Birinchi bosqichda tahliliy ishlar amalga oshiriladi, shu jumladan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni har tomonlama tahlil qilishni talab qiladi. Bu bosqichda prognozlash usullari aniqlab olinadi .
Ikkinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi boshqa organlar bilan birgalikda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadi. Bunda ijtimoiy iqtisodiy holat baholanadi, asosiy maqsadlar aniqlab olinadi, iqtisodiyotning rivojlanish ssenariylari taklif etiladi va iqtisodiy siyosatni to’g’rilash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi .
Uchinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan prognoz rejasi ishlab chiqiladi, maqsadli ko’rsatkichlar aniqlanadi va boshqa organlarning mulohazalari inobatga olinib balanslashgan ko’rsatkichlar belgilab olinadi. Iqtisodiyot vazirligi Yaim hamda uning tuzilishi, narx indekslari, umuman, Davlat byudjetini shakllanishini aks ettiruvchi va asosiy pul kredit siyosatini belgilab beruvchi ko’rsatkichlarni hisoblaydi .
To’rtinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan prognoz reja Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun yuboriladi va alohida parametrlarni ko’rib chiqish bo’yicha Prezident hamda Oliy Majlisga ham yuboriladi. Ushbu bosqichda zarurat bo’lsa, prognoz rejaga o’zgartirish kiritiladi .
Innovatsion loyihani baholashda ikki xil yondashuvdan foydalanish mumkin:
1. Sifat bo’yicha yondashuvi. Ushbu yondashuv loyihaning qo’yilgan maqsadlarga mosligini baholashga yo’naltirilgan. Korxonaning eng muhim maqsadlarini bajarishga yo’naltirilgan innovatsiyalar tanlab olinib, ular korxonaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga kiritiladi. Ushbu usul ko’proq rahbarning kelajakda bozordagi o’zgarishlarni prognoz qilish qobiliyatiga va ushbu o’zgarishlarga javoban yangi yechimlarni topishga asoslanadi.
2. Miqdoriy yondashuv. Ushbu yondashuv korxonaning daromadliligiga asosanadi. Innovatsion loyihani amalga oshirishdan daromadi summasi ilmiy adabiyotlarda daromadlilikning absolut bahosi deyiladi
Sof joriy qiymat usuli:
NPV-Loyihaning sof joriy qiymati; Rn- n-yilda daromadlar hajmi, so’m Sn- n-yilda xarajatlar hajmi, so’m
r- koeffitsient diskont normasi
Agar daromadlilik indeksi 1 dan yuqori bo’lsa, demak loyiha samarali hisoblanadi