Aniqlanmgan jo'natmada qaysi tovar borligini bilmayman Tovarlar bo'limiga o'ting. Aniqlanmagan tovar maydonida Xabar belgisini bosing. Tovar qo'shishni tanlang. Tovarga oid ma'lumotlarni kiriting. Fotohisobot va tekshiruv ombor xizmatini tanlang . Siz uchun fotohisobot tayyorlanadi va siz mahsulotni aniqlab, uni jo'natish yoki utilizatsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilishingiz mumkin.
Agar tovar kerakli tekshiruvdan o'tmagan bo'lsa
Standart tekshiruv yoki Batafsil tekshiruv va fotohisobot xizmatlariga buyurtma berishda omborda tovarlarning nomuvofiqligi yoki nuqsonlari aniqlanishi mumkin. Bunday tovarlar Nomuvofiqlik holatiga o'tadi va yetkazib berishni davom ettirish uchun siz ombor tomonidan qoldirilgan izoh bilan tanishishingiz kerak. Buning uchun konvert belgisiga bosing va xabarni o'qing.
Agar tovarlarda siz uchun maqbul nomuvofiqlik bo'lsa, Yetkazib berishni davom ettirish tugmasini bosing. Shunda mahsulot ombordagi holatini o'zgartiradi va yetkazib berishga tayyor bo'ladi.
Agar tovar nuqsonli bo'lsa yoki sezilarli darajadagi nomuvofiqlikka ega bo'lsa, Sotuvchiga qaytarishni bosing.
Sotuvchingizdan oldindan aniqlashtirib, qaytarib yuborish manzilini xitoy tilida ko'rsating.
E'tibor bering
Xitoy bo'yicha qaytarib yuborish manzilni yetkazib beruvchingizdan so'rashingiz mumkin. Manzil faqat xitoy tilida ko'rsatiladi.
Murojaat(tiket)ni qayerda va qanday rasmiylashtirish mumkin
Shaxsiy kabinetingizda "Murojaat yaratish" funksiyasi mavjud bo'lib, uning yordamida biz buyurtma qilingan tovarlar yoki jo'natmalarda yuzaga kelgan muayyan muammoni tezda hal qilishga yordam beramiz. Bu murojaat sizning shaxsiy kabinetingiz nomidan ma'lum bir tovar/jo'natmaga biriktirilgan holda, barcha mumkin bo'lgan ma'lumot uzatish kanallarini chetlab o'tib, to'g'ridan-to'g'ri mutaxassisga yuboriladi. Mutaxassis (Xitoy yoki O'zbekistondagi) darhol savolingizni ko'radi va bevosita o'zingizga javob yo'llaydi (kechikishlar Xitoyning soat mintaqasi bilan bog'liq - Toshkentga nisbatan +3 soat).
Murojaat yaratish uchun belgilash orqali tovar yoki jo'natmani tanlang va yuqori paneldagi Murojaat yaratishni bosing.
Taqdim etilgan ro'yxatdan savol mavzusini tanlang va izoh yozing. Murojaat yaratish ni bosing.
Tayyor! 24 soat ichida savolingizga javobni kuting, u Yordam oynasining Murojaatlar bo'limida joylashgan bo'ladi.