularning
dastlabki xotiralari qanday, ular boshqalarga qanday munosabatda
bolishi qiziqtirdi. U bolalar o‘yinlari, qo‘rquvlari, nutqi,
rasmlarini dastlabki odamlarniki bilan solishtirishga harakat qildi.
Olingan materiallar asosida turli yoshdagi bolalarning psixik
hayotini yuqorida ta’kidlangan rekapitulyatsiya tamoyiliga asosan
≪qayta tuzishga≫ urinib ko‘rdi. E.Xoll aniq bir bola va ilgari
yashagan insoniyat rivojlanishida o‘xshashlik borligini aniqladi.
Masalan, bolalarning qum bilan o‘ynashini dastlabki odamning
g‘orlarda yashab, ildizlarni to‘plashlariga o'xshatdi. 5-12 yoshli
bolalarning o‘yinlarini dastlabki odamlarning ovchilik instinktlariga
o‘xshatdi; o‘smirlarning o‘yinlarini hind qabilalaridagi
hayot tarziga o‘xshatdi. Xollning ta’kidlashicha, psixik rivojlanish
bosqichlarining ketma-ketligi genetik jihatdan ta’minlangan.
Biologik omil, instinktlarning yetilishi xulq-atvor almashilinishida
asosiy determinatdir.
Shuningdek, E.Xoll pedalogiya — bola haqidagi maxsus fan
yaratish g‘oyasini ham ilgari surgan. Bunda bola haqidagi boshqa
fanlarning ham bilimlari (pedagogika, tibbiyot, biologiya, sotsiologiya
va b.) bir joyga to‘plashga harakat qilingan. E.Xoll nazariyasi
dastlabki bolalar rivojlanishi konsepsiyasi sifatida mashhur
boldi, boshqa tadqiqotchilarda ham keng qiziqish uyg‘otdi.
91. Rivojlanish psixologiyasi fanining ijtimoiy psixologiya fani bilan aloqasi
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish Bilan Amaliy maksadlarni ruyobga chikaradi. Ta’lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam bеradi . moddiy nеmatlar ishlab chikarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to`g`ri yo`naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iklim yaratishga, uzok umr kurish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mutsaxkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining soxasi 19-asrning boshlarida vujudga kеlgan lеkin dastlabki ildizi kadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning prеdmеti va qonuniyatlari to`g`risida jaxon psixologiyasi olamida turli karashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda kеng tarqalganlari biogеnеtik (V.Shtеrn), sotsiogеnеtik (K.Lеvin) bixеvoritsik (Е.Torndayk) psixoanalitik (Z.Frеyd) nazariyalaridir. Shuningdеk mеtodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda kup. Ilmiy psixologik adabiyotlar empеrik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mutsakil Fan sifatida ajralib chiqishiga kator omillar va xolatlar sabab bo`lgan dеgan xulosaga kеldik. quyida ana shularni bayon kilamiz.
1.Barcha fanlar nеgiziga kirib borgan evolyutsiya goyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida urganish zarurligi.
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun еtarli emasligini e’tirof etish.
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha) kamolati uchun mеtodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar ,maktab o`quvchilari, urta va oliy ukuv yurtlari ning talabalari, ishchilar, xodimlar kariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish ,ijtimoiy taminot muassasalari, еtimxonalar, bolalar uyi, koloniyalar maxsus maktablar, intеrnatlar, psixonеvrologik dispansеrlar, kariyalar uylari, shifoxonalar,va boshka Lar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani .
92. Rivojlanish psixologiyasi fanining umumiy psixologiya fani bilan aloqasi
Pedagogik psixologiya ham, yosh psixologiyasi ham umumiy
psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni,
psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini
o‘rganadigan fan — umumiy psixologiyaga asoslanadi.
Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik
jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar
berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning
materiallari va xulosalaridan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy
ham ta’kidlab o‘tgan edi:
≪Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz,
ammo biz ularga oczingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik
hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qi-
ling hamda ularni tatbiq qilmoqchi bo‘lgan sharoitlarini hisobga
olib ish qiling, deb aytamiz≫.
93. Rivojlanish psixologiyasi fanining amaliy vazifalari.
Yosh psixologiyasining amaliy vazifalari: — psixik funksiyalarning yosh normalarini aniqlash, insonning
ijodiy potensialini va psixologik zaxiralarini ishga tushirish;
— bolalarning ruhiy salomatligini va psixik taraqqiyotning kechishini
tizimli nazorat qilish xizmatini tashkil etish, ota-onalarga
muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish;
— yosh va klinik diagnostika;
— inson hayotining inqirozli davrlarida yordam ko‘rsatish,
psixologik qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajarish;
— uzluksiz ta’lim tizimda o‘quv jarayonini optimal tashkil etish.
94. Rivojlanish psixologiyasi fanining nazariy vazifalari.
Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari: — insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyoti
manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini
o‘rganish;
— ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;
— psixik jarayonlar kechishining yosh xususiyatlarini va qonuniyatlarini
o‘rganish;
— turli yosh davrlarida bilimlarni o‘zlashtirish, turli faoliyatlarni
amalga oshirish qonuniyatlari, xususiyatlari va imkoniyatlarini
aniqlash;
— turli yosh bosqichlarida shaxs rivojlanishini tadqiq qilish.
95. Rivojlanish psixologiyasi fanining umumiy vazifalari.
1) psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini
tadqiq qilish;
2) shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish;
3) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini
tadqiq etish;
4) har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganish.
Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning
hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli
hal qilib bo‘lmaydi.
96. Sharq allomalari asarlarida yosh davrlar tasnifi
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy
mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati’\ “Falsafiy savollar
va ularga javoblar’\ “Jism va aksidensiyalaming shakllariga qarab bo‘linishi”,
“Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘gkrisida’' kabi qator
asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “0 ‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlami keltiradi. Shu jumladan, olim kishilaming jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bogMaydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi,
undagi nervlar va nerv yo'llari, fiziologik jarayonlar bilan bog'liq psixik
jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi
ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan
oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiy-amaliy jihatdan boyitgandir.
Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy
psixologiyaga munosib hissa qo‘shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri
komil insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha
davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa,
shu asosda o‘z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zaliob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta'lim-tarbiya, qasb-hunar o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
98. Maktabgacha tarbiya yoshida tortinchoqlikning namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish,
hayron qolish va natijada turli savollarning tugllishi tufayli
paydo boladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda
bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, ≪ko‘p mahmadona bolma≫,
≪sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?≫, deb koyib beradilar.
Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi.