Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi Tizimning qо‘llanilish sharoiti va mohiyati


Rudani shpurlar oqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/5
tarix04.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#93303
1   2   3   4   5
13-Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi

Rudani shpurlar oqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi

121 va 122-rasmlarda magazinlashgan qazib olish tizimining rudani shpurlar orqali ajratish variantlari tasvirlangan: birinchi variantda (121-rasm) qavatlararo va bloklararo seliklar qoldirilgan, ikkinchi variantda (122-rasm) esa seliklar qoldirilmagan holatlari tasvirlangan.


Tashish shtregi 1 ruda tanasi qalinligining о‘rtasida yoki ruda tanasining yotgan tomonidagi puch tog jinslari bilan tutashgan joyi bо‘ylab joylashtiriladi. Shtrek mustaxkam ruda tanalaridan о‘tilganda uning shipi gumbaz shaklida barpo etiladi va mustaxkamlagichlar о‘rnatilmaydi. Mustaxkamlagich romlari 5 faqat ruda tushurgich taglariga о‘rnatiladi. Yuqori qavat tashish shtregi 2 pastki qavat uchun shamollatish vazifasini bajaradi. Bunda qavat balandligi о‘rtacha 40–60 m ni tashkil etadi.
Qavat, kameralarora selik о‘qida joylashgan yuqorilovchi laximlar 3 bilan ruda tanasi chо‘ziqligi bо‘yicha, uzunligi 30 m dan 60-100 m gacha bо‘lgan qazib olish bloklariga bо‘linadi. Yuqorilovchi laxim bir bо‘linmali (xodimlar harakatlanishi uchun) yoki ikki bо‘linmali bо‘lishi mumkin va odatda tirgak mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi. Yuqorilovchi lahimdan kameraga tutashuvi yо‘laklar 4 har 4–6 metrda barpo etiladi. Ayrim holatlarda blok markazidan qо‘shimcha yuqorilovchi lahim о‘tiladi (121b rasmda izochiziqlar bilan tasvirlangan). Qо‘shimcha yuqorilovchi lahim qazib olish joyiga material va jihozlarni yetkazishga va shamollatish ishlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Bunday holatda blok chegarasidagi yuqorilovchi lahimlarning yuzasini kichiklashirib, bir bо‘linmaga mо‘ljallab barpo etish mumkin. Tashish shtregidan har 5-7 m masofada ruda tushurgichlar 5 barpo etiladi.
Rudani qazib olish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda blokni tagidan kesish va voronkalarni xosil qilish ishlari bajariladi (121-rasm, I); ikkinchi bosqichda rudani yuqori qavat shtregi tagi seligi (kamera ship seligi)ga qadar massivdan ajratishva ajratilgan rudaning ma’lum qismini chiqarish qolganini esa kamerada magazinlashtirish ishlari bajariladi (121-rasm, II); uchinchi bosqichda kameradan rudani tо‘liqchiqarish va qavatlararo, bloklararo seliklarni q azib olishishlari bajariladi (121-rasm, III).

121-rasm. Seliklar qoldirib rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi:


a-blokni uch bosqichda qazib olish; b-tuzilish elementlari.

122-rasm. Seliklar qoldirmasdan rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi:
Blok tagidan kesish va varonkalarni hosil qilish ishlari blokning butun uzunligi bо‘yicha amalga oshiriladi. Qazib olish joyi chizig‘i va ajratilgan rudaning ustki yuzasi gorizontal yoki qiya xolatda shakllantiriladi.
Blok uzunligi 10–12 m bо‘lgan bir nechta pog‘onalarga ajratiladi va uzunligi 1,5–2 m bо‘lgan shpurlar yuqoriga qarab burg‘ilanadi (121-rasm). Rudani massivdan ajratishda shpurlarni qiyayо‘nalishda burg‘ilash varianti ham mavjud. Agarda blok uzunligi bо‘yicha teng ikkita pog‘onalarga ajratilsa ularing biri 2-3 m masofada olinlab siljib boradi Sо‘ngi yillarda blok uzunligini pog‘onalarga ajratmasdan yoppasiga qazib olinmoqda (122-rasm).
Shpurlar majmuasi portlatilgandan keyin qazib olish joyida ish gorizontini hosil qilish uchun massivdan ajratilagan ruda miqdorining 30–35% ruda tushirgichlar orqali kameradan chiqariladi. Qulatilgan rudani chiqarish natijasida qazib olish joy shipi va asosi (ajratilgan ruda yuzasi) oralig‘ida balandligi 2 metrga yaqin bо‘shliq hosil qilinadi va navbatdagi shpurlar majmuasi burg‘ilanadi.
Rudani qazib olish davri quyidagi ish jarayonlaridan iborat: qazib olish joyiga shpurlarni burg‘ilash; shpurlarni zaryadlash va portlatish; kov joyni shamollatish; massivdan ajratilgan rudaning ma’lum qismini blokdan chiqarish; kov joyni xavfsiz holatga keltirish. Odatda bir kun mobaynida bir davr bajariladi.
Rudani massivdan ajratish ishlarikamera ship seligi (shamollatish shtregi tag seligi) chegarasiga yetkandankeyin magazinlashtirilgan rudani blokdan tо‘liq chiqarish ishlari boshlanadi. Rudani blokdan tо‘liq chiqarilishi blok uzunligi bо‘yicha bir tekisda olib borilishi talab etiladi. Rudani blokdan tо‘liq chiqarishdan keyin hosil bulgan bо‘shliq ochiq qoldirilishi, kamdan-kam holatlarda tо‘lg‘azma matreali bilan tо‘ldirilishi mumkin.
Rudani blokdan chiqarish ishlari yakunlanish arafasida shamollatish shtregi tagidagi selik ham qazib olinadi. Bu selikni qazib olish ishlari shtrek asosiga 8-10 m uzunlikda skvajinalarni burg‘ilab, portlatish orqali bajariladi. Agarda shamollatish shtregini saqlab turish zaruriyati bо‘lsa, shtrek tag seligi ham saqlanadi.
R udani magazinlashtirib qazib olish tizimining aloxida turi xisoblangan, qavatni bloklarga bо‘lmasdan rudani sidirg‘asiga magazinlashtirib qazib olish tizimi mavjud (123-rasm). Tizimning bu variantida rudani qazib olish butun qavat balandligi bо‘yicha qiya ship pog‘anasimon yoki yoppasiga qazib olish joyi bilan amalga oshiriladi. Magazinlashtirilgan ruda yuzasining qiyaligi qazib olish joyi holatidan kelib chiqib 20–350 bо‘ladi. Bu tizimlarda ham magazinlashtirilgan tizimlardagi kabi rudani qisman va tо‘liq chiqarish tartibi saqlanadai. YA’niy rudani ajratish ishlari kamera ship seligi chegarasiga yetgan tomonidan tо‘liq chiqarish ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu qazib olish tizimida yuqorilovchi lahimni 2 oldindan о‘tish extiyoji bо‘lmaydi. Xodimlar yurishi va material, jixozlarni yetkazish uchun xizmat qiluvchi yuqorilovchi laximlar 3 yumshatilagan ruda ichida har 30–50 m masofada tirgak mustaxkamlagichlar yordamida barpo etib boriladi. Shu о‘rinda yuqorilovchi lahimlarni о‘tish davri bо‘yicha oldindan, ya’ni tayorlash ishlarida va blokni qazib olish jarayonida о‘tiladigan turlarga ajaratilishini takidlab о‘tish kerak. Bu variantning katta kamchiliklari mavjudligi tufayli keng qо‘llanilmaydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin