Rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 323,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix06.06.2022
ölçüsü323,46 Kb.
#60752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

birligidir. 
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga 
yo‘naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo‘naltirilganligi shunda nomoyon bo‘ladi-ki, 
u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayllari haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotni 
ishlab chiqishga qodir. Mana shunda sotsiologiyaning oldindan aytib berish 
funksiyasi nomoyon bo‘ladi. 
Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarini 
rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega. Sotsial 
rejalashtirish ijtimoiy tizim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hamma mamlakatlarda 
rivojlangan. 
Sotsiologiya mafkuraviy funksiyani ham bajaradi. 


СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев 

U birinchidan, tabiiy-tarixiy jarayonlarni anglash, jamiyat taraqqiyotining yaqin 
oradagi maqsadlarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan. 
Ikkinchidan, ilmiy va mafkuraviy munozarani boshqa qarashlar tizimi orqali olib 
borish. 
Uchinchidan, aholi o‘rtasida ilmiy va milliy mafkurani tarqatish. 
To‘rtinchidan, malakali mutaxassislarni tayyorlash, ular tomonidan ilmiy 
mafkurani 
har 
tomonlama 
o‘zlashtirish. Sotsiologiya odamlar o‘rtasida 
munosabatlarni shakllantirishga, uyg‘un hissiyotlarni ijtimoiy munosabatlarga xizmat 
qildirib yaxshilashga ham yordam berishi mumkin. 
Shu tufayli sotsiologiya insonparvarlik funksiyasini ham bajaradi. 
Sotsiologiyaning metodlari: 
Sotsiologiya fanining murakkab vazifalarini nazariy hal etishga xizmat qiladigan 
o‘ziga xos metodlari ham mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin.
1. 
Qiyoslash va taqqoslash metodi. 
2. 
Nazariy metod (fikrlash, abstraktlikdan konkretlik sari o‘tish). 
3. 
Induktiv va deduktiv metod. 
4. 
Izohlash metodi. 
5. 
Prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olish). 
6. 
Integratsiya, umumlashtirish metodi. 
Sotsiologiyaning konkret tadqiqotlar o‘tkazishda qo‘llanadigan empirik -amaliy 
metodlari ham bor. Ular quyidagilardan iborat: 
1. 
Eksperiment metodi. 
2. 
Kuzatish metodi. 
3. 
Hujjatlar asosida o‘rganish metodi. 
4. 
So‘rov metodi. 
5. 
Empirik-sotsiologik metod (so‘rov, anketa, matematik model). 
6. 
Matematik metod. 
7. 
Statistik umumlashtirish metodi. 
8. 
Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiyli va hokazo). 
Sotsiologiya fanida quyidagi metodologik masalalariga ham jiddiy e’tibor 
beriladi: 
1. 
Funksional metodologiya (jamiyatdagi hodisalarning ahamiyatini aniqlashga 
intiladi). 
2. 
Fenomenologik metodologiya (jamiyat a’zolarining mavqei).
3. 
Tasniflash metodologiyasi (bu qo‘llanishiga ko‘ra klassifikatsiya, guruhlash, 
taqqoslash, turlash, sistemalashtirish kiradi). Shuningdek sotsiologiya fani muayyan 
ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etish asnosida umumiy, maxsus hamda empirik 
metodologiya tamoyillariga ham tayanib ish tutadi.
Sotsiologiya ob’ektini turlicha tushunish natijasida metodologiyaning 3 asosiy 
turi shakllangan: 
1. 
Tushintiruvchi (umumiy qonuniyatlarning, ob’ekt xislatini belgilaydi, aloqa, 
munosabat o‘rnatishni nazarda tutadi). 
2. 
Ta’riflovchi (ya’ni, tavsiflash, klassifikatsiyalash, guruhlash, taqqoslash, 
turlash, sistemalashtirish). 



Yüklə 323,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin