Rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 323,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix06.06.2022
ölçüsü323,46 Kb.
#60752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев 

Sotsiologiya o‘z ob’ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari bilan 
ham shug‘ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi. 
Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi, 
industrial sotsiologiyalar. Sotsiologiya bu sohalarda o‘z obekti inson va uning 
siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rni va rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash 
uslubi kabi masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‘zining maxsus obekti asosida yakka 
shaxs faoliyati konkret namoyon bo‘lishini empirik darajada o‘rganishni ham o‘z 
ichiga oladi.
Ogyust Kont fikricha, ob’ekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. 
Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o‘rganadi: 
1. 
Aniq- empirik; 
2. 
Xususiy (maxsus); 
3. 
Umumiy. 
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umum- sotsiologik 
tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Sotsial degan tushuncha, sotsial aloqalar, hamda munosabatlar va ularni tashkil 
etish usullari, sotsiologiya bilish ob’ektining o‘ziga xosligini ochib bersa, sotsial 
qonuniyatlar esa sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlang‘ich nuqta 
hisoblanadi. 
Sotsiologiyaning predmeti: 

Agar fanning obekti uning nimani o‘rganish kerak degan savolga javob bersa, 
predmet esa o‘sha ob’ektning qaysi jihatlarini o‘rganadi? degan savolga javob beradi. 

Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan 
o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir. 

Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, 
ma’naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o‘rganadigan fan hamdir. 

Sotsiologiya – jamiyat tuzilishini, uning elementlari va ularning yashash 
sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadigan 
fandir.

Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga 
ko‘nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‘maklashadigan, shular bilan bir qatorda 
insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilot-larning insonlarga mos, eng qulay 
variantini topishda va uni amalga oshirishdagi jismoniy, emotsional-psixologik va 
ma’naviy imkoniyat-larini ishga soladi. 

Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini taminlaydigan eng qulay 
variantlarini, ijtimoiy-madaniy modellarini topishdan iboratdir. Bular jamiyat va 
insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir. 

Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‘zaro 
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan 
hamda ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdan iboratdir. 
Bugungi kunda sotsiologiya predmetining mazmun doirasidan: 
1. 
Falsafiy germenevtika – yangicha tus berilayotgan naturalizmdan foydalanib, 
ularni yangicha talqin qilish (tendensiyasi) hamda, 



Yüklə 323,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin