Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi Tizimning qо‘llanilish sharoiti va mohiyati


Rudani chuqur skvajinalar orqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə5/5
tarix04.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#93303
1   2   3   4   5
13-Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi

Rudani chuqur skvajinalar orqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi
Bu tizim asosan juda qalin ruda konlarini qazib olishda qо‘llaniladi. Shuning uchun bu tizim nisbatan kam tarqalgan.
128-rasmda qazib olish timzimining odatdagi varianti kо‘rsatilgan
Chuqurligi 30–40 m gacha bо‘lgan skvajinalar qoplamasi (koronka) almaz yoki qattiq metal aralashmasidan iborat aylanma burg‘ilash stanoklari yoki sharoshkali stanoklar bilan burg‘ilanadi. Skvajinalarni burg‘ilash ishlari har 3–5 m masofada о‘tilgan nimqavat ortlaridana malga oshiriladi. Skvajinalar qatoridagi skvajinalar oraliq masofasi uning diametriga bog‘liq holda 2–3 m bо‘lishi mumkin. 129-rasmda qalinligi 10–20 m bо‘lgan ruda tanalarini magazinlashtirib qazib olishda chuqur skvajinalarni yelpig‘ichsimon joylashtirish sxemasi kо‘rsatilgan.




Ётган томони



128-rasm. Rudani chuqur skvajinalar orqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi:
1-tashish shtreki; 2-ikkilami maydalash shtreki; 3-yuqorilovchi lahim; 4-portlatish skvajinalari; 5-ship seligi; 6-kameralararo selik; 7-burg‘ilash orti.

129-rasm. Rudani chuqur skvajinalar orqali massivdan ajratish

Bunda kamera uzunligi 50–60 m, balandligi esa 60 m ni tashkil etadi
Kameralararo seliklarda joylashtirilgan burg‘ilash yuqorilovchi laximlarining: birinchisi ruda tanasining yotgan tomoni, blok chegarasida, ikkinchisi esa blokning boshqa chegarasi, ruda tanasi osilgan tomonida.
Chuqurligi 12–15 m dan 25–27 m gacha bо‘lgan skvajinalar yuqorilovchi laximlardan yelpig‘ichsimon sxemada burg‘ilanadi. Yelpig‘ichlarning oraliq vertikal masofasi 1,5 m (massivdan ajratilgan qatlam qalinligi)ni tashkil etiladi.
Shpurlarni chuqur skvajinalar bilan almashtirish qalin ruda konlarini qazib olishda qazib olish joyi ishchilari mexnat unumdorligini oshiradi, qazib olish xarajatlarini kamaytiradi, ishchilar kameradagi ochiq ship tagida ish olib bormasligining xisobiga mexnat xavfsizligi yaxshiroq ta’minlanadi, chang xosil bо‘lishini va silikoz bilan kasal bо‘lishni keskin kamaytiradi.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimida rudani massivdan chuqur skvajinalar bilan ajratishning kamchiliklari: ruda tanasining atrof tog‘ jinslari bilan tutashgan joylari notekis va ruda tanasining qalinligi keskin о‘zgaruvchan bо‘lganda, ruda yо‘qotilishi va sifatsizlanish darajasining yuqoriligi.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi qalinligi 0,5 m dan 3–5 m gacha bо‘lgan tomirsimon, keskin qiya yotgan ruda konlarini qazib olishda keng qо‘llaniladi. Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimlari ayniqsa tomirsimon ruda tanalarini qazib olishda samaradorligining ikki asosiy kо‘rsatkichi, qazib olish joyi ishchilarining mexnat unumdorligi va qazib olish ishlarining jadalligi bо‘yicha boshqa xar qanday qazib olish tizimidan sezilarli afzalliklarga ega.
Tomirsimon ruda tanalarini qazib olishda rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining afzalliklari:

  1. Yuqorilovchi lahim atrofi va shtrek usti seliklari qoldirilmaydigan variantlar uchun tayyorlash va kesish ishlari xajmining kichikligi;

  2. Burg‘ilash portlatish ishlarining yuqori samaradorligi, mustaxkamlash va rudani yetkazish ishlari xajmining kamligi;

  3. Mexnat unumdorligi yuqoriligi va rudani qazib olish tan narxining pastligi;

  4. Qazib olish bо‘shlig‘ining shipi rudalari va yondosh tog‘ jinslar xolatini nazorat qilish imkoni mavjudligi. Bunda rudani blokdan chiqarish ishlari tо‘g‘ri olib borilsa ishchilarning xavfsizligi taminlanishi va shamollatish qulayligi;

  5. Blokda qazib olish ishlarining jadal olib borilishi.(15–20m/oy). Bu kо‘rsatkich yoppasiga va ship pog‘ana qazib olish tizimlariga nisbatan 2–2,5,bо‘shliqni tо‘ldirib qazib olish tizimlariga nisbatan 3–4 barobar yuqori.

Kamerada katta miqdordagi massivdan ajratilgan ruda zahirasi mavjudligi xisobiga shaxta unumdorligining doimiylgini va boyitish fabrikasiga yuboriladigan ruda tarkibininig nazoratini ta’minlash.

  1. Tizimning soddaligi, kon-geologik sharoitlar о‘zgarganda tizim tuzilishi elementlarini о‘zgartirishnig osonligi va rudani qazib olishni davriy tashkil qilish qulayligi.

Ushbu qazib olish tizimning kamchiliklari quydagilardan iborat:

  1. Ruda tanasining ayrim joylarida puch tog‘ jinslari bо‘lishi, atrof tog‘ jinslarining turg‘unligi yetarli bо‘lmasa, shuningdek qalinligi 0,7–0,8 m gacha bо‘lganruda tanalariniqazib olishda ruda sifatsizlanishi yuqori darajada bо‘ladi. Bu tizimda puch tog‘ jinslarini ajratib olish, blokdan aloxida chiqarish yoki blok ichida ya’ni qazib olishdan xosil bо‘lgan bо‘shliqda qoldirish imkoni yо‘qligi.

  2. Ruda tanasidan ajralib turgan taromoqlarni qazib olishda rudaning katta miqdorda yо‘qotilishi va sifatsizlanishi rо‘y beradi.

  3. Rudalarni blokdan navlarga ajratib chiqarish imkoni yо‘qligi.

  4. Massivdan ajratilgan ruda magazinda ma’lum muddatda saqlanganda oksidlanishi.

  5. Rudani blokdan chiqarish jarayonida ruda yuzasining tо‘satdan chо‘kishi (nogabarit bо‘laklarining tiqilib qolishi natijasida ularning tagida bо‘shliq paydo bо‘lishi).

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin