Mahalliy topshriq bergich PR3.22 rostlagichi PR3.21 dan asbob kirishining topshiriq liniyasida qo`l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi.
PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo`lgan drossellash diapazonini o`rnatish imkonini beruvchi qayta qo`shgich bilan ta’minlangan. Kayta kushgichning uchta qayd qilingan holati bor:
I. DD=2 ... 50% . II. DD=50 ...200% . III. DD=200 ... 800% .
o`zgaradi. PR3.29 rostlagichi PR3.26 dan mahalliy topshiriq
bergichi borligi bilan farq qiladi.
Тo`gri chiziqli statik tavsifnomali PR3.21 va PR3.32 rostlagichlarida drossellash diapozonini 2
... 3000% gacha sozlash mumkin.
PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini ushlab turish maksadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish uchun xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat zvenosi bo`lib, unga doimiy drossel, rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1 dan 5:1 gacha yeki 1:1 dan 10:1 gacha.PR3.24 va PR3.34 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo`yicha tugrilash bilan ushlab turish maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish uchun xizmat qiladi.
Proporsional-differinsial rostlagichlar
Agar rostlash ob’ektida yuklanishning o`zgarishi tez va keskin shuningdek, kechiqish katta bulsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo`ladi. Rostlash jarayenini parametrning o`zgarish tezligiga bog’liq bo`lgan qo`shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechiqishi sezilarli bo`lganob’ektlarda texnologik jarayenlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maksadgamuvofikdir. Agar differinsial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo`shilsa to`gri (avvaldan ta’sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta’sir bo`ladi. Тo`gri avvaldan ta’sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo`ljallangan