ʻrta maxsus taʻlim vazirligi mirzo ulugʻ


I BOB Jismoniy tarbiya va sport menejmenti uning maqsad vazifalari



Yüklə 46,12 Kb.
səhifə2/8
tarix24.09.2023
ölçüsü46,12 Kb.
#147638
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sport industriyasi bilan 1

I BOB Jismoniy tarbiya va sport menejmenti uning maqsad vazifalari
1.1 Sport menejmenti muhiti
Globallashuv, sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Iqtisodiyotda o‘sib borayotgan integratsiya, ishlab chiqaruvchi va iste`molchi orasidagi munosabatni tezlashtirib, uni xilma-xillashtirmoqda. Sport esa bundan faqat foyda ko‘rmoqda. Bugun tomoshabinlar dunyoning eng muhim voqealariga guvox bo‘lishlari uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatga ega. Misol uchun: Olimpiya o‘yinlari, regbi,futbol bo‘yicha jaxon chempionatlari, basketbol, tennis va golf va boshqa sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rishi zavq olshishi mumkin. Musobaqa jarayonida muxlislar nafaqat bellashuvlarni maydonda turib kuzatishlari, shuningdek gazeta va jurnallar, radio kanallar, televidinya, internet, elektron pochtaga va telefonga keluvchi SMS xabarlar hamda turli onlayn raqamli texnalogiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga ulangan holda o‘z sevimli sportchilari, jamoalari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Xozirgi kunda global ravishda sport bozorlari rivojlanmoqda, bu esa sport menejerlari o‘zi faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan sohalarini yaxshi bilishlarini talab etadi. Ko‘pchilik davlatlar sportni o‘zini tanitish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning muhim omillaridan biri deb hisoblaydi. Ular sport tashkilotlarini qo‘llab-quvatlash, nazorat qilish va boshqarishga doir ko‘plab me`yoriy hujjatlar qabul qiladilar. Davlat boshqaruv organlari yuqori malakali sportchilarni tayyorlovchi tashkilotlarni, milliy sport tashkilotlarini, katta sport tadbirlari tashkilotlari va katta sport inshootlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar. Yaratib berilgan imkoniyatlar evaziga davlat sportning ommaviy bo‘lishini, jamiyatning barcha qatlamlari uchun sport erkin bo‘lishini, alkogol va narkotiklarga qarshi targ‘ibotlar o‘tkazishni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishini talab qiladi. Sport tashkilotlarini mehnat shartnomasi, soliqqa tortish, korparativ boshqaruv sohalarini litsenziyalash va qonuniylashtirish, davlat miqyosida olib boriladi. Sport tashkilotlarini boshqarish sunggi 30 yil ichida yuqori darajaga ko‘tarildi. Sport iqtisodning muhim tarmoqlaridan biriga aylanishi, musobaqalarning tijoratlashishi, havaskor sport tashkilotlarining to‘lovli boshqaruvchilarning paydo bo‘lishi va ularning soni ortishi, sport tadbirlarida ishtirok etib daromad topadigan insonlar sonining ortishi, sport tashkilotlari va ularning menejerlarining o‘z professsionalizmini oshirib borishiga majbur qilmoqda. Natijada sport menenjerlarini tayyorlovchi o‘quv maskanlarining soni oshdi, shu soha mutaxasislariga talablar oshdi, endilikda ular iqtisodning bu tarmog‘ida bilim, ko‘nikma malakalarga ega bo‘lishlari talab etila boshlandi, bu sohada professional va ilmiy assotsiatsiyalar soni oshdi, sport menenjerlarining ish aloqalari kengaydi. Ular hisobchilar, huquqshunoslar, soliqchilar, davlat siyosati maslahatchilari, boshqa soha menenjerlari, arxitektorlar, bozorni o‘rganuvchilar, OAV mutaxasislar, sport agentlari, olimlar, murabbiylar, hukumat rahbarlari, volontyor va boshqa soha vaqillari bilan birgalikda ishlaydilar.
Telekomunikatsiyadagi rivojlanishlar bilan bir qatorda boshqa sohalarda ham yangiliklar, jadal sur’atda o‘zgarishlar kuzatilyapti: mashg‘ulot uslublari va natijalarni oshirish yo‘llari mukammallashtirilmoqda (shuningdek, medekomentlarni ishlatish bilan ham), informatsion texnologiyalar, musobaqa o‘tkaziladigan joylar, sport anjomlari, hattoki musobaqa natijalariga qarab belgilanadigan pul mukofotlari ham. Buning hammmasi sport menenjerlarini yangi strategiyalarini izlashlariga, intellektual mulkga egalikni himoya qilishlariga, yuzaga kelayotgan yangiliklarga, zamon talabiga mos o‘z rejalarini ishlab chiqishlari, izlanishlariga undaydi. Sport menenjerlari nafaqat texnik rivojlanishning yo‘nalishlarini tushinib yetishlari, balki uning ta’sirini ham ko‘ra bilishlari zarur.

Yüklə 46,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin