Raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o’rni
Reja:
“Jahon iqtisodiyotida globallashuv” tushunchasi va uning tasnifi
Xalqaro miqyosda raqamli tizim – jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy sifatida
Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari
Raqamli tizim tushunchasi. Global barqaror rivojlanish indikatorlari
Global iqtisodiyot rivojlanishining raqamli indikatorlari
Milliy iqtisodiyot globallashuvining ko’rsatkichlari
Kirish
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o’zaro keng qamrovli jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet davlatlar bilan o’zaro ikkitomonlama va ko’ptomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan
―2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida‖ mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o’zining salmoqli ta‘sirini o’tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining muhim tendensiyasi bu uning globallashuvidir.
«Jahon iqtisodiyoti globallashuvi» fani ixtisoslik fanlari qatoriga kiradi.
Fanni egallashda quyidagi jarayonlar va hodisalar haqida tushunchalar va ma‘lumotlar beriladi: jahon iqtisodiyotining globallashuvining xususiyatlari va rivojlanish omillari, jahon iqtisodiyoti global muammolari mohiyati, transmilliy korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlarda tutgan o’rni, jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi ziddiyatlar va tahdidlar, baynalminallashuv, transmilliylashuv va globallashuv jarayonlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvining rivojlanish indikatorlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanishining ekologik va innovatsion omillari.
―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ fani magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi” tushunchasi va uning tasnifi
A.Vahobov ta‘kidlashicha, jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma‘nolarda ta‘rif berish mumkin1. Keng ma‘noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma‘noda - bu milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarini qamrab oluvchi tizimdir.
Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma‘nodagi ta‘rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Ma‘lumki, sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo’jalik aloqalari yuzlab milliy xo’jaliklarni
jahon iqtisodiyoti‖ deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e‘tiborga olish lozim.
Ilmiy va o’quv adabiyotlarda ―Jahon iqtisodiyoti yoki Jahon xo’jaligi
tushunchalari mustahkam kirib bo’ldi, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinadi.
Ayrim mutaxassislar jahon iqtisodiyotini barcha mamlakatlarning o’zaro bog’langan milliy xo’jaliklari majmui sifatida ifodalaydi, boshqa mutaxassislar esabu o’ziga xos funksiyalariga, maxsus institutlariga ega organizmdir va biz jahon xo’jaligi haqida ayrim mamlakatlar xo’jaliklari yig’indisidan farq qiladigan xo’jalik deb so’z yuritishga to’la haqlimiz‖, deb aytadi2. Bu ta‘rif shakllanayotgan global iqtisodiyot mohiyatini aniqroq aks ettiradi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi kuchayadi.
Bu hodisa iqtisodiyotning baynalminallashuvi deb ataladi. Iqtisodiyotning baynalminallashuvi – bu ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi kuchayishidir.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo’jalik faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug’dirishi muqarrardir.
Rivojlangan mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq ko’rinib turibdi, biroq rivojlanayotgan mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bo’lmaydi. Ularning ko’pchiligi baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib beruvchilar sifatida ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bo’lib qolishini e‘tirof etish mumkin.
Sobiq AQSH Prezidenti B.Klinton huzurida iqtisodiy maslahatchilar guruhiga rahbarlik qilgan J.Stiglits iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ta‘riflayotib, davlat va bozor munosabatlar o’zaro hamkorlikka qaratilgan bo’lishi kerakligini hamda davlat bozordagi muvaffaqiyatsizliklarni yumshatishda va ijtimoiy adolatni ta‘minlashda Globallashuvning ikkinchi bosqichi (tiklanish) 1970-yillarning oxirida ahborot va telekommunikatsiyalarda yuz bergan inqilob asosida boshlandi va globallashuv jarayonlarining yangi xususiyati yaqqol namoyon bo’ldi. Transmilliy korporatsiyalar va nohukumat tashkilotlar milliy chegaralarni osonlik bilan yorib o’tib, barcha mamlakatlarda faoliyat yurita boshladi. Hozirga kelib, ko’pchilik mualliflar globallashuv tushunchasini ―global‖ so’zi etimologiyasiga yaqin ma‘noda, ya‘ni yaxlit, umumiy, umumjahon ma‘nosida talqin etadi va qo’llaydi. Jahon hamjamiyati uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan, umuminsoniy hisoblangan, barcha xalqlar va fuqarolar, mamlakatlar hamda madaniyatlar manfaatlariga daxl qiladigan va ehtiyojini ifodalaydigan omillar, tendensiyalar va jarayonlar global hisoblanadi hamda shunday qabul qilinadi va baholanadi.
Global muammolar bu umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog’liq,
hozirgi zamon muammolaridir. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g’oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo’lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo’lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo’ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko’rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi.
rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transmilliy korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag’al mamlakatlar o’rtasidagi farq o’sib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 foizini ishlab chiqargan bo’lsa, kambag’al davlatlar atigi 1 foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo’lsa-da, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qo’yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi.
Uchinchidan, ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil ko’payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq- ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug’diruvchi kasalliklar tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi.
To„rtinchidan, inson va tabiat o„rtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar - ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg’anishi, o’rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo’qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko’p ishlatilishi natijasida qishloq xo’jaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Orol dengizi suvi kamayib, g’oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining makro va mikro darajalari.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya‘ni uzviy ravishda o’zaro bog’langan bir butun jahon xo’jaligining shakllanishi tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Mazkur jarayonning ibtidosi asrlar tubida yashirinib yotibdi.
Bu o’zgarishlar xalqaro infratuzilmada iqtisodiyot globallashuvining makro va mikro darajalariga olib keldi. Globallashuvning mikro darajasi kompaniyaning milliy chegaralardan tashqarida ishlab chiqarishni va bozorni kengaytirish strategiyasi bilan belgilanadi.
Globallashuvning makro darajasida milliy iqtisodiyotni xalqaro hamjamiyatga boshlovchi kuchlarning birligi tushuniladi. Bu kuchlarga birinchi darajada to’g’ridan- to’g’ri xorijiy sarmoyalarni, texnologiyalarning almashinuvi, tovarlar va xizmat savdosining o’sishiga aytishimiz mumkin.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsiya uyushmalarining iqtisodiy faollikka tortib, savdo va investitsiya to’siqlarini olib tashlaydi, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi.
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o’zaro kelishuvlarni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo’ladi. Ko’pgina yirik TMK lar global miqyosda harakat qiladi. TMKlar globallashuv jarayonining sub‘ekti bo’lib, globallashuvning asosini, ya‘ni uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchidir.
Globallashuvning mikro darajasiga zamonaviy informatsion texnologiyalar sabab bo’lishi bilan bir qatorda, ko’pgina firmalar tomonidan raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida qilingan sa‘iy harakatlari, standartlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, o’lchash, ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini tekshirish va nazorat qilish, xalqaro savdoning tez o’sishiga yordam beradi.
Zamonaviy jahon xo’jaligi - bu nafaqat jahon ishlab chiqarish kuchlarining globallashuv natijasidir, balki ularning o’zi global moliya-kredit va valyuta to’lovlarining yaqin aloqasidir.
Barcha ob‘ektiv o’zgarishlar, ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo, xorijiy sarmoyalar va moliya soxalarida jahon iqtisodiyotini butun bir yaxlit organizmga aylantirdi.
Shu o’rinda globallashuvning ijobiy va salbiy oqibatlarini to’g’ri aniqlash ham maqsadga molikdir. Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagilardan iboratdir:
•globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashish chuqurlashib boradi. Bunda mablag’ va resurslar samarali sarflanadi;
•globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan yana biri xarajatlarning qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror o’sishni ta‘minlab berishi;
•globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
•globallashuv raqobatning kuchayishini yangi texnologiyalarni yaratilishini, shuningdek mamlakatlar o’rtasida keng tarqalishini ta‘minlashi;
• xorijiy davlatlarnnig ilg’or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishilishi;
•globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi va natijada narxlarni pasaytirish va tanlash imkoniyatini beradi;
•globallashuv ilg’or texnologiyalarning tarqalishi va global miqyosdagi ishlab chiqarishning ratsion almashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi. Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyallarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etishi mumkin bo’ladi;
•globallashuv moliyaviy resurslarning asosiy qismi aylanishini ta‘minlashga
keng imkon yaratadi.
Globallashuv jahon hamjamiyatini turli sohalarda harakatlarini faollashtirib, insoniyat uchun umumiy muammolarni, eng avvalo ekologik muammolarni xal etish uchun jiddiy asos yaratadi.
Xullas, ko’pchilik mutaxassislar, globallashuvning pirovard natijasi jahondagi mamlakatlarda farovonlikning oshishiga olib keladi, deb umid qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |