Ro’yxatga olindi: №2022 yil “ ”



Yüklə 186 Kb.
səhifə2/10
tarix04.10.2023
ölçüsü186 Kb.
#152199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Malakaviy amaliyot dasturi

Taqrizchilar:
Matchanov SH.K. __________UrDU, «Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi» dotsenti

Mundarija

  1. Kirish…………………………………………………………..………………………….4

  2. Umumiy qoidalar ................................................................................................................5

    1. Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari .............................................................5

    2. Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi.........................................................6

    3. Malakaviy amaliyot hisobotini rasmiylashtirish.....................................................7

  3. Malakaviy amaliyot mobaynida talaba amal qilish lozim qoidalar.....................................8

  4. Malakaviy amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotini himoya qilish.............................8

  5. Ilova.....................................................................................................................................9

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................................................10



  1. Kirish

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizomning (OO‘MTVining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) ” 1.3.bandiga muvofiq 5321600- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.
Hozirgi kunda respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmaoqda.bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalaridan biridir.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuajini o‘zlashtirib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos.
5321600- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dasturYengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
5321600- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti VI-semesrda, ya’ni 2020-yil ___ yanvardan boshlanib 2020 yil ___martgacha davom etadi, umumiy malakaviy amaliyot davri 8 xafta bo‘ladi. Mazkur ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejasiga binoan malakaviy amaliyot uchun ajratilgan 8 xafta davomida jami 288 soat, ya’ni xaftasiga 36 soatdan amaliyot mashqlari va mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba malakiy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalaendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.


Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin