Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 98,17 Kb.
səhifə11/14
tarix07.01.2024
ölçüsü98,17 Kb.
#202214
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Rossiya

Iqtisodiy rayonlari. Rossiya iqtisodiy rayonlari tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o`zaro uyg`unlashuvi asosida shakllangan. Rossiya hududida 11 ta Markaziy, Markaziy Qoratuproq, Volp Vyat­ka. Shimoliy, Shimoli-g`arbiy, Volgaboyi, Shimoliy Kavkaz, Ural. G`arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq_ Sharq iqtisodiy rayonlari shakllangan. Kaliningrad viloyati alohida kichik rayon.
1. Markaziy iqtisodiy rayon. Maydoni 485,1 ming km. Aholisi 30,4 mln. kishi. Sertarmoq mashinasozlik, kimyo, o`rmon, engil (toq`imachlik), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan Sut-go`sht chorvachiligi, kartoshka, sabzavot, kanop, qand lavlagi va boshqalar, yetishtiriladi. Mamlakat poytaxti Moskva-yirik megalopolis siyosiy iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy, ilmiy-texnik va transport markazi. Shuningdek, iqtisodiy rayonda Ryazan, Tula, Vladimir, Smolensk, Bryansk Gver, Kostroma, Ivanovo, Kaluga va boshqa yirik sanoat markazlari joyalashgan.
2. Shimoli-G`arbiy iqtisodiy rayon, hududi 196,5 ming km2, aholisi 8,05 mln. kishi. Industrial rayon. Xo`jalik ixtisoslashuvida talab va yuqori malakali mexnatga asoslangan mashinasozlik, rangli metal­lurgiya, kimyo va engil sanoat rivojlangan. Sut chorvachiligi, cho`chqachilik, parrandachilik, sabzavot va kartoshka, kanop etishtiriladi. Qulay trans­port-geografik mavqega ega.
Yirik markazlari: Sankt-Peterburg, Nov­gorod, Pskov va boshqalar;.
3. Shimoliy iqtisodiy rayon. Xududi 1466,3 ming km2, axolisi 5,9 mln. kishi. Xo`jalik ixtisoslashuvida qazib beruvchi va o`rmon sanoati etakchi o`rin tutadi. Rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati rivojlangan. Bug`uchilik, baliqchilik (baliqchilik sanoati). janubda-em-xashak ekinlari asosida sut chorvachiligi etakchi o`rin tuta­di. Kanop etishtiriladi.
Yirik markazlari: Murmansk, Arxangelsk, Vologda, Petrozavodsk, Sktvkar, Kondapoga, Segeja, Kotlas, Vorku­ta va boshqalar.
4. Markaziy qoratuproq iqtisodiy rayoni. Hududi 167,7ming km2, aholisi 7,9 mln. kishi. Rayonda metallurgiya, mashinasozlik sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo`jaligi (donli va texnika ekinlari: bug`doy, makkajuxori, arpa, roj, qand lavlagi va kungaboqar), kartoshka va sabzavot, bog`dorchilik va shahar a atrofi xo`jaligi, chorvachilik rivojlangan.

Yüklə 98,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin