Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


XX –XXI asr rassomlarining kompozitsiya haqida fikir mulohazalar



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə28/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

3.2.XX –XXI asr rassomlarining kompozitsiya haqida fikir mulohazalar
Tasviriy san’at yunalishlari XIX asr 60 yillari O‘rta Osiyoda, Ozbekiston rassomlari dastgoxli rangtasvir kompozitsiya, realistik san’ati texnalogiyasini qullash rivojlandi. O‘zbek, rus, va boshqa millat vakil rassomlari o‘z asarlarida xalq va tabiatni tasvirladilar. Zamonaviy realistik tasviriy san’tiga asosan XX asr boshlarida O‘zbekistonga kelgan rassomlar tomonidan asos solindi, Birinchilar qatorida M. Kurzin, P.Bure, I. Kazakov, A.Isupov. N. Rozanov kabi rassomlarni aytish mumkin. 1918 yili Samarqandda, 1919 yilda Toshkentda Turkiston o‘lka rassomchilik maktabi tashkil topdi. Boshqa rassomlar qatorida A. Volkov yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa O.Tatevos’yan rahbarlik qiladi. O.Tatevos’yan assom sifatida 20 yillarda tanildi. U o‘zini manzara, natyurmort, portret, maishiy janrlarda sinab ko‘radi va asarlarida sharqni o‘zgacha talqin qildi.
Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954- 57 yillarda yosh rassomlarga dars beradi. Rus demokrat rassomlardan I. Repinning shogirdi N.Rozanov 1924 yili san’at muzeyi qoshida birinchi bo‘lib tasviriy san’at studiyasini tashkil etdi. Bu milliy studiyada o‘zbek rassomlar X.Valiev, 3. Saidnosirova, A. Toshkentboev, O‘ Tansiqboev va boshqalar birinchi bo‘lib saboq olishdi. N.Rozanov kabi I. Kazakov ham rus realistik san’atini asoslarini yoshlarga o‘rgatdi. Realistik san’at bilan bir qatorda Petrov-Vodkin, N. Kuznetsov, A. Volkov kabi bir necha rassomlar formalistik yo‘nalishga burilib ketdilar.
Bu yo‘nalishni amalga oshirganlardan biri A.Volkovdir. Uning «Anorli choyxona», «Karvon», «Sandal oldidagi o‘yinchi» kabi asari 1924 yili Toshkentda, Moskvada shaxsiy ko‘rgazmada namoyish etildi.
Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan keyin realistik yo‘nalish qaror topdi. Volkov «Anorli choyxona» asaridan keyin ijodida burilish yasadi.
U o‘z esdaliklarida realizm yo‘li inson obrazini yaratishda tug‘ri yo‘lligini ta’kidladi. Avtoportret, Rafiqasi portreti, Kolxozchi, Paxta terimi, «Bayram» asarlarida realizm yo‘li namoyon bo‘ldi.
Aleksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola terish, to‘y, hosil bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.
Karvon asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati arava g‘ildiraklarini g‘ildirak tovushlari bilan bog‘lanib, bir rang spektri kompozitsiyasiga aylangan «Uchta so‘zana» asarida shartli geometrik figura qizil, ko‘k, oxra, sariq rangli shakllarni bir - biriga tutashishi musiqa ohanglarini eslatadi.
Shu davrda portret va tarixiy mavzuda O‘. Tansiqboev, Usta Mo‘min (Nikolaev), V. Ufimtsev, M.Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.
Keyinchalik 1960 yildan boshlab Urol Tansiqboev ijodida manzara janri gullab rivojlanadi. U o‘ziga xos usulda manzara komnozitsiya maktabini yaratdi. «Issiq ko‘l», «Ona o‘lka», «Togda kuz» kabi ko‘plab asarlari Tret’yakov gallereyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining oltin fondidan joy olgan. Peterburg Badiiy akademiyasida ta’lim olgan P.P. Benkov 1928 yili birinchi marta O‘zbekistonga keldi. Bu diyor o‘zini betakror go‘zalligi bilan uni o‘ziga maftun etdi. Shu vaqtda u Buxoroda bo‘lib, «Buxoro bozori», «Chor-minor masjidi», «Xovuz labidagi choyxona», «Uzum bozori». «Usti yopiq bozor» kabi manzaralarni yaratdi.
Rassom 1930 yili Xiva, keyin Samarqandga keldi. Bu ajoyib o‘lkani tabiati, hayoti, odamlari yangi ijodga ilhomlantirdi. Tez orada u Qozon shahridan Samarqandga ko‘chib kelib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.
Rassom shahar tor ko‘chalarini kezib, masjid-madrasalarga, xonadonlarga kirdi, bozordagi shovqin-suron, savdo - sotiq bilan band, ranglarga boy libosdagi odamlar hayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan chehralarini mashaqqatli mehnat evaziga etishtirilgan meva, noz-ne’matlarning rang — barangligi uning ko‘zini qamashtirdi, yangi ijodga ilhom bag‘ishladi. U ilk bor «Xivali qiz» suratini yaratdi. Peshin payti, charog‘on quyosh nuriga g‘arq cho‘milgan Xiva hovlilarining birida o‘smir qiz charx yigirib o‘tiribdi.
Uning egnida guldor ko‘ylak, boshida chiroyli do‘ppisi. Ko‘zlarini diqqat bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo‘llarning harakati, uning berilib ishlayotganidan dalolat berib turibdi. Surat bo‘yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur his etamiz.
Bu asarni o‘zbek tasviriy san’atida birinchi realistik ijod namunasi deyish mumkin. O‘z paytida u Tret’yakov davlat gallereyasining doimiy ekpozitsiyasidan o‘rin olgan edi.
Rassom 30 yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki chizgilar sifatida badiiy materiallar to‘pladi. Uning «Xujum» nomli pillakashlik fabrikasi, «Registonda 8 mart» polotlonalari shular jumlasidandir. U o‘z ustozlari D. Kardovskiy, I. Repindan o‘rgangan hayotni chuqur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish an’analarini davom ettirib o‘ziga hos ranglar «politra»sini yaratdi. «Uzum uzish» yoki «Dugonalar» kartinasida ko‘p millatli vatanimizda xalqlar do‘stligi g‘oyasi obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, go‘zal farovon turmushi asar kompozitsiyasida mohirona hal etilgan.
Qalin novda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlarida pishib etilgan uzum bog‘lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o‘zbek, ikkinchisi rus qizi, ular kompozitsiya ma’naviy markazini tashkil etadi.
Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham keksa bog‘bon ham bir oila a’zolaridek ko‘rinadi. Tasvir yorqin buyoqlarda ishlangan, unda havo ko‘p bo‘lib, serquyosh O‘zbekistonning go‘zal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.
P. Benkov, hayotni ko‘p ko‘rgan, yoshi ulug‘ odamlar suratini chizishni yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri «Ilg‘or kolxozchi portreti» edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks ettirilgan.
1945 yili P.Benkov safdoshi - shogirdi Kovalevskaya bilan bir - birlarini portretlarini chizishdi.
Portret iliq gammada ishlangan bo‘lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan. Samarqandda o‘tgan hayoti tematik kompozitsiyalar, maishiy kartina va portretlarga boy bo‘ldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi. U o‘zining 20 yillik ijodida «Bibixonim»da bahor, «Bahor», « Shaftoli gulladi», «Tokzorli hovli», «Kuzdagi xovli» kabi ajoyib manzaralini yaratdi. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan asarlardan P. Benkovning naqadar zabardas rassom bo‘lganligiga iqror bo‘lamiz. Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog‘langan. U Samarqand rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy san’at sirlarini o‘rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.
Shular orasida O‘zbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullaev, Malik Nabiev, Abdulxaq Abdullaev, Z. Kovaleskaya, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboblari Yu. Elizarov, R. Temurov, V.Fadeev, rassomlar A.Roziqov, P.Chernishev va boshqalarni misol keltirish mumkin. Uning pedagoglik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, yoshlarga bo‘lgan mehrida edi. U o‘z o‘quvchilariga kundalik hayotni sevish uni go‘zalligini ko‘ra bilishi va bu go‘zallikni o‘z asarlarida aks etdirishni uqtiradi. Naturani turi anglab chizishni, fikr yurgazishni, xotiradan chizish, tasavvurini kuchaytirishni talab qildi. Muntazam ravishda naturadan soya- yorug‘ ranglarni o‘zgarishini chizib ko‘rsatardi.
Shogirdlar xatolarini ko‘rsatib, bilan profesional mahoratini oshirishga undirdi. P.P.Benkov yoshlarda san’atga bo‘lgan ijodiy qobiliyatini uyg‘otish kabi muhim qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida Benkov o‘z tajriba, bilimini ayamadi. 1936 yili Leningraddagi sobiq ittifoq ko‘rgazmasida Benkov uni o‘quvchilarning ijodi namunalari yuqori baholar oldi. Bu ajoyib inson, o‘z asarlari kabi yorug‘, sahovatli edi. Shu yillar Respublika rassomchilik maktabini B.Hamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkentboev, L.Abdullaev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Petsza bilim yurtlarini I.Ikromov. A.Siddiqiy, U.Tansiqboevlar tamomlab ijodga yo‘llanma oldilar.
Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning «To‘y (1932)», B.Hamdamiyning L.Abdullaevning «Paxta terimi (1931)», Roziqovning «Maktabga» (1932) asarlarida namoyon bo‘ldi.
Akram Siddiqiyning «To‘y» kartinasi katta gulli so‘zana hovlida kontrast ranglarda, kompozitsiya tuzilishi amaliy san’at yo‘lida tasvirlangan. U o‘zbek xalq amaliy san’atini yaxshi o‘rgangan edi. Realistik san’at yo‘lidagi bu asarlarning yaratilishi Respublika badiiy hayotda muhim voqea bo‘ldi.
Ijodiy izlanishi A.Siddiqiyga yaqin bulgan O‘.Tansiqboev yorqin ranglar tizimida «Choyxona» (1934) kartinasini yaratdi. B. Hamdamiyning tengdoshi rassom AToshkenboev mehnat, kundalik hayot voqealari mavzusidagi asarlar yaratdi. 1934 yili bularni yaratgan kompozitsiya asarlari qo‘rgazmada yaxshi baholandi. P.Benkov bilan Samarqand rassomchilik maktabida yoshlarga dars bergan Z.Kovalevskaya «Teatr lojasida» nomli ajoyib asar yaratdi. Teatr lojasida o‘tirgan o‘zbek qizlarni nigohlarida hayajon, go‘zallik his tuyg‘ularini ko‘ramiz.
Orqada e’tibor bilan binoda kuzatayotgan keksa erkak va ayolni xotirjam qarashlari, qo‘l harakatlari lirik holatini ko‘rish mumkin.
Rangtasvir kompozitsiya jihatidan o‘ziga xos milliy koloritda ifoda etilgan. P.Benkov, A.Volkov qo‘lida o‘qigan B.Hamdamiy, L.Abdullaev, R.Temurov, P.Nasriddinov, A.Rahimov, A.Toshkenboev, A.Roziqovlar o‘z ustozlarini yaxshi an’analarini davom etgirdilar, mazmun, g‘oyalarni kengaytirdilar. Ayniqsa Samarqand rassomchilik bilim yurtini bitirgan L.Abdullaev dastlabki «Paxta terimi» (1931y) kartinasi bilan tomoshabin va san’atshunoslar fikrini qaratgan bo‘lsa, keyinchalik etuk rassom sifatida murakkab kompozitsiya asarlarini yaratdi.
Ayniqsa «Yosh shoir xuzurida» kartinasida kompozitsiya ustasi ekanligani tasdiqladi. Yigit va qizlar yosh shoirning she’rlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir gavdasi aniq tasviri kompozitsiya markazini tashkil etadi.
Qo‘lini ko‘tarib tantanali hayajon bilan she’r misralarini o‘qimoqda. Yoshlarning bilimga chanqoqligi, mehnatga mehr bilan intilishi ifodalangan. Uning «Mulla To‘ychi Toshmuhamedov» portreti, M.Nabiev, S.Muhamedov, X.Raxmonovlar bilan hamkorlikda yaratilgan poyafzalchi «Ubay Raxmatullaev brigadasi» asari eng yaxshi san’at asari sifatida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanmoqda. Yuqorida qayd etib o‘tilgan rassomlar 50–yillarda Toshkentdagi Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars berdilar, rasm chizish va kompozitsiya asari yaratishni o‘rgatdilar. 40-50 yillarda shular bilan bir qatorda rassomlar yoshlarga tasviriy san’at sirlarini urgatdilar.Maishiy janrda kuplab asarlar yaratgan rassom N. Kashinadir. Uning «Doira chalayotgan qiz» (1945Y) «Tushki tanaffus» asarida insonni mehnat bilan barhayotligi, uni toza havo, oftob nurlaridan tabiatdan zavqlanayotgani o‘z aksini topgan.
Asar kompozitsiyasi, rang koloriti, milliy ruhda, insonni zamonaviy hislatlari, kompozitsiya tuzshp vositalari namoyon bo‘lgan, Yoshlarga metodik tavsiya vazifasini bajaradi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin