Ch. Axmarov 1947 yili Toshkentdagi Navoiy nomli opera va balet teatri binosi foyesi devoriga A. Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asariga bag‘ishlangan mahobatli ranggasvir asarini ishladi. Asosiy mavzu afsona yoki bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘lishiga qaramay, tipajlar, ularni aniq o‘xshashligi, murakkab kompozitsiya echimida topilgan.
Tasvirdagi odamlar hajmsiz aniq chizgilarda va engil nozik ranglar tusida tasvirlangan.
«Monumental» panno mavzusida A.Navoiyning «Farhod va Shirin», Etti sayyora, «Iskandarnoma», «Layli va Majnun»ning poemasi asosida «Faxod va Shirinni, Layli va Majnunni uchrashuvi, Baxrom-go‘r va Dilorom, Iskandarning to‘g‘on qurilishini kelib-ko‘rishi kompozitsiyaning asosiy negizini tashkil etadi». Shirin kanizaklari bilan Farhodga nigoh tashlab uni qilgan jasoratiga ta’zim qilayotgan vaqti ifodalangan. Asarning muvafaqqiyatli chiqishida rassomning A.Navoiy dostonlarini yaxshi sinchiklab o‘rganganligi katta yordam bergan. Bu asar uchun Ch.Axmarov 1948 yili «Davlat mukofoti»ga sazovar bo‘lgan edi.
50 yillarda rassom Moskva, Qozon, Dnepropetrovsk, Kemerova shaharlarida asosan mahobatli-devoriy sura’tlar ustida ishladi. 1961 yildan boshlab Ch. Axmarov yana O‘zbekistonda ijod qila boshladi. «A’lochi qiz», «Rahima», «Balerina», Rassom «Temurov portreti», «Mukarrama Turg‘unboeva», «Zulfiya» kabi portretlarni yaratdi. Ayniqsa shoira «Zulfiya portretida nozik chizgilar bilan gavda va qo‘l holati, liboslar o‘ziga hos go‘zal holatda ifodalagan. Shoiraning samimiyligi, yoqimtoy nigohi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi sezilib turadi. Ch.Axmarov zamovaviy o‘zbek ayolini ziyo tarqatuvchi ma’naviy boyligini, ichki go‘zalligi ochib bergan. Chingiz Axmarov ko‘p yillar davomida K.Behzod nomli Toshkent milliy rassomchilik va dizayn institutida kafedra mudiri, professor bo‘lib ishladi.
Ko‘plab o‘zbek «monumental»chi rassomlarni etishtirib chiqardi va o‘ziga hos mahobatli kompozitsiya san’ati maktabini yaratdi. 1953 yili Repin nomidagi Leningrad badiiy akademiyasi inistitutini R.Axmedov, N.Qo‘ziboev, T. Oganesov, M.Saidov, V.Zelikov, Muxina nomidagi oliy san’at bilim yurtini V.Jmakin, V.Sosedovlar (1954-55y). V.Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini Yu.Elizarovlar tamomlab yangi kuch va ishtiyoq san’at olamiga kirib kelishdi. Ijod bilan bir qatorda P.Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga saboq berishdi.
Shu sababli o‘sha yillari bilim yurtini bitirib chiquvchilarning turli nufuzli oliy badiiy uquv yurtlariga kirib o‘qishlariga zamin yaratildi.
Ular orasida yosh va iqtidorlisi N.Qo‘ziboevdir. Uning Qora - qum havzasiga bag‘ishlangan «Qidiruvchilar» (1953y) diplom ishi a’lo darajada himoya qilinib, DAK a’zolari va raisi Ioganson maqtoviga sazovor bo‘ldi va institut muzeyidan doimiy o‘rin oldi. O‘zbek xalqining orzusi quruq erni ochishga otlangan halqning shijoati, g‘ayrati N.Qo‘ziboevning «Qidiruvchilar», «O‘zi o‘zanida» kartinasida o‘z aksini topgan.
Mazmun va kompozitsiya jihatidan o‘ta antiqa zamonaviy bu asarda mahorat bilan, jazirama issiqda ishlayotgan matonatli kishilar obrazini tasvirlab berilgan.
Asar kompozitsiyasida chodir yonidagi shijoatli odamlar, yuk ortilgan tuyalar, mahsus qidiruv ishlari jihozlari tasvirlangan. Inson kuch- qudrati bilan tabiiy ofatlarni engib, cho‘lni bog‘u - bo‘stonga aylantirayotganlar tasviri manzarasini guvohi bo‘lamiz. Rassom xaqiqatni jozibali tasvirlagan.
Kompozitsiya jihatidan mavzu va ma’no bir - biriga juda mos bog‘langan. Cho‘l oftobida toblangan afsonalar yaratuvchi inson obrazi asarda eng muhim vositadir.