Integral(astatik)rostlagichlardebrostlanayetganparametrtopshirilganqiymatdanchetgachiqarishrostlovchiorganningrostlanuvchiparametrchetgachiqishigaproporsionaltezlikdaharakatqilishigaaytiladi.Astatikrostlagichlarishlatilgandarostlanuvchiparmetrning muvozanat qiymati yuklamaga bog’liq emas va statik xato nolga teng bo`ladi.Agarrostlanayetgankattalikberilganqiymatidanchetgachiqsaastatikrostlagichrostlovchiorgani rostlanuvchi kattalik qiymati topshirilgan darajaga yetguncha harakatgakeltiribturadi.O`zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.
Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar
PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga uxshash. U taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, kuvvat kuchaytirgich IV, uzuvchi relelar V, VII va sigim VIII dan iborat (7.2- rasm). Bu rostlash bloki ikkita: proporsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayetgan kattalikning pnevmatik signali Rn va ikkilamchi asbobga urnatilgan topshriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2 ... 1 kg/sm2 oralikda bo`ladi. Blokning proporsional qismi galayenlanishdan sung harakatga kelib, uning uzi esa summator I, III va drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffitsiyenti K=1 bo`lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo`lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da kushiladi. Buning uchun integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim.
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsiyenti - Kr, izodrom vaqti - Тi) o`zaro bog’liq emasligi blokning muhim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsiyenti (Kr) drosselli summatordagi o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi, drossellash diapazoni DD=3000... 5 chegarada o`zgaradi, bu esa kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 0,03 ... 20 bo`lishiga mos keladi. Izodrom vaqti Тi aperiodik zveno tarkibiga kirgan o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha bo`lishi mumkin. PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.