Fan: “ Jismoniy tarbiya va sport menejmenti”
Mavzu: “Sport menejmentining tashkiliy strukturasi”
Mutaxassislik: “Menejment(Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)”
KIRISH Hozirgi zamonaviy sport industriyasi bilan, millionlab insonlar mashg‘ul. Jamiyatning aksar qismi sport bellashuvlarini kuzatib borishi sir emas, albatta. Jamiyatda sportning ahamiyatini oshishi, uning oddiy ko‘ngilochish yoki zavqlanish uchun bir vosita sifatida qarashdan, iqtisodning muhim qismiga aylana boshladi.
Sport tadbirlarini boshqarishda zamonaviy, nodavlat, davlat va jamoat tashkilotlari kabi tushunchalarning kirib kelishi, bu sohani samarali boshqarish talabini qo‘ydi. Uzoq muddatli rejalashtirish, ko‘p sonli insonlarni boshqarish, ommaviy axborot vositalar bilan har jabhada kelishib ishlash, professional sportchilarning daromadlarini boshqarish, xalqaro sport federatsiyasilari bilan ishlash, milliy sport jamiyatlari bilan ishlash, hukumat organlari bilan ishlash, homiylar va mahalliy jamoat tashkilotlari bilan ishlash va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, bularning barchasi boshqaruv sohasida yangicha bir tizim, samarali boshqaruv usullari kerakligidan dalolat berardi. Bu esa sportni boshqarishda muammolarni yechimiga qaratilgan, samarali boshqarish usullarini yaratish va amalda tatbiq etish masalalarini hal qiladigan yangi bir soha zarurligini ko‘rsatib berdi. Shu asnoda sport menejmenti tushunchasi shakllana boshladi.
Sportning o‘ziga xosligi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sportni boshqarishda insonlarning ishtiyoqi muhim ahamiyat kasb etar ekan. Bunda muxlislar o‘z jamoasi yoki sportchisi uchun hayajonga berilib qayg‘uradilar. Sport menejeri ayni shu ishtiyoq hissidan to‘g‘ri foydalanishi kerak, bunda menejer insonlarda sport tadbirlariga chiptalarni sotib olishga, klublar a’zosiga aylanishiga, volontyorlik assotsiatsiyalarida ishlashiga yoki sport mahsulotlarini sotib olishga undashi kerak. Shuningdek, ular insonlarni doimiy ravishda sport muxlislari bo‘lib qolib, sport mahsulotlarini iste’mol qilishlariga turtki bo‘lib xizmat qilishlari kerak. Sport tashkilotining boshqa tijorat tashkilotlaridan farqi shundaki, tijorat tashkilotlarining asosiy maqsadi foyda ko‘rish va daromadni oshirishga qaratilgan. Sport tashkilotlarida esa birinchi o‘rinda sportda yuqori natijalarga erishish, jamiyat oldidagi burchini bajarish va klub a’zolariga xizmat ko‘rsatishlik bilan bir qatorda tashkilotning moliyaviy holatini nazorat qilish, daromad manbalarini aniqlash kabi murakkabliklar bilan ajralib turadi. Bularning barchasi moliyaviy yutuqlardan ustun bo‘lishi mumkin. Sport menejerlari bu o‘ziga xoslikni doim yodda tutmoqliklari lozim, lekin shu bilan birgalikda, mas’uliyatli moliyachi bo‘lishlari ham zarur.
Bu sohada yana bir o‘ziga xoslik bo‘lib sport jamiyatlari amal qiladigan muvozanatdir, bunda ular o‘z sport turlarini rivolantirishda har doimgi o‘zaro raqobat va hamkorlikda muvozanat saqlashlaridir. Iqtisodning boshqa ko‘pchilik tarmoqlarida kompaniyalar bozorning ko‘proq qismini egallashga, raqobatchilarni sindirish va monopoliyani o‘rnatishga intiladi. Sportda esa , aksincha, jamoalar raqobatga muhtoj bo‘lmasa, ularning mazmuni yo‘qoladi, shuning uchun daromadni saqlab qolish uchun ular sport turlarini tomoshabinlar uchun qiziqarli holatda saqlab turishga majbur. Natija oldindan aniq bo‘lmasa--da jamoalarning biri ustunlik qilishi mumkin, bu o‘z navbatida, o‘yinning ko‘rgazmaliligiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Natijada, muxlislar , ayniqsa, yutqazayotgan jamoa muxlislari o‘yindan kamroq zavqlanadilar. Bu holat boshqa iste`mol mahsulotlaridan farqli o‘laroq, sport tadbirlari uyushtiruvchilariga sifat kafolatini berishga imkoniyat bermaydi. Sportda muxlislar o‘z jamoasi kuchsizligi yoki ularga hakamlik yoqmaganligiga qaramay, o‘z muxlisligidan kamdan kam holatlarda kechadilar. Aksariyat holatda sport klubga yoki brendga nisbatan yuqori sodiqlikni kuzatish mumkin. Xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi firmalar yoki tashkilotlarning mahsuloti yoki xizmat turi iste`molchiga yoqmasa, ular keng tanlovga egalar va ular mahsulotning narxi yoki sifati qondirmasa, boshqa brend ostidagi mahsulotni xarid qilishlari mumkin. Sport musobaqalarida bunday qilish murakkab. Lekin sportning bu o‘ziga xosligining salbiy natijalari ham mavjud.