O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
"Telekamunikatsiya tehnalogiyalari"
FAKULTETI
"Algoritmlarni loyihalash "
FANIDAN
Bajardi:
631_21 guruh talabasi
Mannopov.X
Qabul qildi:
A. A. Xoitqulov.
1-MA’RUZA. ALGORITMLARNI LOYIHALASHGA KIRISH.
ALGORITMLARNI VAQT VA HAJM BO’YICHA BAHOLASH.
KO’PHADLAR QIYMATLARINI HISOBLASHDA GORNER SXEMASI
Reja
1) Algoritm tushunchasiga ta’rif berish
2) Algoritmlarni baholash kriteriyalari
3) Algoritmlarni tahlil qilishga doir misollar
Kalit so’zlar:algoritmni baholash, baholash kriteriyasi, asimptotik baholash, O(n),
O(logN), O(n^2) baholashlar
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma
Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy
nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan.
AlXorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi
to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha
algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning
chekli ketma-ketligidir.
Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:
1. Diskretlilik – ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi.
2. Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
3. Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga
tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.
4. Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi
kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi
bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
5.
Natijaviylik.
Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija
berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib
kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega
emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon
cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: |