Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə34/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

San'at galereyasi- san'at muzeyi, unda faqat yoki asosan rassomlik asarlari namoyish etiladi. San'at galereyasi, shuningdek, rasmlar kollektsiyalari uchun mo‘ljallangan yirik muzeylar va saroy zallaridagi rasm bo‘limlari deb ataladi. Qadimgi Yunonistonda rasmlar ombori Pinakothek deb atalgan, keyinchalik katta rasm to‘plamlari, ya'ni san'at galereyalari shunday nomlangan. Dunyodagi eng yirik sanʼat muzeylarining koʻpchiligi sanʼat galereyasi boʻlib, galereya nomini olgan, jumladan, Londondagi Milliy galereya, Vashingtondagi Milliy sanʼat galereyasi, Moskvadagi Davlat Tretyakov galereyasi va boshqalar. Hozirgi kunda ko‘plab yosh rassom pedagoglar ijodini tashkil etayotgan zamonaviy yo‘nalishida inson psixologiyasi obrazi sulet, belgi, rang, chiziq shakl makonida kompozitsiya tamoillari yechimida falsafiy g‘oyada estetik munosabatda yoritiladi. Farg‘ona vodiysi zamonaviy pedagog rassom ijodkorlari kompozitsiyalari tabiatning o‘zgacha betakror go‘zalligi bilan madaniyat xazinasiga kiruvchi haqiqiy shox asarlar ham dunyoga kelgani ma’lum bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi birinchi rassomlaridan Aleksandr Nikalayevich Volkov uning taniqli 1920 yillarda “Farg‘ona qishloqlar”, “Eski shaxarning choyxonasi”, “Anorli choyxona” kompozitsiya asarlarida insoni ma’naviy oziqa oladi, rassom ijodkorlarga ilxom bag‘ishlovchi kuchga ega. A.Volkov ijodida yorqin avangar vositalari orqali ifoda etuvchi asrmiz boshlari Yevropa san’atiga hos bo‘lgan xususyatlar bilan bog‘liqdir. A.Volkov palatnolarida rangtasvirni faktura bilan berishga, shakl va rang o‘yg‘unligi ishtiyoqmand bo‘lgan; uning uslubiy qidiruvlari kubizm an’analarini o‘zida davom ettiradi. Yangi rangtasvir tilini anglash asnosida u sharqni o‘zi tushungan tarzda tasvirlashga intiladi. A.Volkov ijodini kuchli tomoni, doimo kolorit (yetakchi ranglar jilvasi)ni bera olish edi. Uning eng mashxur asari Parij ko‘rgazmasida Grant-Prini olgan. “Anorli choyxona” kabi mashhur ishida eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan. 20-yillarda rassom ranglarga boy asarlar turkumini yaratdi, ularda an’anaviy syujetlardan foydalangan holda sharqona hayot tarzining tarixiy qatlamlarini ochib berishga, Yevropa uchun sirli va g‘ayritabiy bo‘lgan dunyoni anglashga intildi [7.6-29]. Shakl - tashqi ko‘rinish, kontur, tasviriy san'atda - ob'ektning hajmli va plastik xususiyatlari, san'atning barcha turlarida - obraz yaratish, asar mazmunini ochish uchun xizmat qiluvchi badiiy vositalar. Ijodiy jarayonda ular g'oyaga eng mos keladigan shaklni topadilar. San'atning har qanday ko‘rinishida shakl asosan asarning badiiy sifatini belgilaydi. Tasviriy san’atda badiiy shakl kompozitsion tuzilma, vosita va uslublarning birligidir. badiiy materialda amalga oshirilgan va g‘oyaviy-badiiy tushunchani o‘zida mujassam etgan.
XX asrda Farg‘ona rassomlari asarlarida relistik rangtasvir va amaliy san’at yo‘nalishnida rassom, ustalar ijod etgan. Ulardan Petra Maksimovich, nafis rangtasvir ustasi akvarelda natyurmort, manzara janrlarida ijod etgan. L.G.Panchenko, A.N.Uzlov, U.Axunova, V.Puchkovskogo, V.V Kosino, M.M.Fatkulina, M.Djuraboyev va boshqa rangtasvirda, o‘zgacha ta’surot tamoillarida 1970-1980 yillada Avangard yo‘nalishida tasvilangan Rassom Lva Sergeyevicha Snegireva, N.Glavyuka, V.Axunov, F.Ibryayeva, M.Churlu, E.Izetov, YUUseinova, G.Kapsana, Sergey Alibekov o‘zlarining asil nusxadagi qaytarilas rangtasvir, grafika multiplikatsiya asarlarini yaratdilar.
1980-90 yillar davomida Farg‘onada taniqli rassomlar va xalq amali san’at ustalari guruxlaridan keyigi avlod zamonaviy ijodkor rassomlar o‘zlarining qaytarilmas kompozitsiyalari bilan tasviriy san’atni mustaqillik yilaridagi zamonaviy yo‘nalish tamoillari asosida ko‘plab noyob turli hil janrlar asosida o‘zgacha vodiy ko‘rinishlarini aks etirishgan.
1991-2023 yillar mobaynida badiiy ijod - adabiyot, me'morchilik, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, san'at va hunarmandchilik, musiqa, raqs, teatr, kino va inson faoliyatining boshqa turlari, ular voqelikni aks ettirishning badiiy va obrazli shakllari sifatida birlashtirilgan, ijtimoiy ong shakli; yaratish, bilish, baholash va insoniy muloqotning organik birligi sifatida dunyoning ma'naviy-amaliy rivojlanishining o‘ziga xos turi. Tor ma’noda – tasviriy san’at rivojlandi. I.Batova, V.Puchkov, L.Semizorova, V.Xaydukov, A.Xamidov M.Jurabayev, 2001-2023 R.Djalilova, N Abdullaev, A Azimjonov, O Shokiraliev 2022 yil Yosh rassomlar Gulchera Axmedova, Malika Boltaboeva, G‘iyos Boltaboev, M Qurbonova rangtasvir, natyurmort, manzara portret, maishiy tarixiy zamonaviy mavzudagi kompozitsiya, goblen, batikka vodiyni tabiati shirin–shakar mevalariga to‘la bog‘lari, Shoxmardonning go‘zal tog‘lari tabiati, soy va ko‘llari o‘simliklari dunyosi to‘g‘risida har qancha tasvirlasa arziydi.
Badiiy ish - badiiy ijod mahsuli bo‘lib, unda o‘z ijodkori – san’atkorning ma’naviy va mazmunli niyati hissiy-moddiy shaklda mujassamlangan va estetik qadriyatning ma’lum mezonlariga javob beradi; badiiy madaniyat sohasida kuplab yangi o‘zbekiston tarixi san’atini boyitdilar. Farg‘ona tasviriy san’at rassohlaridan M.Jurabayev Dasgohli rangtasvir kompozitsiyalarida ijod etib kelmoqda. Portret manzarasi, natyurmort tarixiy, maishiy hayotdagi bag‘ri keng insonlar haqida tinmay yangi mavzular ustida ishlaydi va izlanib kelmoqda. Asarlarida milliy ma’naviyatimizni yuuksalishida o‘zgacha g‘oyalarda kompozitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Xar bir portret janrida “Paxta haqida suxbat”, “Qarshilik ayol”, “Onalik”, “Oilaviy zveno”, “Gulchexra portreti”, inson pisixalogiyasidagi ichki kechinmalarni o‘z qarashlari orqali rang-mutanosibligini o‘zgacha xamoxanligida mujasam etirib, xar bir obrazni dunyodagi voqelikka munosabatini estetik va ma’naviy xayotdagi munasabatlarini yoritib tasvirlagan. O‘zbekiston tabiyatidagi ko‘rinishlardagi rang-barangligi insonlarga emotsonal tasurot qoldiradi. Farg‘ona vodiysini Shoxmardon tog‘lariga qarab xudi voqelikni aks xolati o‘zacha rassom nigoxida mujasamlashtirilganligini guvoxi bo‘lasiz. Ranglarni o‘ta jonlantirganligi tabiat qo‘yniga bir daqiqada, xayoliy tasavvurimizda mujasam etirilib, borliqdan o‘z ko‘rish va sezishimiz, tasurotida ilxomlanamiz va ma’naviy oziqalanib estetik tarbiyalanamiz.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin