Ro miqyosda raqamli tizim



Yüklə 279,2 Kb.
səhifə2/10
tarix12.04.2023
ölçüsü279,2 Kb.
#96460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o’rni

Xalqaro miqyosda raqamli tizim – jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosi sifatida
Milliy iqtisodiyotning yaxlit bir jahon xo‘jaligiga birlashishi, shuniningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmunini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir.
Mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida u yoki bu jihatlari bilan birga xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) katta ahamiyatga ega. Uning chuqurlashuvi esa-ilmiy- texnikaviy inqilobning (ITI) ta‘siri ostida bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi qarashlar konsepsiyasi XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab o’tgan ingliz klassik ta‘limotchilari A. Smit va D. Rikardo ishlarida asoslanib , rivojlantirilgan edi. A. Smit ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari‖ kitobida (1776 y.) xalqaro mehnat taqsimoti nazariyasini tahlil qilib, savdo va tadbirkorlikda erkinlik zarurligini isbotlagan. Uning fikricha, savdo erkinligida ro’y berayotgan turli to„siqlar butun bir davlatlar o’rtasida ro’y berayotgan xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga xalaqit beradi.Tosiqlarning tugatilishi va xalqaro almashuv maydonlarining kengayishi natijasida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvi va o’zaro bog’liqligi kengayishi, umumjahon xo’jaligi yuzaga kelishi ro’y beradi.
A. Smit keyinchalik o’zining juda mashxur bo’lgan erkin savdo shiorini olg’a surgan edi. Uning konsepsiyasini esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari
D. Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill rivojlantirdi. Ushbu klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi ilmiy nazariyasiiing asosiy yutuqlarini biz ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlar nazariyasida ko’ramiz. Bu nazariya xalqaro savdo to’g’risidagi iqtisodiy ta‘limotning ―klassik asosi hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir qiladi? Birinchidan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko’tarish, uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zarurati kabi omillar ta‘sir qiladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishi – ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan chambarchas bog’liq. Xalqaro kooperatsiya va xalqaro ixtisoslashuv xalqaro mehnat taqsimotining asosiy shakllari hisoblanadi.
Turli davlatlardagi korxonalarning ma‘lum bir tovarlarni chiqarishga ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobiga chambarchas bog’liq. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ikkita yo’nalish (ishlab chiqarish va hududiy yo’nalish) bo’yicha rivojlanib boradi, o’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi:
a) sohalararo;
b) davlatlararo;
v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob‘ektiv asosi, ishlab chiqarish rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi hamda mamlakat tashqarisida ro’y berishidan qat‘iy nazar, mustaqil korxonalar o’rtasida ro’y berayotgan barqaror ishlab chiqarishdagi aloqalar jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma‘lum bir munosabatlar tizimi sifatida xizmat ko’rsatayotgan faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o’zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (YUNKTAD) ma‘lumotlariga qaraganda, global qo’shilgan qiymat zanjirlari (GQQZ) xalqaro mehnat taqsimotida borgan sari rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida korxonalarning GQQZga ulanishini nazarda tutuvchi jarayonlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Hozirga kelib, xalqaro savdoning 80 foizi GQQZ orqali amalga oshirilib, mazkur jarayonda transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol o’ynamoqda


Ming yillikning global maqsad va vazifalari



1-maqsad. O’ta qashshoqlikka va
ochlikka barham berish

1-vazifa. Kuniga 1 dollardan kam mablag’ hisobiga hayot
kechirayotgan kishilar miqdorini 2 barobar kamaytirishga erishish.
2-vazifa. Ochlikdan azob chekayotgan kishilar miqdorini
2 barobar kamaytirishga erishish.

2-maqsad. Umumiy boshlang’ich
ta‘limga erishish

3-vazifa. Hamma qizlar va bolalarning boshlang’ich
ta‘lim maktablarida qatnashishi hamda uning to’la





kursini tamomlashiga erishish.

3-maqsad. Ayollar va erkaklar
tengligini rag’batlantirish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish

4-vazifa. 2015 yilga kelib ta‘limning barcha darajalarida
gender tengsizligini bartaraf etish.

4-maqsad. Bolalar o’limini
qisqartirish

5-vazifa. 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi darajasini
uchdan ikkiga qisqartirish.

5-maqsad. Onalar salomatligini
yaxshilash

6-vazifa. Onalar o’limi sonini to’rtdan uchga qisqartirish.

6-maqsad. OIV(OITS),bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash

7-vazifa. OIV(OITS) kasalligining tarqalishini to’liq
to’xtatish va kasallikka chalinish holatlarini qisqartirish tamoyiliga asos solish.
8-vazifa. Bezgak va boshqa o’tkir yuqumli kasalligining tarqalishini to’liq to’xtatish va kasallikka chalinish holatlarini qisqartirish tamoyiliga asos solish.

7-maqsad. Ekologik barqarorlikni
taminlash

9-vazifa. Ayrim mamlakatlar strategiyasi va dasturlariga
barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritish va tabiiy zaxiralardan maxrum bo’lish jarayoniga barxam berish.
10-vazifa. Toza ichimlik suvidan doimiy baxramand bo’lish imkoniyati bo’lmagan kishilar miqdorini 2 barobar kamaytirish.
11-vazifa. 2020 yilga borib xarobalarda yashovchi kamida 100 mln. kishining hayotini yaxshilashni ta‘minlash.

8-maqsad. Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish

12-vazifa. Ochiq, boshqariladigan, faoliyatini oldindan ko’ra bilish mumkin bo’lgan hamda nodiskriminatsion savdo va moliya tizimini shakllantirishni davom ettirish.
13-vazifa. Eng kam rivojlangan mamlakatlarning alohida extiyojlarini qondirish, jumladan, eng kam rivojlangan mamlakatlarning eksport tovarlarini tarif va kvotalardan ozod qilish, qashshoq davlatlarning qarz yukini engillashtirish va rasmiy qarzlarning ikkitomonlama voz kechilishi bo’yicha dasturlarni kengaytirish, qashshoqlikni qisqartirish yo’lidan borayotgan mamlakatlarga yanada katta yordam ko’rsatish.
14- vazifa. Dengiz yo’llariga ega bo’lmagan davlatlar hamda rivojlanayotgan kichik orol-davlatlarning alohida ehtiyojlarini qondirish.
15-vazifa. Uzoq muddatda tashqi qarzlari darajasini qisqartirish maqsadida milliy va xalqaro miqyosda tashkil etiladigan choralar yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorlik masalalarini ijobiy xal qilish.
16-vazifa. Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarga o’zi uchun mos va samarali ish topishlarida ko’maklashadigan strategiyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.
17-vazifa. Dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda arzon dorilarni yetkazib berishni ta‘minlash.
18-vazifa. Yangi texnologiyalar yutuqlaridan (ayniqsa telekommunikatsiya soxasidagi) barcha foydalanishi


Yüklə 279,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin