Ro’yxatga olindi: №2022 yil “ ”
2.3. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISH Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturgamuvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayyon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi. Hisobot ikki qismdan: mant qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak. Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi. Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlariga muvofiq bayon etiladi. Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘taj va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan: a) ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarsiz to‘ldirilishi; b) o‘z qo‘li bilan yozilishi; v) amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak. Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi. Hisobot standart hajmdagi qag‘ozda (A4, 210-297 mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Hisobotning tarkibiy qismlari (na’munaviy) Titul varag‘i Mundarija Kirish Amaliyot o‘tilayotgan korxona tarixi Amaliyot o‘tilayotgan korxona struqturasi Asosiy qism (mavzular bo‘yicha topshiriqlarni bajarish) Xulosa va takliflar Ilovalar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Yüklə 186 Kb. Dostları ilə paylaş: |