III BOB Sport menejmentining asosiy tushuchalari 3.1 Menejment tushunchasining ma’nosi va unga berilgan ta’rifi Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosini obyektiv iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy-ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlardan namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari Respublika xalq xo‘jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala iqtisodiy-ilmiy, texnikaviy-ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog‘lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim omil ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadalshtiruvchi qudratli hakarakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va mas’uliyat bilan mehnat qilishdan, ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobilyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sportda bularga faqat personal ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs, ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudod hamdir. Xuddi shunga bog‘liq holda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Ishchilar o‘rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, mehnat intizomi faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularning harakatlarini tartibga soladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va tashkilotlarining, tashkilorlarning, jumladan sport tashkilotlarining o‘z-o‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo‘lishini ta’minlovchi takomiilashgan xo‘jalik mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.
Davlat menejmentining maqsadi, jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatini qurishdan iboratdir.
Har qanday fan, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmenti fani o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet ushbu fan nima bilan shug‘ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning kelib chiqish, shakllanish va hayotda o‘z-o‘rnini topish qonunyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya va sportda personal ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko‘rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o‘rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqishi lozim.
Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonunyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport menejmenti soha jarayonlarida mavjud barcha boshqaruv kategoriyalarni mashg‘ulot va musobaqa jarayonlariga joriy etishni o‘rganadi. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Boshqaruv munosabatlari rahbar qo‘lostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, jismoniy tarbiya va sport menejmenti – bu eng avvalo Ishchilarni, personalni, sportchi va trener-murabbiylarni boshqarishdir.[2]