L.Semizorova Halq amaliy san’ati turlaridan giblen asrlari kompozitsiyalari asosida turli g‘oyada kurinishlar zamonaviy rangtasvirini tasvirlab kelmoqda. Giblen qadimgi Fransiyada XIII asirdan tasviriy san’atga kirib kelgan. L.Semizorova giblenni zamonaviy yo‘nalishlar asosida g‘oyaga asosan o‘zining metod va usul kompozitsiyalarida tasvirlanishni yoqtiradigon. U mashhur mohir va taniqli gobelen ustasidir. Giblen inte’er kompozitsiyasiga kiruvchi dekarativ badiiy bezak sifatida qo‘llaniladi. Giblen zamonaviy jarayoni o‘z ichiga oluvchi xalq amaliy san’at turlaridandur. Murakkab bosqichni o‘z ichiga oluvchi giblen dekarativ bezak vazifasini o‘taydi. Giblen juda qadim zamonlardan rivojlanish bosqichini bosib o‘tmoqda. Giblen san’ati yoshlarni xozirgi kunda judayam qiziqtirmoqda. Giblen texnalogiyasi qo‘l mehnatini o‘z ichiga oluvchi san’at turlaridan xisoblanib, uning asosi metodik bosqichma- bosqichliklik asosida o‘rganiiladi. Birinchi asar g‘oyasi qoralamasi chizib olinadi, keyin uni maxsus ramkaga tortiladi, va ramkada knopkalanib asar g‘oyasi asosida ish olib boriladi. Junli iplar yordamida qo‘l mehnatini o‘z ichiga oluvchi, g‘oyaviy kompozitsiyada ijodiy g‘oya asosida fikirlab, to‘qiladi. L.Semizorova turli xildagi zamonaviy yo‘nalishlardan abstrak mazmun asosidagi kompozitsiyalarni tasvirlaydi. Gul, natyurmort manzaara, avtoportret, tabiat, dunyodagi olamni sirli ko‘rinishdagi g‘oyalar o‘z aksini topgan. Gibleni o‘rganishda, rangtasvir, kompozitsiya, qalamtasvir fanlridan nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishi kerak deydi: L.Semizorova tasvirni aniq olishni bilsh uchun rassomlikdan o‘qigan va bilimga ega bo‘lgan ijodkor yoki iste’dodli talabalar o‘rganishi mumkin. U Farg‘ona vodiysida yashagan davrdanoq gobelen san’ati rivojlandi. Uni san’ati ixlosmadlari ijodkorlar yoshlarni befar qoldirmas edi, chunki nozik qo‘l mexnatini qadir qimati yuqoriligi bilan baholanadi. Uning eng yaxshi gobeleni “Birga uchamiz”, ko‘pkina xrizantema gullarini tasvir mutanosibligida “Plod”, qurilishi gularni tusli dog‘ ko‘rinishda o‘ta mohirlik bilan tasvirlagan. Uning hamma ishlarida “Kuzgi ko‘rinishlar”, “Oazis”, “Qiz va udod” va boshqa obrazlari fakturali mutanosiblikda, mayda bo‘laklar nozik tasirli va chuqur falsafiy ma’noni anglatib ijodkor dunyodagi voqealikka gul, naqqshga ramziy belgilarga shakl hajm berib ranglarda katta dog‘ kampozitsiya qonunlariga dekarativ tarzda yondoshishni yoqtiradi. Semizorova L.P. “Choy va anorlar” kompozitsiya asosini nozik suliyet rang-barang ranglarni o‘zgacha tasavvuri poetik emotsional ruxda aks ettirilgan, “Granatavaya chayxana” kompozitsiyasi gobelen texnikasini moxirlik bilan musavvira tomonidan ranglarni Farg‘ona vodiysini manzarali shox va anorlarni zamonaviy tamoillar asosida tasvirlaydi. L.Semizorova g‘oyalari tasviriy san’atda yoshlarimizni ma’naviy barkamol shaxs bulib shakillanishida estetik tarbiyalaydi.
Gobelen (rus.) qoʻlda tasvir hosil qilib toʻqilgan gilam (shpaler), badiiy buyum. Parij manufakturasi (1662)ning mahsulotlari dastlab shunday atalgan (15-asrning mashhur boʻyoqchilari Gobelenlar nomidan). Giblen rangli jun va ipak (baʼzan tilla va kumush) iplar bilan rassomlar (manufaktura boshqaruvchisi rassom Sh. Lebren, 18-asrda F. Bushe, J. B. Udri va b.) kartondan buyumning tabiiy kattaligida bajargan tasvirlari asosida toʻqilgan. Masalan, Rafael Vatikan uchun havoriy (apostol)lar hayotiga oid shpalerlar turkumi kartonlarini chizib bergan, toʻquvchi ustalar shu kartondan foydalanib Giblen toʻqiganlar. Alohidaalohida toʻqilgan boʻlaklar bir-biriga tikilib yaxlit tasvir hosil qilingan. Giblenning uziga xos xususiyati oʻngining chiviqli yuzasi va orqa tomonining notekisligidir. 17 18-asrlar Giblenlari yuksak badiiyligi (tarixiy, afsonaviy, diniy va adabiy mazmuni) bilan mashhur boʻlgan, shu tufayli boshqa manufakturalarda taqlidan yaratilgan shpalerlar ham Giblen deb atala boshlangan. 19-asrdan patsiz, patli, gilamsimon toʻqima matolar, hatto tasvir ishlangan kigizlar ham Giblen deb atala boshlandi. Hozir qoʻlda va mashinalarda tabiiy va sunʼiy tolalardan toʻqilgan patsiz, patli mebel matolari, turli bezak matolar ham Giblen deb ataladi.
Oʻzbekistonda Giblen 1960-yillardan toʻqila boshlandi. 1970-80-yillarda keng tarqaldi. M. Churlu, Ya. va A. Ishoqovlar, L. Taldikina kabi ustalar samarali mehnat qildilar. Giblenning asosiy markazlari Toshkent va Fargʻona shahlaridir. Fargʻona (V. Useinova, L. Semizarova, S. Shixova va b.) va Toshkent (M. Tyurina, R. Ibrohimova va b.) ustalari bu sohada barakali ijod qilmoqda. Oʻzbekiston Giblenlarida Sharq bezaklari, tabiat manzaralari, mahalliy tasvir, rang-baranglik ustun turadi. Yana q. Gilamchilik.