Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 175,42 Kb.
səhifə9/13
tarix07.01.2024
ölçüsü175,42 Kb.
#201383
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Individual Loyiha Umarov Umidjon

Javaning ustunlik tomonlari


  1. 1.To'liq har bir Java kodlari detallarigacha tushuntirib berilgan.

  2. 2.Dasturchilarning ma'lum bir qismi, ya'ni dasturchilarning ko'proq qismini Java mutaxasislari tashkil etadi.

  3. 3.Java bir vaqtning o'zida ko'plab vazifalarni bajarishga imkon beradigan ko'p tarmoqli muhitga ega.

  4. 4.Kutubxonalarni boshqarish juda oson.

C# ning ustunlik tomonlari


  1. 1.Tegishli lambda va genericlarni qo'llab-quvvatlaydi.

  2. 2.Microsoft Corporation tomonidan qo'llab-quvvatlangan. (O'sha mashhuuur kompaniya).

  3. 3.Avtomatik tarzda keraksiz kodlarni ajratadi. Warning deb chiqadi.

  4. 4.Maydonlar get va set metodlari bilan birga keladi. Bu esa C# da kod yozishni yanada osonlashtiradi.

  5. 5.Xotirani avtomatik boshqarish imkoni bor.

Javaning kamchiliklari


  1. 1.JIT kompilyatori dasturni nisbatan sekinlashtiradi.

  2. 2.Java yuqori xotira va ishlash talablariga ega. Bu esa qimmat hardware kerak degani.

  3. 3.Pointers kabi past darajadagi dasturiy tuzilmalarni qo'llab-quvvatlamaydi.

  4. 4.avada keraksiz kodlar ustida hech qanday nazorat yo'q, chunki Java delete(), free() kabi funksiyalarni o'z ichiga olmaydi.

C# ning kamchiliklari


  1. 1.C# .NET frameworkining internal qismidir, shuning uchun dasturni ishlaydigan server Windowsga asoslangan bo'lishi kerak.

  2. 2.C# moslashuvchan emas, chunki u asosan .NET frameworkiga bog'liq.

C# tarixi:
C# ning kelib chiqishi 2000-yillarga borib taqaladi. O’sha yillarda Microsoft ushbu dasturlash tilini o’zlari uchun yaratshdi. Dastlab C#, JavaScript bilan raqobatlashayotgan Java tillariga javob sifatida, ya’ni Microsoftning talabiga Java javob bera olamgani tufayli Microsoft Visual Studio 2002 bilan birglikda ishlab chiqilgan til edi. C# va Java ham dastlabki davrlardan tan olinishi uchun raqobatlashayotgan edi. Darhaqiqat, bu ikkisi bir biridan ancha ko’chirmachiliklar qildi, toki C# boshqa yo’nalishga o’tmaguniga qadar. Shundan so’ng C# kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqarish bo’yicha xalqaro standart sifatida tasdiqlandi va umumiy til infrastrukturasi bilan ishlatiladi.
C# ning juda ko’p versiyalari mavjud, ularning barchasi dasturiy ta’minotga yanada ko’proq yangilanishlar kiritdi
1-versiya oddiy, ko’p maqsadli umumiy dasturlash tili sifatida ishlab chiqarilgan.
2-versiya 2005-yilda ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o’zida ma’lumotlarning katta qismini ko’rib chiqishga imkon beruvchi iteratorlardan foydalanish imkoniyatlarini o’z ichiga oldi.
3-versiya 2007-yilda ishlab chiqilgan. Yangi iboralar (kodlar) yaratildi; Aynan ushbu versiyasidan boshlab C# Java tiliga qaraganda trendda yuqori o’rinlarni egallay boshladi.
4-versiya 2010-yilda ishlab chiqildi. Mutaxassislar Interlop turlarini va dinamik kalit so’zlari yaratdi va boshqa tillarda bo’lmagan nafislikni berdi.
5-versiya 2012-yilda ishlab chiqilgan. Asinkronizatsiyalash imkoniyati paydo bo'ldi.
6-versiya 2013-yilda ishlab chiqarilgan. Yangi filtrlar va initsializatorni taqdim etdi Kod yozish avvalgidan ham osonlashdi.
7-versiya 2017-yilda ishlab chiqarilgan. Yangidan yangi imkoniyatlar, xususan .NET Core va operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’ldi.

Yüklə 175,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin