Rudani shpurlar oqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimida tayyorlash ishlari
Ushbu tizimda tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarning joylashtirilishi magazinlashgan rudani blokdan tez, uzluksiz va unumdorlik bilan chiqarilishini taminlash kerak. Chunki bu tizim samaradorligini rudani blokdan chiqarish kо‘rsatkichlari ifodalaydi.
B u tizimda rudani blokdan chiqarish ishlari qazib olish va tayyorlash ishlaridagi umumiy mehnat hajmining 25 % dan 50 % gacha bо‘lgan qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari rudani blokdan chiqarishdagi tо‘xtalishlar shaxta tashish transporti ishiga salbiy tasir kо‘rsatishi, rudani chiqarishida yuzaga keladigan tiqilishlarni portlatish yordamida bartaraf etish uchastka ishini izdan chiqarishi,ruda tushirgich mustahkamlagichlarini tamirlash uchun harajatlarning о‘sishi va tashish shtregi asosini tozalashlarga kо‘p kuch sariflanishiga olib keladi.
Tashish shtreki odatda ruda tanasi qalinligi bо‘yicha о‘rtasida joylashtiriladi. Yotish burchagi 700 gacha bо‘lgan, juda qalin ruda tanalarida esa tashish shtreki ruda tanasining yotgan tomoni yaqinidan о‘tiladi. Buning asosiy sababi massivdan ajratilgan ruda, ruda tanasining osiilgan tomonidan osonlik bilan tushib yotgan tomonga qiyalashadi.
Shtrek yon tomonidagi seliklarni qazib olishi qulay bо‘lishi, xamda shtrek usti seliklarni qoldirmaslik uchun tashish shtreki ruda tanasining yotgan tomonidagi puch tog‘ jinslaridan о‘tiladi (124-rasm). Bu xolatda ruda tushurgichlar 1 har 8–10 m masofada joylashtiriladi, ular ustidan blok tagini kesuvchi shtrek 2 о‘tkaziladi. Kesuvchi shtrekdan ruda tushirgichlar yarim ellips shaklida kengaytirilib barpo qilinadi. Qavatlararo seliklarda ruda yо‘qotilishini kamaytirish va ishlarni olib borishning qulayligi puch tog‘ jinsida barpo etiladigan tashish shtregi xarajatlarini bemalol qoplaydi.
Yupqa, tomirsimon ruda tanalarini qazib olishda shtrekga odatdagiday, kuchaytirilgan tirgak mustaxkamlagich romlari о‘rnatiladi va shtrek usti seliklari qoldirilmaydi. Mustaxkamlagichlar balandligi 50 m bо‘lgan kameradagi magazinlashgan ruda og‘irligini emas, balki qalinligi katta bо‘lmagan qatlamda xosil bо‘lgan tabiiy gumbaz ichidagi ruda og‘irligini ushlab turishi bilan ularning ishonchliyligi izoxlanadi. Mustaxkamlagichlar uchun eng asosiy xavf uncha katta bо‘lmagan va doimiy bosim emas, balki atrof tog‘ jinslarining tayanch bosimidan va ajratiladigan rudaning qulashidan paydo bо‘ladigan dinamik zarbadir.
1 25-rasmda rudani skreperlash shtrekiga chiqarishga mо‘lajallangan blokni tayyorlash varianti kо‘rsatilgan.
125-rasm.Rudani skreperlash shtrekiga chiqarishga mо‘ljallangan blokni tayyorlash varianti
Shtrek ship usti seligidagi 1 blok chegarasiga yaqin joyidan ikkita ruda tushirgich 2 barpo etiladi. Shuning xisobiga selik laximlar bilan aloxida qismlarga bо‘linmaydi va katta mustahkamlikka ega bо‘ladi.
Rudani skreperlash shtrekiga chiqarish uchun har 5–7 m masofada ruda tushirgichlar 4 barpo etiladi. Skreperlash shtrekiga chiqib kelgan rudani ruda tushirgigacha yetkazish uchun ikki dona skreper lebyodkasi 3 о‘rnatiladi. Rudani skreperda yetkazish masofasi о‘rtacha 10-20 m bо‘lib har uch-tо‘rtda duchka uchun bitda skreperdan foydalanish mо‘ljallanadi.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining barcha variantlarida kameralarga odamlarning о‘tishi va shamolatish uchun bloklararo seleklarda yuqorilovchi lahimlar barpo qilinadi. Har bir kamerada havfsizlikning yagona qoidalariga muovfiq ikkitadan kam bо‘lmagan kirish va chiqish yо‘llari bо‘lishi kerak.
Ushbu qazib olish tizimlarida qavat balandligi 30–90 m, kо‘pincha 40–60 m qabul qilinadi. Shu о‘rinda qavat balandligining ortishi qavatlararo seliklardagi ruda yо‘qotilishi kamayishiga va qavatdagi ruda zahirasiga nisbatan tayyorlash ishlarining arzonlashishiga olib keladi. Ammo yumshatilagan ruda ma’lum darajada jipslashishiga va uni chiqarishda qazib olish joyi asosi tekis shakllanmasligiga sabab bо‘ladi.
Blok uzunligi 30 m dan 100 m gacha bо‘lishi qabul qilinadi. Blok uzunligi katta bо‘lishi mustahkamligi yuqori, ruda va atrof tog‘ jinslari turg‘un bо‘lgan, yupqa va о‘rtacha qalinlikdagi ruda tanalarini qazib olish tavsiya qilinadi.
Tashish shtregi shipi usti selegi qalinligi rudatushirgichlar oraliq masofasini, ruda tanasi qalinligini va ruda mustahkamligini hisobga olgan holda grafik usulda aniqlanadi.
Shamolatish shtregi tag seligining balandligi tomirsimon ruda tanasining qalinligi 1–1,2 m bо‘lganda 2 m gacha qabul qilishga ruxsat beriladi. Tomirsimon ruda tanasining qalinligi kattaroq bо‘lsa, selik qalinligi 3–4 m gacha bо‘lishi mumkin. Selik qalinligi ishchi xodimlarning shtrek bо‘ylab yurishidagi havfsizligini ta’minlashi kerak.
Kameralararo selik kengligi ruda tanasi qalinligiga, atrof tog‘ jinslarining turg‘unligiga, rudaning mustahkamligiga va kiymatiga bog‘liq ravishda 3 m dan 6–8 m gacha qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |