Ro‘yxatga olindi № _________________ 2023 yil “_____” ____________
“TASDIQLAYMAN” _______________ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.E.Xolmurodov “_____” _________ 2023 yil
XORIJIY TIL (INGLIZ TILI)
fani bo‘yicha
SILLABUS
Barcha ta’lim yunalishlari uchun
1-kurs
QARSHI -2023
Modul / FAN SILLABUSI _____________________ fakulteti _________________ - ________________ ta’lim yunalishi
Fan nomi:
Xorijiy til (ingliz tili)
Fan turi:
Majburiy
Fan kodi:
XT1127
Yil:
1
Semestr:
1-2
Ta’lim shakli:
Kunduzgi
Mashg’ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
120/120
Ma’ruza:
-
Amaliy mashg’ulotlar:
120
Laboratoriya mashg’ulotlari:
-
Seminar:
-
Mustaqil ta’lim:
120
Kredit miqdori:
4/4
Baholash shakli:
TEST (HEMIS)
Fan tili:
O’zbek / Ingliz
Fan maqsadi (FM)
FM1
Nofilologik yo’nalishlarda Xorijiy tilni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tilning og‘zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o‘rgatish, turli kontekstlardagi muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tili ko‘nikmalari to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir. Fanning vazifasi – umum e’tirof etilgan xalqaro meyorlarga ko‘ra o‘rganilayotgan chet tilini A2 - B1 darajada egallashlari uchun zaruriy til ko‘nikmalarini integrallashgan tarzda o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.
Basic user of English language (A1-A2) – Ingliz tilini boshlang‘ich darajasi
4.
Pre-intermediate level of English language (B1) – O‘rta daraja
Ta’lim natijalari (TN)
Bilimlar jihatidan: Lingvistik kompetensiya
TN1
Nutqiykompetentsiya: • keng ko’lamli nutq yoki qator murakkab fikrlar bayonini;
• ma’ruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo’riqnomalar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlar, so’rov va fikrlarning mohiyatini;
• e’lon va xabarlarni;
• tanish va notanish konteksdagi murakkab autentik nutqni;
• o’rganilayotgan til egasi bo’lgan so’zlashuvchilarning suhbat yoki munozarasining aksariyat qismini;
• radio, internet va televideniya dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi;
TN2
Gapirish:Dialog: • o’rganilayotgan tilda so’zlashuvchilar bilan muloqotga kirishish;
• oldindan tayyorgarlik ko’rilmagan jonli muhokama va munozara yuritish;
• o’z sohalariga oid intervyuda ishtirok eta olish;
• bitimga, kelishuv yoki muammo yechimini topishda rasmiylik va hushmuomalalikdan foydalanish;
• rasmiy muhokama doirasida o’z fikr va mulohazalarini aniq ifodalash;
• o’z hamkori bilan muzokara yuritish;
• ma’lum masala yuzasidan madaniy tartibga amal qilib ma’lumot yoki iltifot so’rash;
• muhokamalarda o’z fikrlarini asoslash, o’zgartirib talqin eta olish va tuzatish;
• rasmiy doiralarda (masalan, seminar va hokazolar) xos ravishda savol-javob qilish;
TN3
Monolog: • ma’lum mavzu bo’yicha yaxshi taqdimot qilish;
• o’z sohasi bo’yicha ma’limotlarni aniq va batafsil bayon etish;
• ma’lum mavzu bo’yicha og’zaki ma’ruza qilish;
• maqola, ma’ruza yoki muhokama yuzasidan aniq umumlashgan xulosa qilish;
• tanish mavzuga oid qarash yoki fikrni rivojlantirish, dalillar, misollar keltirish orqali asoslash;
TN4
O’qish: • tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy / ayrim jihatlarini;
• o’z sohalari va qiziqishlariga mos yozishmalarni;
• jadval, grafiklarning qisqa izohini;
• murakkab nomalarni;
• maxsus va murakkab yozma yo’riqnoma va yo’nalishlarni;
• tezislar, ma’ruza matnlari, konferentsiya dasturlari, mundarija va shu kabi matnlarni;
• kasbiy sohalariga oid matn va ma’ruzalardan tegishli ma’lumotni ajrata oladi.