Ro’yxatga olindi: №2022 yil “ ”



Yüklə 186 Kb.
səhifə3/10
tarix04.10.2023
ölçüsü186 Kb.
#152199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Malakaviy amaliyot dasturi

2.UMUMIY QOIDALAR
2.1. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Talabalar malakaviy amaliyoti bakalavrlarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – talabani bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash hisoblanadi.
5321600- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil etishda talabalar amaliyot vaqtida silikat materillari ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari tuzilishini, texnikaviy ta’minlanganligshini va ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni o‘rganadilar; korxonlarni boshqarishni tashkil etish; zamonaviy texnikaviy vositalar bilan tanishadilar va o‘rganadilar; iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar; korxonalarida foydalaniladigan hisoblash texnikasi bilan tanishadilar;texnologik jihozlardan foydalanish darajasini ko‘tarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tashkiliy va ilmiy-texnikaviy hamda texnika xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘rganadilar, shuningdek korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
5321600- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti davrida korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishishi maqsadga muvofiq. Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Talabada ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

  2. Ishlab chiqarish korxonasida o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rganish.

  3. Amaliyot ob’ekti va boshqa sexlar o‘rtasidagi xajjatlar aylanishini o‘rgatish

  4. Amaliyot ob’ekti mavjud tartib qoidalari va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish.

  5. Amaliyot ob’ektida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rgatish.

  6. Amaliyot ob’ekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish

  7. Ijtimoiy-siyosiy, tashkilotkilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash.

  8. Amaliyot xisobotini yozish hamda iliy ishlarni amalga oshirish uchun kerakli materiallar to‘plash


Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin