Rossiyaga Evropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan tanishtirish. Adabiyotlar: Ilina «Istoriya russkogo iskusstva»


Rus rangtasvirida yaratilgan bu asarlar keyingi rassomlar tomonidan yana rivojlantirildi, mavzulari kengaytirildi



Yüklə 25,71 Kb.
səhifə2/3
tarix12.04.2023
ölçüsü25,71 Kb.
#96801
1   2   3
san\'at tarixi 6

Rus rangtasvirida yaratilgan bu asarlar keyingi rassomlar tomonidan yana rivojlantirildi, mavzulari kengaytirildi.
X1X-asr oxiri tasviriy san’at taraqqiyoti va xarakteri bevosita rus revolyutsion harakati bilan chambarchas bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar o’z ijodlarida bevosita revolyutsion demokratlar V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubovlarning g’oyaviy-estetik printsiplariga murojaat qildilar. San’atkorlar o’z ijodlarida xalq hayotining mohiyatini ochib berishga, xalqning buyuk qudratini kuylashga harakat qildilar. Inson huquqini paymol etuvchilarga qarshi isyon ko’tardilar, ijtimoiy tuzum kirdikorlarini fosh etdilar. San’atda sodir bo’lgan bu xususiyatlar rangtasvirning maishiy va portret janrlarida yaqqol namoyon bo’ldi. Bu sohada etuk, g’oyaviy pishiq asarlar yaratildi. San’atda sodir bo’lgan bu yo’nalishlarning ravnaqi bevosita XIX asrning II yarmida tashkil etilgan “ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” birlashmasining faoliyati bilan bog’liqdir. Unda mashhur rus tanqidchisi V.A.Stasov hamda san’at homiysi P.M.Tretyakovlarning roli katta bo’ldi. “Ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” o’z tevaragiga ilg’or san’atkorlarni birlashtirdi, xalq hayotini aks ettiradigan realistik san’atni rivojlantirish va targ’ib etishni o’zining asosiy maqsadi deb bildi. Bu birlashmaga a’zo bo’lgan, uning g’oyaviy platformasini tan olgan va ko’rgazmalarida qatnashgan rassomlar “sayyor rassomlar” deb nomlandilar. Bularning yo’lboshchisi va tashkilotchilaridan biri Ivan Nikiforovich Kramskoydir. U portretchi san’atkor sifatida taniqli bo’lib, uning asarlari o’zining chuqur psixologizmi bilan ajralib turadi. Uning ko’pgina portretlari chuqur talqin etiladi, ya’ni tasvirlanayotgan obraz biron-bir narsa bilan shug’ullanayotgan paytda,
tevarak-atrof ko’rinishi bilan bog’liq tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, uning “Nekrasov”, “Notanish ayol” asarlari juda mashhurdir.
Sayyor rassomlar” a’zosi, taniqli rassomlardan biri V.G.Perovdir. U o’zining butun ijodiy faoliyatida xalq hayotini tasvirlashga, mavjud tuzum kamchiliklarini ochib tashlashga intildi. Uning bu intilishlari “Uchovlon”, “Marhumni kuzatish”, “Chegaradagi mayxona” kabi qator asarlarida o’z ifodasini topgan. XIX asrning II yarmidan boshlab rus badiiy hayotida faol ishtirok eta boshlagan buyuk rus rassomi I.E.Repin o’zining butun umrini rus san’atining ravnaqiga bag’ishladi. Repin tarixiy, maishiy va portret janrlarida samarali mehnat qilgan. Uning asarlari o’zining chuqur psixologizmi, badiiy tilining soddaligi va tushunarliligi hamda yuksak professional mahoratda ishlanganligi bilan kishini hayratlantiradi. U yirik, ko’p figurali asarlar yaratdi, “Kursk guberniyasidagi yurish”, “Zaporojeliklar maktubi”, “Volgadagi burlaklar”, “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”, “Kutmagan edilar” kabi buyuk asar shular jumlasidandir. Shu bilan birga u mashhur zamondoshlarining portretlari galereyaisni ham yaratib qoldirdi. Bular ichida M.P.Musorgskiy, M.V.Glinka, L.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, V.V.Stasov portretlari diqqatga sazovordir. XIX asrning ikkinchi yarmida samarali ijod qilgan V.M.Vasnetsov o’z ijodida xalq doston va ertaklardan olingan syujetlar asosida asarlar yaratdi. Uning “Pahlavonlar”, “Alyonushka”, “Bo’ri mingan shahzoda”, “Kanizey podsho huzurida”, “Uyqudagi malika”, “Uchar gilam” asarlari mashhurdir. Bu asarlarda xalqning baxt-saodat va adolat haqidagi orzu-umidlari kuylanadi. Bu davr dunyoga mashhur yirik san’atkorlarni etkazib berdi. Ular ichida portret ustalari V.A.Serov, K.Korovin, K.Makovskiy, buyuk rus tarixiy janrchisi V.I.Surikov, N.A.Yaroshenko, I.M.Pryanishnikov, teatr rassomi M.A.Vrubel, N.A.Kasatkin, A.E.Arxipov.
Bu davrda haqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi. Manzarachi rassomlar rus o’lkasining go’zalligi, bepoyonligini ko’rsatish orqali kishilarda vatanparvarlik hislarini o’stirishga, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qildilar. Tabiatning turli holatlarini real tasvirladilar. A.K.Savrasov ana shunday birinchi rassomlardandir. Uning “Qora qarg’alar uchib kelishdi” deb nomlangan suratida qish qaytishi, tabiatning jonlanishi tushunarli va jonli talqin etilgan. Shu davrda yashagan LLShishkin, F.A.Vasilev, V.D.Polenov kabi rassomlar ham rus manzara tasviri namunalarini yaratib qoldirdilar. Shu davrda yashab ijod etgan yirik rus rassomi I.P.Levitanning mavzusi ham rus tabiatini kuylashga qaratilgan. U o’z asarlarida tabiat go’zalligi va ulug’vorligini ko’rsatish bilan birga, asarlarida davr kishilarining ruhi ifodalashga, o’zining hayot to’g’risidagi falsafiy fikrlarini bayon etishga harakat qildi. Uning “Vladimirka”, “Qabr ustida”, “Mangu sukunat” kabi asarlari shular jumlasidandir.
XX asr boshlarida insoniyat tarixida yangi davr boshlandi. Bu san’at chin ma’noda ommani orzu-istaklarini, his-tuyg’u, fikr-o’ylarini ifodalovchi san’atga aylandi. Xalqning o’zi esa uning ijokori bo’lib, maydonga chiqdi.
San’atning bosh qahramoni xalq edi. Uning oliyjanob mehnati, er yuzida tinchlik, demokratiya uchun olib borayotgan kurashi, hayotga bo’lgan chuqur muhabbati san’atkorlarning asosiy mavzusidir. Bu davrda san’atning mavzusi kengaydi, uning yangi tur va janrlari maydonga keldi. Bu tarixiy sobiq inqilob janridir. Bu janrning mazmuni bevosita sho’rolar inqilobi, fuqarolar urushi yillari bilan bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar bu janrga murojaat qilar ekanlar, dastlar xalqning ulug’vorligi va qudratini ochib berishga harakat qildilar. Bu davr ajoyib ustalarni etkazib berdi. Bular ichida rassomlardan Isak Izrailevich Brodskiy edi. U bir nechta yirik monumental asarlar yaratdi. Bulardan tashqari shu davrning yirik rassomlaridan G.G.Ryajskiy, B.V.Ioganson, K.S.Malevich, A.V.Lentulov, A.A.Deyneka, A.A.Plastov, M.Serov, A.Samoxvalov kabi rassomlar yashab ijod qilganlar. Inqilob mavzusidan tashqari manzara janri ham katta yutuqlarga erishdi. Manzara janrida ishlagan rassomlardan biri bu A.A.Rilov edi. Uning asarlari go’zal va ulug’vor. U asarlarini davr kishilari ruhi bilan to’ldirishga harakat qiladi. Oktyabr to’ntarilishi va fuqarolar urushini aks ettiruvchi asarlar, insonlarning mardligi va jasoratiga bag’ishlangan polotnolar ham o’sha davr tarixida faxrli o’rinni egallaydi. Bu mavzudagi asarlar o’zining ishlanishi va uslubining rang- barangligi bilan ajralib turadi. A.A.Deynekaning “Petrograd mudofaasi” deb nomlangan polotnosi 1928 yil yaratilgan. M.B.Grekovning “Budyoniy otryadiga”, N.M.Shuxminning “Maydonga chiqish haqida buyruq” G.K.Savitskiyning “Eski armiyaning 1918 yil stixiyali qaytishi” K.S.Petrov-Vodkinning “Komissarning o’limi”, 1919 y. “Trevoga”, I.D.Shadrning “Tosh-proletariat quroli” kabi asarlarida sobiq inqilob va fuqarolar urushi yillaridagi kishilarning kayfiyati o’zining badiiy ifodasini topgan.
Shu bilan birga kishilarning dushmanga bo’lgan nafrati, o’z yurti va xalqiga bo’lgan chuqur muhabbati san’atkorlarning II jahon urushi mavzusidagi ishlangan asarlarida o’zining badiiy ifodasini topdi. A.Deynekaning “Sevastopol mudofaasi” (1943), S.A.Gerasimovning “Tartizanning onasi” (1942), F.D.Favoyrskiyning “O’limdan kuchli” (1951), LToidzening “Ona Vatan da’vati” (1941) asarlari shular qatoridandir.
Bu davrda maishiy janr ham yangi mazmun kasb etdi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarda shu davr kishilarining kundalik turmushi, mehnati, yoshlarning tarbiyasi aks ettirildi. N.B.Terpsixorovning “Birinchi shoir”, E.M.Cheptsovning “Qishloq yacheykasining majlisi”deb nomlangan suratlarda kechagi dehqonning bugungi kunda jamiyat ishlarida faol ishtirok etayotganini sodda, lekin ishonarli talqin etiladi. Maishiy janr taraqqiyoti,jamiyt taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. II jahon urushi yillari o’sha davr kishilari uchun haqiqiy sinov yillari bo’ldi. Bu yillarda ularning front ortidagi qahramonligi, rassomlarning maishiy mavzusidagi asarlarida o’z ifodasini topdi. Bu janrning keng rivojlanishiurushdan keyingi yillarga to’g’ri keldi. Bu yillarda u etakchi janr qatoridan o’rin olib, xalq hayotining hamma tomonlarini qamrab oluo’chi san’at darajasiga ko’tarildi. Rassomlar asarlarida tinch mehnat, farovon xayotgo’zalligini kuyladilar. Insonlar orasidagi mehribonlik, olijanoblik, do’stlik kabi fazilatlarni ulug’ladilar. Bu davr san’atida yoshlar hayotiga bag’ishlangan juda ko’p asarlar ham yaratilgan. Bu asarlarda sobiq sovet yoshlarining san’atga, ma’rifatga qiziqishi tarannum etiladi. Bolalar hayotiga bag’ishlangan asarlar ham yaratildi. F.P.Reshetnikov tomonidan yaratilgan “Yana ikki oldingmi?”, “Kanikulga qaytdi” kabi asarlarida bolalarga xos bo’lgan xislatlar ishonarli talqin etiladi.



Yüklə 25,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin